1. Moliya / Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar


Naqd pullar bo‘yicha jismoniy shaxslarning plastik kartalariga o‘tkazilishi lozim bo‘lgan mablag‘lari bo‘yicha tranzit hisobvaraqlar


Download 1.01 Mb.
bet193/296
Sana20.11.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1789739
1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   ...   296
Bog'liq
1. Moliya Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar

23116 Naqd pullar bo‘yicha jismoniy shaxslarning plastik kartalariga o‘tkazilishi lozim bo‘lgan mablag‘lari bo‘yicha tranzit hisobvaraqlar
Hisobvaraqning ta’rifi: topshirilgan naqd pullar bo‘yicha jismoniy shaxslarning plastik kartalariga o‘tkazish uchun pul mablag‘lari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida jismoniy shaxslarning plastik kartalariga o‘tkazish uchun topshirilgan naqd pullar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida 22618 — “Jismoniy shaxslarning plastik kartochkalari bo‘yicha majburiyatlar” jismoniy shaxslarning plastik kartalari hisobvaraqlariga o‘tkazilgan pul mablag‘lari summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
23118 Plastik kartalar va omonatlar hisobvaraqlaridan jismoniy shaxslarning plastik kartalariga o‘tkazilishi lozim bo‘lgan mablag‘lar bo‘yicha tranzit hisobvaraqlar
Hisobvaraqning ta’rifi: jismoniy shaxslarning plastik kartalariga o‘tkazish uchun ularning omonatlari va plastik kartalaridan o‘tkaziladigan pul mablag‘lari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida jismoniy shaxslarning plastik kartalariga o‘tkazish uchun ularning omonatlari va plastik kartalaridan o‘tkaziladigan pul mablag‘lari summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida 22618 — “Jismoniy shaxslarning plastik kartochkalari bo‘yicha majburiyatlar” jismoniy shaxslarning plastik kartalari hisobvaraqlariga o‘tkazilgan pul mablag‘lari summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
23120 Jismoniy shaxslarning plastik kartalariga naqd pulsiz o‘tkazilishi lozim bo‘lgan boshqa mablag‘lar bo‘yicha tranzit hisobvaraqlar
Hisobvaraqning ta’rifi: tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lmagan yuqorida ko‘rsatilgan to‘lovlardan tashqari jismoniy shaxslarning plastik kartalariga o‘tkazish uchun pul mablag‘lari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida jismoniy shaxslarning plastik kartalari hisobvaraqlariga o‘tkazish uchun xo‘jalik yurituvchi subyektlarning hisobvaraqlari va filiallarning hisobvaraqlaridan, 23400 davlat budjetining hisobvaraqlaridan o‘tkaziladigan pul mablag‘lari summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida 22618 — “Jismoniy shaxslarning plastik kartochkalari bo‘yicha majburiyatlar” jismoniy shaxslarning plastik kartalari hisobvaraqlariga o‘tkazilgan pul mablag‘lari summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
23122 Xorijiy valyuta sotib olish uchun bank kassalariga naqd pullarni topshirgan jismoniy shaxsning plastik kartalaridan foydalangan holda o‘tkazilishi lozim bo‘lgan mablag‘lar bo‘yicha tranzit hisobvaraqlar
Hisobvaraqning ta’rifi: xorijiy valyuta sotib olish uchun bank kassalariga naqd pullarni topshirgan jismoniy shaxslarning plastik kartalaridan foydalangan holda o‘tkazilishi lozim bo‘lgan mablag‘lar hisobi yuritiladi.
Hisobvaraqning kreditida xorijiy valyuta sotib olish uchun bank kassalariga naqd pullarni topshirgan jismoniy shaxslarning plastik kartalariga o‘tkazilishi lozim bo‘lgan naqd pullar summalari aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida 22618 yoki 22617 balans hisobvarag‘iga o‘tkazilgan summa aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir konversion operatsiyalar bo‘limi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlar bo‘yicha olib boriladi.

Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   ...   296




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling