1. Bank faoliyati moliyaviy natijalarining hisobi


Download 27.21 Kb.
bet1/4
Sana13.02.2023
Hajmi27.21 Kb.
#1195319
  1   2   3   4
Bog'liq
14variant


1. Bank faoliyati moliyaviy natijalarining hisobi
2.Kredit liniyalarini ochib ssuda hisobvaraqlaridan kredit berish va qaytarish operatsiyalarining hisobi
3. Bosh va yordamchi kitoblarning mazmuni.



  1. Bank faoliyati moliyaviy natijalarining hisobi

Tijorat banklari bozor munosabatlari sharoitida faoliyat yurituvchi barcha subyektlar kabi, faoliyatidan olgan daromadlaridan qilgan sarf-xarajatlarini qoplab, ma’lum miqdorda foyda olishlari lozim. Foyda–tijorat banklari faoliyatlarining yakuniy natijalarini ifodalovchi asosiy ko‘rsatkichdir. Tijorat banklari foydasi yoki faoliyatini zarar bilan yakunlagan bo‘lsa, zarari ushbu hisobot davrida (oy, chorak, yil) barcha daromadlaridan xarajat hamda soliq va to‘lovlarni chiqarib tashlangandan qolgan summani tashkil etadi. Tijorat banklari faoliyatlari davomida oladigan daromadlari va bo‘ladigan xarajatlari turlarini oldingi mavzularda kengroq yozganmiz, qolavera «Bank ishi» va boshqa o‘qitiladigan fanlardan mufassal o‘rganib olgansiz. Tijorat banklari daromadlari ikki guruhga: foizli va foizsiz daromadlarga ajratiladi. Bank daromadlari tijorat banklari mijozlariga berilgan qisqa va uzoq muddatli kreditlar uchun olingan foizlar, maboda kreditlarni vaqtida qaytarmagan tarzda mijozlardan yuqori stavkalar bo‘yicha olinadigan foiz daromadlar, qimmatbaho qog‘ozlar operatsiyalaridan olingan daromadlar, turli xil investitsiyalar bo‘yicha olingan daromadlar kabilar foizli daromadlarga kiradi. Banklar olgan xizmat haqi, savdo va valyuta operatsiyalaridan olingan daromadlar – foizsiz daromadlar bo‘ladi. Tijorat banklari moliyaviy natijalarini tahlil qilganda – foydaning asosiy manbai bo‘lgan daromadlarning tarkibi va o‘zgarishini chuqur o‘rganish lozim. Tijorat banklari xarajatlari ham foizli xarajatlar va operatsion xarajatlarga guruhlanadi. Tijorat banklari depozitlarga, olingan kreditlarga, qimmatbaho qog‘ozlarga to‘lanadigan foiz va shu kabilarga –foizli xarajatlar deyiladi.


Tijorat banklariga ko‘rsatilgan xizmatlarga (transport, suv, gaz, elektroenergiya va shu kabilarga), xodimlarga ish haqi, ma’muriy-boshqaruv xarajatlargaoperatsion xarajatlar deyiladi. Banklar moliyaviy natijalar tahlilida bu xarajatlarning zarurligi, o‘tgan davrlar bilan o‘zgarganligi, tejamkorlikga rioya qilinganligi o‘rganiladi. Xullas, tijorat banklari moliyaviy natijalari tahlili, ularning daromad va xarajatlari tahlili bilan uzviy bog‘liqlikda o‘tkazilishi lozim ekan. Tijorat banklari moliyaviy natijalarini tahlil qilish uchun ma’lumotlarni asosan, banklar buxgalterlik balansi, «Foyda va zararlar to‘g‘risidagi hisobot»lardan, hamda audit tekshiruvi, yig‘ilishlar bayonnomalaridan, zarurat tug‘ilganda buxgalteriya hisobining analitik yozuvlaridan olish mumkin.
Tijorat banklari moliyaviy natijalari tahlili asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi:
• faoliyat moliyaviy natijalarini (foyda yoki zarar) aniqlash;
• foydaning belgilangan rejaga mosligi va o‘tgan davrlardan farqini o‘rganish;
• foydaning tarkibi: daromadlar, xarajatlar miqdori va tarkibidagi o‘zgarishlarni o‘rganish hamda ularning sabablarini aniqlash;
• faoliyat davomida tejamkorlikga rioya qilinganligini o‘rganish;
• rentabellik (foydalilik) ko‘rsatkichlarini aniqlash va ularga ta’sir etuvchi omillarni o‘rganish;
• xarajatlarni va daromadlarni optimallashtirish orqali foydasni ko‘paytirish ichki imkoniyatlarini aniqlash va shu kabilar.
Ushbu vazifalar tahlili kelgusida to‘g‘ri qarorlar qabul qilish uchun asos hisoblanadi.
Tijorat banklari foydasini tahlil qilganda, daromadlari xarajatlari turlari hamda tarkibiga e’tibor qaratiladi. Eng avvalo, hisobot davridagi olingan haqiqiy foyda summasi reja bilan taqqoslanib, undan ko‘p yoki kam ekanligi aniqlanadi va farqlar sabablari o‘rganiladi.Bank foydasini shakllantiruvchi daromad, xarajatlar tarkibi o‘tgan yillar bilan taqqoslanadi. Respublika aksiyadorlik-tijorat banki «Savdogarbank» faoliyat natijalari 2011-yilda 564037,0 ming so‘m sof foyda bilan yakunlangan. Respublika hududida ko‘pgina bo‘limlari bo‘lgan bu bankning faoliyatidan olgan bunday summadagi foydasiga baho berish uchun (umuman olganda foydali ishlaganligi yaxshi ko‘rsatkich) o‘tgan yilgi ma’lumotlar bilan taqqoslash lozim. «Savdogarbank» hisobotiga ko‘ra o‘tgan – 2010-yilda -250952,0 ming so‘m sof foyda olgan. Demak, bank 2011-yilda 2010-yilga nisbatan faoliyatini 2 baravardan ko‘proq foyda olish bilan yakunlagan. Bularning sababini chuqur o‘rganish uchun, daromadlar, xarajatlar tarkibini o‘rganish va tahlil qilish zarur ( 9.1jadvalga qarang). Jadval ma’lumotlaridan, «Savdogarbank» foyda summasini qaysi manbalardan ko‘paytirganligi, nimalardan xarajatlar ko‘payganligi ko‘rinib turibdi. Bankning foizli daromadlari 2011-yilda o‘tgan yilga nisbatan 126,9 % ko‘paygan bo‘lsa, foizli xarajatlari – ushbu davrda 140,3 foizga ko‘paygan. Demak, foizli xarajatlarning o‘sish (ko‘payish) sur’ati juda yuqori, bunday yo‘l tutib borilaversa bo‘lmaydi. Natijada sof foizli daromadlar bo‘yicha ko‘rilgan natija 2011-yilda o‘tgan yilga nisbatan faqat 16,1% ga o‘sgan (daromadlar-26,9% o‘sganligiga qaramasdan). Bank 2011-yilda kreditlar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan ehtimolli zararlarga qarshi shakllantirilgan zaxiralarga 2011-yilda 2010-yilga nisbatan 2 baravardan kamroq summa (48,5%) ajratgan. Shunday qilib, foizli daromadlar summasini biroz oshirgan. Lekin bank foizsiz daromadlarini 2010- yilga nisbatan kamaytirib yuborgan (51044,0 ming so‘mga). Natijada shungacha bank foydasi o‘tgan yilga nisbatan kamaygan. Tijorat banki operatsion xarajatlar summasini ko‘paytirmaslik choralarini ko‘rgan. Natijada bu xarajatlar 2011-yilda o‘tgan yilga nisbatan faqatgina 107,9% gagina o‘sgan. Tijorat bank bo‘limlarida foizli va foizsiz daromad turlarini ko‘paytirishning ichki imkoniyatlarini topish lozim.
bank — bank hisobvaraqlarini ochish va yuritish, to‘lovlarni amalga oshirish, omonatlarga (depozitlarga) pul mablag‘larini jalb etish, o‘z nomidan kreditlar berish bo‘yicha bank faoliyati sifatida aniqlangan operatsiyalar majmuini amalga oshiruvchi tijorat tashkiloti bo‘lgan yuridik shaxs;

Download 27.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling