11305 Eksport bilan bog‘liq sotib olingan veksellar — Hujjatli
Hisobvaraqning ta’rifi: bank tomonidan sotib olingan xorijiy veksel/tratta(o‘tkazma veksel)larning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida sotib olingan veksellarning nominal qiymati aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida hisob-kitob qilish maqsadida jo‘natilgan eksport bilan bog‘liq veksellar uchun to‘lov amalga oshirilganligi to‘g‘risida vakil-bankdan olingan tasdiqqa muvofiq, qoplangan veksellarning nominal qiymati, shuningdek qayta tasniflangan va 11315 — “Muddati o‘tgan sotib olingan veksellar” va 11319 — “Sud jarayonidagi sotib olingan veksellar” hisobvaraqlariga o‘tkazilgan veksellarning summalari aks ettiriladi.
Tahliliy hisob veksellarning turi va muddati hamda to‘lovchilar bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
11309 Sotib olingan mahalliy veksellar — Hujjatsiz
Hisobvaraqning ta’rifi: bank tomonidan sotib olingan mahalliy veksel/tratta(o‘tkazma veksel)larning va/yoki shu kabi muomaladagi moliyaviy instrumentlarning hamda kredit liniyasi bo‘yicha amal qilish muddati tugamagan mahalliy veksellar bilan qoplangan cheklarning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida sotib olingan veksellarning nominal qiymati aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida to‘langan va/yoki qayta sotilgan veksellarning nominal qiymati, shuningdek, qayta tasniflangan va 11315 — “Muddati o‘tgan sotib olingan veksellar” va 11319 — “Sud jarayonidagi sotib olingan veksellar” hisobvaraqlariga o‘tkazilgan veksellarning summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob veksellarning muddati va turi, shuningdek, to‘lovchilar bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
11311 Sotib olingan mahalliy veksellar — Hujjatli
Hisobvaraqning ta’rifi: mahalliy sotuvchi(savdogar)lar tomonidan o‘zlarining mahalliy xaridlarini qoplaydigan mahalliy akkreditiv va shunga o‘xshash boshqa bitimlar asosidagi bank tomonidan sotib olingan mahalliy veksel/tratta(o‘tkazma veksel)larning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida sotib olingan veksellarning nominal qiymati aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida to‘langan veksellarning nominal qiymati, shuningdek qayta tasniflangan va 11315 — “Muddati o‘tgan sotib olingan veksellar” va 11319 — “Sud jarayonidagi sotib olingan veksellar” hisobvaraqlariga o‘tkazilgan veksellarning summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob veksellarning muddati va turi, shuningdek to‘lovchilar bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |