1. Moliya / Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar


Bankning hujjatsiz qimmatli qog‘ozlari


Download 1.01 Mb.
bet273/296
Sana20.11.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1789739
1   ...   269   270   271   272   273   274   275   276   ...   296
Bog'liq
1. Moliya Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar

90329 Bankning hujjatsiz qimmatli qog‘ozlari
Hisobvaraqning ta’rifi: bankning muomalaga chiqarilguncha saqlanayotgan, shuningdek qoplash(to‘lash) yoki muomaladan chiqarish maqsadida qayta sotib olingan xususiy hujjatsiz qimmatli qog‘ozlarini hisobi yuritiladi. Bankning qoplash(to‘lash) yoki muomaladan chiqarish maqsadida qayta sotib olingan xususiy hujjatsiz qimmatli qog‘ozlari “donasi 1 so‘m” bo‘lgan shartli bahoda hisobga olinadi. Ushbu hisobvaraq uchun 96314 — “Bankning qimmatli qog‘ozlari bo‘yicha kontr-hisobvaraq” kontr-hisobvaraq hisoblanadi.
Hisobvaraqning debetida bankning muomalaga chiqarilguncha saqlanayotgan, chiqarilgan hujjatsiz qimmatli qog‘ozlari qiymati, shuningdek qoplash(to‘lash) yoki muomaladan chiqarish uchun bank tomonidan qayta sotib olingan hujjatsiz qimmatli qog‘ozlar “donasi 1 so‘m” bo‘lgan shartli bahoda aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida bankning sotilgan (tarqatilgan) hujjatsiz qimmatli qog‘ozlari qiymati aks ettiriladi. Bundan tashqari ushbu hisobvaraq qoplangan(to‘langan) yoki muomaladan chiqarilgan hujjatsiz qimmatli qog‘ozlarning “donasi 1 so‘m” bo‘lgan shartli bahosiga kreditlanadi.
Tahliliy hisob hujjatsiz qimmatli qog‘ozlarning turi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
90337 Bankning sotib olingan qimmatli qog‘ozlari
Hisobvaraqning ta’rifi: qoplash (to‘lash) muddati kelguncha yana qayta sotish maqsadida bank tomonidan sotib olingan xususiy qimmatli qog‘ozlarining hisobi olib boriladi. Ushbu hisobvaraq uchun 96314 — “Bankning qimmatli qog‘ozlari bo‘yicha kontr-hisobvaraq” kontr-hisobvaraq hisoblanadi.
Hisobvaraqning debetida bank tomonidan qayta sotib olingan o‘z qimmatli qog‘ozlarining nominal qiymati aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida bank tomonidan qayta sotilgan o‘z qimmatli qog‘ozlarining nominal qiymati aks ettiriladi.
Tahliliy hisob qimmatli qog‘ozlarning turi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
90400 Bankning plastik kartalari, terminallari, bankomatlari va infokioskalari

Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   269   270   271   272   273   274   275   276   ...   296




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling