1. Moliya / Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar


Muddati o‘tgan mahalliy veksellar va akseptlar


Download 1.01 Mb.
bet70/296
Sana20.11.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1789739
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   296
Bog'liq
1. Moliya Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar

11515 Muddati o‘tgan mahalliy veksellar va akseptlar
Hisobvaraqning ta’rifi: amaldagi qoidalarga muvofiq muddati o‘tgan deb hisoblanadigan, akkreditiv va/yoki trast hujjati kafolati asosida berilgan muddatida to‘lanmagan mahalliy veksel/trattalar hisobga olinadi.
Hisobvaraqning debetida qayta tasniflangan va 11509 — “Mijozlarning majburiyatlari — Trast hujjatlari asosidagi mahalliy veksellar” hisobvarag‘idan ushbu hisobvaraqqa o‘tkazilgan, akkreditiv va/yoki trast kelishuvi asosida qo‘yilgan, muddatida to‘lanmagan mahalliy veksel/trattalarning qiymati aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida akkreditiv va/yoki trast kafolati asosida qo‘yilgan va/yoki qadrsizlanish natijasida vujudga kelgan zararlarni qoplash 11599 — “Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi — Import bilan bog‘liq va mahalliy veksellar” hisobvarag‘idan hisobdan chiqarilgan, shuningdek qayta tasniflangan va 11521 — “Sud jarayonidagi mahalliy veksellar” hisobvarag‘idan ushbu hisobvaraqqa o‘tkazilgan to‘langan veksel/trattalarning qiymati aks ettiriladi.
Tahliliy hisob majburiyatlar turi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
11519 Sud jarayonidagi import bilan bog‘liq veksellar
Hisobvaraqning ta’rifi: akkreditiv va/yoki trast hujjatlari kafolati asosida qo‘yilgan sud ishi qo‘zg‘atilgan import bilan bog‘liq veksel/trattalarning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida qayta tasniflangan va 11501 — “Mijozlarning majburiyatlari — Import bilan bog‘liq veksellar”, 11505 — “Mijozlarning majburiyatlari — Trast hujjatlari asosidagi import bilan bog‘liq veksellar”, 11511 — “Muddati o‘tgan import bilan bog‘liq veksellar va akseptlar” hisobvaraqlaridan ushbu hisobvaraqqa o‘tkazilgan akkreditiv va/yoki trast hujjatlari kafolati asosida qo‘yilgan import bilan bog‘liq veksel/trattalarning summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida qadrsizlanish natijasida vujudga kelgan zararlarni qoplash uchun tashkil etilgan zaxira 11599 — “Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi — Import bilan bog‘liq va mahalliy veksellar” hisobvarag‘idan hisobdan chiqarilgan va/yoki akkreditiv va/yoki trast hujjatlari kafolati asosida qo‘yilgan, to‘langan veksel/trattalarning summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob majburiyatlar turi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.

Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   296




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling