1. Moliya / Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar


Budjet tashkilotlariga berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan qisqa muddatli kreditlar


Download 1.01 Mb.
bet77/296
Sana20.11.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1789739
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   296
Bog'liq
1. Moliya Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar

12409 Budjet tashkilotlariga berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan qisqa muddatli kreditlar
Hisobvaraqning ta’rifi: qayta ko‘rib chiqilgan shartnoma hamda unga qo‘shimcha kelishuvga muvofiq asosiy shartlari o‘zgartirilgan budjet tashkilotlariga berilgan qisqa muddatli kredit (shu jumladan overdraft va mohiyati bo‘yicha kreditlar bo‘lgan boshqa operatsiya)larning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida qayta tasniflangan va 12401 — “Budjet tashkilotlariga berilgan qisqa muddatli kreditlar”, 12405 — “Budjet tashkilotlariga berilgan muddati o‘tgan kreditlar” hisobvaraqlaridan ushbu hisobvaraqqa o‘tkazilgan budjet tashkilotlariga berilgan, shartlari qayta ko‘rib chiqilgan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida to‘langan, qayta tasniflangan va/yoki ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash uchun zaxira 12499 — “Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi — Budjet tashkilotlariga berilgan qisqa muddatli kreditlar” hisobvarag‘idan hisobdan chiqarilgan kreditlarning summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
12499 Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi — Budjet tashkilotlariga berilgan qisqa muddatli kreditlar
Hisobvaraqning ta’rifi: bank tomonidan undirib olmaslik ehtimoli mavjud bo‘lgan, budjet tashkilotlariga berilgan qisqa muddatli kredit (shu jumladan overdraft va mohiyati bo‘yicha kreditlar deb ataladigan boshqa operatsiya)lar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida tashkil etilgan zaxira summasi va/yoki zaxiraning o‘sish summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida zaxiraning kamayish summasi va/yoki bekor qilingan summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
12500 Jismoniy shaxslarga berilgan qisqa muddatli kreditlar

Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   296




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling