B Filiallari, minibanklar, bank xizmatlari markazi va bankomatlari soni


Download 22.56 Kb.
Sana23.04.2023
Hajmi22.56 Kb.
#1387720
Bog'liq
pul va banklar chala


Qadrli talabalar, 1-ilovada sizga biriktirilgan tijorat banki bo’yicha quyidaeltirilgan topshiriqlarni Microsoft Word dasturida bajaring. Javoblarni mustaqil tayyorlang, ko’chirmachilikka yo’l qo’ymang. O’xshashligi 10%dan ortiq bo’lgan javoblar qabul qilinmaydi (bir xil bank biriktirilgan talabalarga hamkorlikda ishlashga ruxsat beriladi). Javoblar savollarni to’liq qamrab olishi va tushunarli
bo’lishi lozim. Matn yozishda stilistik talablarga rioya qiling, so’zlar bir-biriga qo’shilib ketmasin. Ba’zi savollarga ixcham tarzda javob yozish uchun ilovalarda namunaviy jadvallar keltirilgan. Bu jadvallar namuna bo’lib, ularni o’zgartirishingiz va/yoki boshqa savollarga javob yozishda ham qo’llashingiz mumkin.
1. Umumiy ma’lumot bering:
a) Bank tashkil qilingan sana, ta’sischilari tarkibi va ustav kapitali miqdori;
b) Filiallari, minibanklar, bank xizmatlari markazi va bankomatlari soni;
c) Jami kreditlari va depozitlari miqdori kabi ma’lumotlar.
2. Aktiv operatsiyalari haqida ma’lumot bering: Bank tomonidan taklif etilayotgan
barcha kreditlar bo’yicha: nomi, maqsadi, muddati, maksimal miqdori, kimga
taqdim etilishi, foiz stavkasi, foizni hisoblash usuli, ta’minot shartlari, talab
qilinadigan hujjatlar, mijozga qo’yilgan talablar kabilar. (Bunda 2-ilovada
berilgan shakldan foydalanishingiz mumkin)
3. Passiv operatsiyalari haqida ma’lumot bering: Taklif qilinayotgan depozitlar:
turlari, nomi, muddati, minimal va/yoki maksimal miqdori chegarasi, foiz
stavkasi, foiz hisoblash usuli va boshqalar. (Bunda 3-ilovada berilgan shakldan
foydalanishingiz mumkin)

1. Ipoteka-Bank missiyasi — o‘z aksiyadorlari va bank mijozlari uchun eng yuqori darajadagi iqtisodiy qadriyatlarni yaratishdan iborat. Mijozlarga xizmat ko‘rsatishning yuqori sifati va tanlangan bozorlardagi yetakchilik, kelajakdagi bank muvaffaqiyati uchun birinchi darajali ahamiyat kasb etadi.


Bankning korporativ qadriyatlari — jamoaviy ruh, yangicha fikrlash, ijobiy munosabat, ajoyib sifat — bank missiyasini amalga oshirishda muhim rol o‘ynaydi.
Mijozlarga keng ko‘lamdagi bank xizmatlarini taqdim etgan holda, bank mamlakat iqtisodini ko‘tarish va rivojlantirish uchun asoslar va sharoitlarni yaratishga ko‘maklashishga intiladi.
O’z mijozlariga xizmatlarni taqdim etishda Ipoteka-Bank professionalizmning yuqori standartlariga muvofiq bo‘lish, yangiliklarni qo‘llash, yangi g‘oyalarga ochiqlik, fikrlardan foydalanish hamda qat’iy va izchil faoliyatni amalga oshirishga sodiqdir.
Bankning mijozlari bilan o‘zaro munosabatlari uzoq muddatli va mustahkam bo‘lishi uchun Ipoteka-Bank bundan keyin ham sifatli xizmatlar ko‘rsatishni davom ettirish niyatida.

Bank tarixi

1996-yil: Ipoteka-bankning tarixi 1996-yil, “Toshkent uy-joy jamgʼarma banki” uy-joy bilan taʼminlash sharoitlarini yaxshilash maqsadida tashkil etilganligiga borib taqaladi.
1997-yil: Uy-joy fondini moliyalashtirish tajribasini butun mamlakat miqyosida ommalashtirish maqsadida Oʻzbekiston Uy-joy jamgʻarma banki tashkil etildi.
2005-yil: Oʻzbekiston Uy-joy jamgʻarma banki “Zamin-bank” bilan birlashtirildi va Oʻzbekistondagi birinchi ixtisoslashtirilgan ipoteka kreditlash banki sifatida “Ipoteka-bank” ATB tashkil etildi.
2007-yil: Ipoteka-bank O'zbekistonda aksiyadorlik tijorat banki sifatda bank va valyuta faoliyatini amalga oshirish uchun O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta rasmiylashtirgan 74-sonli litsenziyasini oldi.
Ipoteka-bank Moody’s reyting agentligining “Barqaror” istiqboldagi B1 reytingiga ega boʻlgan birinchi bank boʻldi.
2017-2018-yillar: Ipoteka-bank va Xalqaro moliya korporatsiyasi (XMK) oʻrtasida bankni institutsional oʻzgartirish boʻyicha kelishuv imzolandi va Bank XMK ekspertlari bilan keng koʻlamli transformatsiya boshladi.
2019-yil: Xalqaro moliya korporatsiyasi Ipoteka-bankka 35 mln. AQSH dollari ekvivalentidagi bankning aksiyalariga ayirboshlanadigan kredit liniyasi ajratdi.
2020-yil: London Fond birjasida Ipoteka-bank tomonidan 300 mln. AQSH dollari miqdorida xalqaro obligasiyalar chiqarildi.
2021-yil: Ipoteka-bank yangi rivojlanish strategiyasi, yangi tashkiliy tuzilmaga ega korporativ boshqaruv tizimi, biznes modeli, anderrayting va risklarni boshqarish tizimi va turli masofaviy xizmatlarni joriy qildi.
Ipoteka-bank Xalqaro Vena fond birjasida milliy valyutada 785 milliard soʻm (75 million AQSH dollari ekvivalenti) miqdorida yevroobligatsiyalarni chiqardi.
2021-yil sentabr oyida, OTP Bank Grup (Vengriya) Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan “Ipoteka-bank” aksiyalarining asosiy ulushini sotib olish boʻyicha memorandum imzoladi.
2019 yil 30 dekabrda “Ipoteka-bank” АTIB 1 414,6 mlrd. soʼm miqdorida aktsiyalarning 18-qoʼshimcha chiqariluvini joylashtirdi. Chiqariluv joylashtirilgandan soʼng bankning ustav kapitali 2 817,4 mlrd. soʼmni tashkil etdi.
Аktsiyalarning qoʼshimcha chiqariluvi boʼyicha qaror Oʼzbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligida 2019 yil 19 dekabrda R0775-18-son bilan roʼyxatga olingan.
Аktsiyalar, chiqariluv shartlariga asosan, Oʼzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʼarmasi va Oʼzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga joylashtirilgan.
Аktsiyalarning soʼnggi joylashtiriluvi 2019 yil 19 aprelda R0775-17-son bilan roʼyxatga olingan qarorga asosan 417,2 mlrd. soʼmga amalga oshirilgan edi.
Download 22.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling