40409 Boshqa banklardagi depozitlar bo‘yicha foizli daromadlar
Hisobvaraqning ta’rifi: bankning boshqa banklarga qo‘yilgan depozitlar bo‘yicha foizli daromadlari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida boshqa banklardan olinishi lozim bo‘lgan ishlab topipgan foizli daromadlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida noto‘g‘ri hisoblangan va/yoki olingan foizlarning summasi hamda moliyaviy hisobot yilining oxirida bankning moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvarag‘iga o‘tkaziladigan daromadlar summasi aks ettiriladi.
40600 Oldi-sotdi qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha foizli daromadlar
40601 Davlat xazina veksellari bo‘yicha foizli daromadlar
40605 Davlat obligatsiyalari bo‘yncha foizli daromadlar
40609 O‘zRMBning obligatsiyalari va boshqa qarz qimmatli qog‘ozlari bo‘yicha foizli daromadlar
40613 Korxonalarning qarz qimmatli qog‘ozlari bo‘yicha foizli daromadlar
40617 Yevroobligatsiyalar bo‘yicha foizli daromadlar
40694 Boshqa qarz qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha foizli daromadlar
Yuqorida ko‘rsatilgan balans hisobvaraqlari o‘z xususiyatlari bo‘yicha bir xil bo‘lganligi uchun ularning ta’rifi umumlashtirib berilmoqda.
Hisobvaraqning ta’rifi: bankning oldi-sotdi qimmatli qog‘ozlari (davlatning xazina veksellari (davlatning qisqa muddatli majburiyatlari), davlatning obligatsiyalari, O‘zRMBning obligatsiyalari va boshqa qarz qimmatli qog‘ozlari, korxonalarning qarz qimmatli qog‘ozlari, yevroobligatsiyalar va xorijiy emitentlarning qarz qimmatli qog‘ozlarini qo‘shgan holda boshqa qarz qimmatli qog‘ozlar) bo‘yicha foizli daromadlari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida ishlab topilgan foizlar summasi, shuningdek, oldi-sotdi qimmatli qog‘ozlarning diskonti bo‘yicha amortizatsiya qilingan summa aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida noto‘g‘ri hisoblangan va/yoki olingan daromadlarning qaytarish summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida bankning moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvarag‘iga o‘tkaziladigan daromadlar va mukofotning amortizatsiya qilingan summasi aks ettiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |