1. Moliya / Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar


To‘lash uchun hisoblangan boshqa foizsiz xarajatlar


Download 1.01 Mb.
bet210/296
Sana20.11.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1789739
1   ...   206   207   208   209   210   211   212   213   ...   296
Bog'liq
1. Moliya Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar

29806 To‘lash uchun hisoblangan boshqa foizsiz xarajatlar
Hisobvaraqning ta’rifi: hisoblangan, lekin to‘lanmagan boshqa foizsiz xarajatlar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida hisoblangan boshqa foizsiz xarajatlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida so‘ndirilgan vayoki hisobdan chiqarilgan, shuningdek noto‘g‘ri hisoblangan boshqa foizsiz xarajatlarning qaytarilgan summalari aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir foizsiz xarajatlar turi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
29808 Litsenziya badallari bo‘yicha hisoblangan mablag‘lar
Hisobvaraqning ta’rifi: hisoblangan, lekin to‘lanmagan litsenziya badallarining hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida hisoblangan litsenziya badallari summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida to‘langan vayoki noto‘g‘ri hisoblangan litsenziya badallari bo‘yicha qaytarilgan summalari aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir litsenziya badallari turi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
29810 Bankning mas’ul xodimlariga berilgan korporativ plastik kartalar bo‘yicha hisobdan chiqarilishi lozim bo‘lgan mablag‘lar
Hisobvaraqning ta’rifi: bankning qonun hujjatlarida belgilangan joriy to‘lovlari uchun mas’ul xodimlar orqali korporativ plastik kartalardan amalga oshiriladigan hisob-kitoblar uchun pul mablag‘lari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida bankning qonun hujjatlarida belgilangan joriy to‘lovlari uchun mas’ul xodimlar orqali 19910 — “Bankning mas’ul xodimlariga berilgan korporativ plastik kartalardan hisob-kitoblar uchun pul mablag‘lari” hisobvarag‘idan o‘tkazilgan pul mablag‘lari summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida mas’ul xodimlar tomonidan korporativ plastik kartalardan foydalangan holda bankning qonun hujjatlarida belgilangan joriy to‘lovlari uchun o‘tkazilgan pul mablag‘lari summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob bankning har bir mas’ul xodimi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.

Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   206   207   208   209   210   211   212   213   ...   296




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling