29842 Harakatsiz depozit majburiyatlari
Hisobvaraqning ta’rifi: mijozlarning qonunchilikda o‘rnatilgan muddat davomida harakatda bo‘lmagan depozit hisobvaraqlaridagi qoldiqlari, shuningdek o‘rnatilgan muddatda talab qilinmagan boshqa hisobvaraqlarning qoldiqlari (cheklar, veksellar va boshqalar) hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida mijozlarning “harakatsiz depozitlar” turkumiga o‘tkazilgan mablag‘lari aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida mijozlarga to‘langan, boshqa hisobvaraqlarga o‘tkazilgan yoki qayta tasniflangan va 29840-“Moliya vazirligiga o‘tkaziladigan talab qilib olinmagan depozitlar” hisobvaraqqa o‘tkazilgan mablag‘lar aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir mijoz bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
29844 Boshqa banklarning mijozlari bilan naqd pulli hisob-kitoblar
Hisobvaraqning ta’rifi: qonun hujjatlarida o‘rnatilgan tartibda mijozlar bilan naqd hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun o‘z kassasiga ega bo‘lmagan boshqa banklar tomonidan Markaziy bankning ruxsati bilan o‘tkazilgan pul mablag‘lari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida boshqa banklardan o‘tkazilgan pul mablag‘lari summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida berilgan, shuningdek qaytarilgan naqd pul mablag‘lari summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir bank bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
29846 Boshqa kreditlar — Talab qilib olinmagan qoldiqlar
Hisobvaraqning ta’rifi: mijozlarning qonunchilikda o‘rnatilgan muddat davomida talab qilib olinmagan kreditlari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida mnjozlar tomonidan talab qilib olinmagan kreditlarning, ular bo‘yicha hisoblangan foizlarni ham hisobga olgan holdagi summalari aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida qayta tasniflangan va 29840-“Moliya vazirligiga o‘tkaziladigan talab qilib olinmagan depozitlar” hisobvaraqqa o‘tkazilgan va/yoki mijozlar tomonidan talab qilib olingan kreditlarning, ular bo‘yicha hisoblangan foizlarni ham hisobga olgan holdagi summalari aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir kreditor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |