1. Bank faoliyati moliyaviy natijalarining hisobi
Download 27.21 Kb.
|
14variant
kassaning kirim jurnali;
-kassaning chiqim jurnali. Har kuni bank kassasiga topshirilayotgan naqd pul summasi kassaning kirim jurnalida nazoratchi tomonidan qayd etib boriladi. Unda sana, pul topshirayotgan korxona hisobvarag‘i nomeri, kirim kassa hujjati sanasi, hujjat nomeri, hisobot ramzi, summasi ko‘rsatiladi. Bosh kitob banklarda umumlashgan hisob haqida axborot berib, bank moliya hisobotlarida ko‘rsatiladigan hisobvaraqlar guruhi bo‘lib hisoblanadi. Bosh kitobga yanada to‘liqroq ta’rif beradigan bo‘lsak, Bosh kitob balans hisobvaraqlari bo‘yicha qo‘shimcha kitob ya’ni tavsiliy hisobvaraqlari ma’lumotlari to‘plamidir. Bosh kitob ham qo‘shimcha kitob kabi bir qator materiallar asosida yuritiladi. Bosh kitob materiallari quyidagilar hisoblanadi: hisobvaraqlar qoldiqlarining kunlik balansi; balans hisobvaraqlari bo‘yicha aylanmalar va qoldiqlar haqidagi jamlama ma’lumotlar; oylik hisobot balanslari; choraklik va yillik saldo aylanma -saldo qaydnomalari. Bosh kitob materiallaridan yana biri balans hisobvaraqlari bo‘yicha aylanmalar va qoldiqlarning jamlama ma’lumotidir. Bunday jamlama ma’lumotda nafaqat balans hisobvaraqlari bo‘yicha qoldiq balki, hisobvaraq debetidan va kreditidan o‘tgan aylanmalar summalari ham aks ettiriladi. Shuning uchun, aniqroq ma’lumot olish uchun hozirgi kunda ko‘p banklar kundalik balans bilan birgalikda balans hisobvaraqlari bo‘yicha aylanmalar va qoldiqlari haqidagi jamlama ma’lumotlarni ham tuzib boradilar. Ushbu Bosh kitob materiali ham dasturiy yo‘l bilan komputer yordamida tayyorlanadi. Jamlama ma’lumotlar quyidagi shaklda tuziladi. Bu kitobcha bosh buxgalter yoki uning o‘rinbosarida saqlanishi lozim. Orderlarga boshqa hujjatlardan farqlanadigan tartib raqamlari qo‘yilishi shart. Tuzatish orderi matnida qachon va qaysi hujjatda xato yozuvga yo‘l qo‘yilgani ko‘rsatilishi kerak. Agar unga mijoz arizasi sabab bo‘lgan bo‘lsa, shu sabab ko‘rsatiladi. Bunda memorial orderning to‘rtinchi nusxasining orqa tomoniga kimning aybi bilan xatolikka yo‘l qo‘yilganligi qayd etiladi, ijrochi, shuningdek, noto‘g‘ri yozuvni nazoratdan o‘tkazgan shaxsning lavozimi va familiyasi ko‘rsatiladi. Tuzatish memorial orderlari tuzilishida asos bo‘lgan arizalar kitobga tikilgan memorial orderlar bilan birga saqlanishi lozim. Summasi keyinchalik teskari buxgalteriya o‘tkazmalari bilan tuzatilgan shaxsiy hisobvaraqdagi xato yozuv qarshisiga albatta “To‘g‘rilangan” belgisi qo‘yilishi, to‘g‘rilash kiritilgan sana va to‘g‘rilangan memorial orderning raqami ko‘rsatilishi shart. Bu qayd to‘g‘rilangan memorial orderini imzolagan bosh buxgalter yoki uning o‘rinbosari (bo‘lim boshlig‘i) imzosi bilan tasdiqlanadi. Bosh buxgalter to‘g‘rilangan memorial orderlarning kitobchada qolgan nusxalaridan foydalanib, xodimlarning ishidagi xatolar hisobini yuritadi va ushbu xatolar sabablarini o‘rganib, ishni yaxshilash choralarini ko‘radi. Download 27.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling