11315 Muddati o‘tgan sotib olingan veksellar
Hisobvaraqning ta’rifi: bank tomonidan sotib olingan, amaldagi qoidalarga asosan muddati o‘tgan deb hisoblanuvchi veksel/trattalarning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida muddati o‘tgan veksellarning nominal qiymati aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida qoplangan muddati o‘tgan veksellarning nominal qiymati, shuningdek qayta tasniflangan va 11319 — “Sud jarayonidagi sotib olingan veksellar” hisobvarag‘iga o‘tkazilgan veksellarning summasi va/yoki veksellarning hisobdan chiqarish summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob muddati o‘tgan veksellarning turi, shuningdek to‘lovchilar bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
11319 Sud jarayonidagi sotib olingan veksellar
Hisobvaraqning ta’rifi: to‘lovni undirish bo‘yicha sud muhokamasiga o‘tkazilgan bank tomonidan sotib olingan veksel/trattalarning hisobi yuritiladi.
Hisobvaraqning debetida bank tomonidan sud jarayonidagi sotib olingan veksellarning nominal qiymati aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida qoplangan veksellarning nominal qiymati va/yoki veksellarning hisobdan chiqarish summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob veksellar turi bo‘yicha, shuningdek to‘lovchilar bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
11395 Sotib olingan veksellar bo‘yicha diskontlar (kontr-aktiv)
Hisobvaraqning ta’rifi: veksellarni sotib olish narxi bilan nominal qiymati o‘rtasidagi salbiy farq (diskont) hisobi yuritiladi.
Hisobvaraqning kreditida bank tomonidan vekselni nominal qiymatidan past narxda sotib olishdagi diskont summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida veksel summasi to‘lab berilganda hisobdan chiqarilayotgan diskont summasi, diskont amortizatsiyasi va/yoki vekselni to‘lov sanasigacha qayta sotishda (qayta diskontlashdagi) hisobdan chiqarilayotgan diskont summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob veksellar turi va muddati, shuningdek to‘lovchilar bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |