1. Bank faoliyati moliyaviy natijalarining hisobi


Download 27.21 Kb.
bet3/4
Sana13.02.2023
Hajmi27.21 Kb.
#1195319
1   2   3   4
Bog'liq
14variant

Bosh kitob bu – bank moliyaviy hisobotlarida ko‘rsatiladigan hisobvaraqlar guruhidir.
Moliya hisobotlariga balans hisoboti, foyda va zararlar to‘g‘risidagi hisobot va boshqalarni kiritish mumkin. Bosh kitobda birinchi navbat balans hisobvaraqlari bo‘yicha jamlama ma’lumotlar qayd etiladi. Demak, hisobvaraqlar Bosh kitobda umumiy ma’lumotni qayd etadi, lekin batafsil axborot bilan ta’minlamaydi.
Batafsil axborot Yordamchi kitob ma’lumotlari asosida olinishi mumkin, chunki birlamchi buxgalteriya operatsiyalari Yordamchi kitobda aks etiriladi.
Yordamchi kitobdagi hisobvaraqlar guruhi har bir alohida operatsiya bo‘yicha o‘tkazilgan summalar haqida kerakli axborot beradi. Yordamchi kitob hisobvaraqlariga nisbatan olganda Bosh kitob hisobvaraqlari nazorat hisobvaraqlari vazifasini bajaradi. Yordamchi kitoblardagi yakuniy summalar har kun oxirida, shuningdek, oy oxirida yangi oyning birinchi kundagi holatiga ko‘ra ularning Bosh kitobdagi nazorat yakunlari balansi bilan bir xil chiqish lozim. Bosh kitob nazorat hisobvaraqlarning ma’lumotlari Yordamchi kitobdagi tegishli hisobvaraqlar yakuniy summalari bilan taqqoslanadi. Agar dastlabki yozuvlarda xatolarga yo‘l qo‘yilmagan bo‘lsa, Bosh kitob va Yordamchi kitob summalari teng chiqadi.
Birlamchi buxgalteriya operatsiyalarini o‘zida aks ettirib, ular haqida mufassal axborot beruvchi hisobvaraqlar guruhi analitik hisob, ya’ni yordamchi kitob deb yuritiladi. Banklarda Yordamchi kitob hisobga olinadigan har bir turdagi mablag‘lar va boyliklar bo‘yicha ochiladigan shaxsiy hisobvaraqlar, kartochkalar, kitoblar va jurnallarda yuritiladi. Boshqacha qilib aytganda, bank tomonidan amalga oshiriladigan birlamchi operatsiyalarning hisobi dastlab shaxsiy hisobvaraqlarda (kartochkalar, kitoblar, jurnallarda) aks ettiriladi. Bunda ularning maqsadi, shuningdek, hisobvaraqlar egalari ko‘rsatiladi.
Banklarda eng ko‘p ishlatiladigan yordamchi kitob materiallaridan biri bu shaxsiy hisobvaraqlardir. Xo‘jalik yurituvchi subyektlar uchun ochiladigan barcha hisobvaraqlar O‘zbekiston Respublikasi Bank Depozitorlari Milliy axborot bazasida qayd etiladi. Bunda har bir mijozga uning qaysi mulkchilik shakliga qarashliligi, faoliyat turi va boshqa belgilariga ko‘ra xosraqam, ya’ni kod beriladi. Bu kod ushbu mijozga bankda qanday turdagi shaxsiy hisobvaraq ochilayotgan bo‘lsa, ularning barchasini nomerlashda foydalaniladi.
Shaxsiy hisobvaraqlarga yozuvlar faqat belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan hisob-kitob va pul hujjatlari asosida kiritiladi.
Yordamchi kitob, ya’ni analitik hisob materiallariga yana operatsion jurnal, kassa operatsiyalari bo‘yicha yuritiladigan kirim kassa jurnallari va chiqim kassa jurnalllari, bankning asosiy vositalari, nomoddiy aktivlari va materiallari bo‘yicha yuritiladigan kartochkalarni ham kiritish mumkin.
Bank kassasi bilan bog‘liq bo‘lgan yordamchi kitob materiallari ikkita bo‘lib, ular:
-
Download 27.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling