1. Moliya bozorining nazariy asoslari. Moliya bozorining Angalosakson modeli


Download 245 Kb.
bet6/15
Sana08.03.2023
Hajmi245 Kb.
#1249450
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
1-mavzu Moliya bozorining nazariy asoslari

1. Tarkibi bo'yicha:
-QMAB - qisqa muddatli (1 yilgacha) monetizatsiyalashgan moliyaviy aktivlar (qimmatli qog'ozlardan tashqari) bozori;
- UMAB - o'rta (1-5 yilgacha) va uzoq (5 yildan ortiq, odatda 30 yilgacha) muddatli monetizatsiyalashgan moliyaviy aktivlar bozori;
- QMQB - QMABga mos qisqa muddatli qimmatli qog'ozlarning birjadan tashqari bozori;
-UMQB - UMABga mos o'rta va uzoq muddatli qimmatli qog'ozlarning biijadan tashqari bozori;
- ВВ — qimmatli qog'ozlarning birja bozori.
Ta’kidlash joizki, moliya bozorining QMAB va UMAB qismlarida moliya institutlariga oid pul, valyuta, kredit vositalari va sug'urta instrumentlar muomalada bo‘ladi.
2. Segmentlari bo'yicha:
- kredit bozori;
- qimmatli qog'ozlar bozori;
- valyuta bozori;
- oltin va avuarlar (qimmatbaho metallar, kamyob elementlar, san’at asarlari va h.k.) bozori;
- sug'urta va pensiya fondlari bozori, lotereya o'yinlari instrumentlari.
3. Muddatliligi bo'yicha:
- qisqa muddatli operatsiya lar bozori (1 yilgacha);
- o'rta muddatli operatsiya lar (1 yildan 5 yilgacha);
- uzoq muddatli operatsiya lar (5 yildan ortiq, odatda to 30 yilgacha).
4. Moliyaviy instrumentlarning emitentlari bo'yicha:
- davlatning (Markaziy bank, moliya vazirligi, g'azna kabilar) moliyaviy instrumentlari bozori;
- mahalliy xokimiyat organlarining (munitsipalitet, meriya, hokimiyat) moliyaviy instrumentlari;
- korporativ moliyaviy instrumentlar (kompaniyalar, firmalar);
- moliya institutlarining (banklar, sug'urta va kredit tashkilotlari, investitsiya institutlari, fondlar) moliyaviy instrumentlari;
- lotereya o'yinlari instrumentlari (bular moliyaviy instmmentlar bo'lib, qimmatli qog'ozlar hisoblanmaydi).
5. Tartiblashtirish (muvofiqlashtirish va nazorat qilish, regulyativ) usuli bo'yicha:
- tartiblashgan bozor;
- tartiblashmagan (yoki «ko'cha») bozor.
Ta’kidlash joizki, ularning har birida ham barcha operatsiyalar qonuniy tarzda reglamentlashtirilgan va me’yorlashtirilgan bo'ladi.

Download 245 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling