30911 Standart aktivlar bo‘yicha zaxira
Hisobvaraqning ta’rifi: o‘rnatilgan tartibga binoan bankning sof foydasidan standart aktivlar bo‘yicha zaxiraga ajratilgan mablag‘larning hisobi.
Hisobvaraqning kreditida sof foydadan zaxiraga mablag‘larning tushishi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida muayyan maqsadlar uchun zaxiradan mablag‘larning hisobdan chiqarilishi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
31200 Taqsimlanmagan foyda
31203 Taqsimlanmagan foyda (aktiv-passiv)
Hisobvaraqning ta’rifi: bankning o‘tgan moliyaviy faoliyati davomida olgan taqsimlanmagan foydasi(zarari)ning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida 31206-hisobvaraqdan o‘tkazilgan bankning sof foydasi hamda zaxira kapital hisobvaraqlaridan taqsimlanmagan foydaga o‘tkazilgan summalar aks ettiriladi.
Hisobvaraq debetida har xil fondlar uchun ajratmalar va e’lon qilingan dividendlarning, 31206-hisobvaraqdan o‘tkazilgan zararlar summalari aks ettiriladi.
Tahliliy hisob bitta shaxsiy hisobvaraqda yuritiladi.
31206 Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)
Hisobvaraqning ta’rifi: hisobot yilida bank moliyaviy faoliyatining natijalarida olingan sof foyda(zarar)larning summasi hamda ushbu davr davomida e’lon qilingan dividendlar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida hisobot yilida bank tomonidan olingan foyda, 31203 — “Taqsimlanmagan foyda” (aktiv-passiv) hisobvarag‘iga o‘tkazilgan zararlar summasi hamda noto‘g‘ri e’lon qilingan dividendlarning qaytarilishi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida hisobot yilida bank tomonidan ko‘rilgan zararlar, 31203 — “Taqsimlanmagan foyda” hisobvarag‘iga o‘tkazilgan foydalar summasi, e’lon qilingan dividendlar, shuningdek zaxira kapitali hisobvarag‘iga o‘tkazilgan summa aks ettiriladi.
Tahliliy hisob sof foyda va dividendlar hisobi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda yuritiladi.
40000 DAROMADLAR
40200 O‘zRMBdagi hisobvaraqlar bo‘yicha foizli daromadlar
Do'stlaringiz bilan baham: |