11899 Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi — REPO bitimlari bo‘yicha sotib olingan qimmatli qog‘ozlar (kontr-aktiv)
Hisobvaraqning ta’rifi: REPO bitimlari bo‘yicha sotib olingan qimmatli qog‘ozlar qadrsizlanishidan vujudga kelgan zararlarni qoplash uchun yaratilgan zaxiralar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida zaxiraning kamayishi va/yoki bekor qilingan summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida tashkil etilgan zaxira summasi va/yoki zaxira summasining o‘sishi aks ettiriladi,
Tahliliy hisob har bir REPO kelishuvi bo‘yicha, shuningdek qimmatli qog‘ozlarning turi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
11900 O‘zRMBga berilgan qisqa muddatli kreditlar
11901 O‘zRMBga berilgan qisqa muddatli kreditlar
Hisobvaraqning ta’rifi: berilgan sanadan boshlab 1 yil muddatgacha O‘zRMBga berilgan kredit (shu jumladan, mohiyatiga ko‘ra kreditlar deb ataluvchi boshqa operatsiya)lar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida berilgan kredit summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida qoplangan (to‘langan) kredit summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir kredit shartnomasi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
12100 Boshqa banklarga berilgan qisqa muddatli kreditlar
12101 Boshqa banklarga berilgan qisqa muddatli kreditlar
Hisobvaraqning ta’rifi: berilgan sanadan boshlab 1 yilgacha muddatga boshqa banklarga berilgan kredit (shu jumladan, mohiyatiga ko‘ra kreditlar hisoblangan boshqa operatsiya)lar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida berilgan kredit summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida qoplangan kreditning summasi va/yoki kreditning boshqa maqomi bo‘yicha qayta tasniflangan summasi aks ettiriladi
Tahliliy hisob har bir qarzdor (kredit oluvchi) bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
12105 Boshqa banklarga berilgan muddati o‘tgan kreditlar
Hisobvaraqning ta’rifi: boshqa banklarga berilgan muddatida qoplanmagan qisqa muddatli va uzoq muddatli kredit (shu jumladan, maqomiga ko‘ra kreditlar bo‘lgan boshqa operatsiya)larning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida boshqa banklarga berilgan muddatida to‘lanmagan barcha kreditlarning summasi, shuningdek qayta tasniflangan va 12101 — “Boshqa banklarga berilgan qisqa muddatli kreditlar”, 12109 — “Boshqa banklarga berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan qisqa muddatli kreditlar”, 14501 — “Boshqa banklarga berilgan uzoq muddatli kreditlar”, 14505 — “Boshqa banklarga berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan uzoq muddatli kreditlar” hisobvaraqlardan ushbu hisobvaraqqa o‘tkazilgan kreditlarning summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida qarzdor tomonidan to‘langan qarzdorlik summasi, shuningdek kreditlarning boshqa mohiyati bo‘yicha qayta tasniflangan va/yoki 12199 — “Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi — Boshqa banklarga berilgan qisqa muddatli kreditlar” hisobvarag‘i orqali hisobdan chiqarilgan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |