30312 Ro‘yxatdan o‘tkazilgan ustav kapitali — Oddiy
Hisobvaraqning ta’rifi: obuna uchun qisman to‘langan, yoki, agar to‘liq to‘langan bo‘lsa, hali tegishli sertifikat berilmagan oddiy aksiyalar (aksiyador bank uchun)ning, shuningdek ro‘yxatga olingan, lekin hali to‘liq to‘lanmagan ustav kapitali ulushi (noaksiyador bank uchun)ning summasi hisobga olinadi.
Hisobvaraqning kreditida obuna bo‘lgan aksiyalarning qisman yoki to‘liq to‘langan, shuningdek ro‘yxatga olingan, lekin ustav kapitali ulushining to‘liq to‘lanmagan summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida obuna bo‘lgan aksiyalarning to‘liq to‘langan va tegishli sertifikatlar berilgan, shuningdek ro‘yxatga olingan va to‘liq to‘langan ustav kapitali ulushining summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir aksiyador (ishtirokchi) uchun alohida ochilgan alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
30315 Chiqarilgan ustav kapitali — Imtiyozli
Hisobvaraqning ta’rifi: to‘liq to‘langan, tegishli sertifikatlar berilgan imtiyozli aksiyalar (aksiyador bank uchun)ning nominal qiymati, shuningdek ro‘yxatdan o‘tkazilgan yoki ustav kapitali ulushi (noaksiyador bank uchun)ning to‘liq to‘langan summasi hisobga olinadi.
Hisobvaraqning kreditida ustav kapitalining shakllanishi uchun chiqarilgan imtiyozli aksiyalarning, shuningdek to‘liq to‘langan ustav kapitali ulushining summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida ustav kapitalining kamayish summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir aksiyador (ishtirokchi) uchun alohida ochilgan shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
30318 Chiqarilgan ustav kapitali — Oddiy
Hisobvaraqning ta’rifi: to‘liq to‘langan, tegishli sertifikatlar berilgan oddiy aksiyalar (aksiyador bank uchun)ning nominal qiymati, shuningdek ro‘ixatdan o‘tkazilgan yoki ustav kapitali ulushi (noaksiyador bank uchun)ning to‘liq to‘langan summasi hisobga olinadi.
Hisobvaraqning kreditida ustav kapitalining shakllanishi uchun chiqarilgan oddiy aksiyalarning nominal qiymati, shuningdek to‘liq to‘langan ustav kapitali ulushining summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida ustav kapitalining kamayshp summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir aksiyador (ishtirokchi) uchun alohida ochilgan shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |