11399 Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi — Sotib olingan veksellar (kontr-aktiv)
Hisobvaraqning ta’rifi: veksel/trattalar sotib olingan qiymatiga nisbatan bozor qiymatining tushib ketishi hamda sotib olingan veksellarni undirib olmaslik ehtimoli mavjudligi natijasida vujudga keladigan zararlarni qoplash bo‘yicha mablag‘lar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida qadrsizlanish natijasida baholanish zararlar summasi yoki zaxiraning ko‘payish summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida zaxiraning kamayish yoki bekor qilingan summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob veksellarning turi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
11500 Mijozlarning akkreditiv va/yoki trast hujjatlari bilan kafolatlangan trattalari bo‘yicha majburiyatlari
11501 Mijozlarning majburiyatlari — Import bilan bog‘liq veksellar
Hisobvaraqning ta’rifi: bank tomonidan chiqarilgan va importning qiymatini to‘lash va/yoki akseptlash bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlarni qoplash uchun mo‘ljallangan, akkreditiv kafolati asosida taqdim etilgan, import yoki sotib olish/to‘lash vakolati bilan bog‘liq bo‘lgan veksel/trattalarning hisobi yuritiladi.
Hisobvaraqning debetida tovarlar yoki xizmatlar import uchun chet el vakil bankidan qabul qilingan akkreditiv bo‘yicha taqdim etilgan veksellarning summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida mijozlarning hisobvaraqlariga qo‘yilgan akkreditiv asosidagi veksellarning to‘langan summasi, shuningdek qayta tasniflangan va 11511 — “Muddati o‘tgan import bilan bog‘liq veksellar va akseptlar” va 11519 — “Sud jarayonidagi import bilan bog‘liq veksellar” hisobvaraqlariga o‘tkazilgan veksellar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob majburiyatlar turi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
11505 Mijozlarning majburiyatlari — Trast hujjatlari asosidagi import bilan bog‘liq veksellar
Hisobvaraqning ta’rifi: importyor tomonidan trast bitimi asosida tovarlarni olishga oid hujjatlar berilgunga qadar/berilgan vaqtda akseptlangan, akkreditiv kafolati bo‘yicha import uchun taqdim qilingan veksel/trattalarning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida trast hujjatlari asosida akseptlangan va o‘tkazib berilgan, akkreditiv kafolati bo‘yicha taqdim qilingan import bilan bog‘liq veksel/trattalarning summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida mijozlar hisobraqamlaridan undirib olingan taqdim etilgan akkreditiv kafolati bo‘yicha import bilan bog‘liq veksel/trattalarning, shuningdek qayta tasniflangan va 11511 — “Muddati o‘tgan import bilan bog‘liq veksellar va akseptlar” va 11519 — “Sud jarayonidagi import bilan bog‘liq veksellar” hisobvaraqlariga o‘tkazilgan veksellar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob majburiyatlar turi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |