1. Moliya matematikasining asosiy tushunchalari. Oddiy foizni hisoblashga doir masalalar


Oddiy foiz stavkalarini Excel dasturi dasturi yordamida hisoblash


Download 205.89 Kb.
bet3/3
Sana19.06.2023
Hajmi205.89 Kb.
#1604405
1   2   3
Bog'liq
Matem 1-mustaqil ish

3. Oddiy foiz stavkalarini Excel dasturi dasturi yordamida hisoblash.
Oddiy foiz stavkalarini Excel dasturi yordamida hisoblash uchun yuqoridagi formulalarni ushbu dasturlarni qullashga mos kurinishda yosib olish kerak. 1.1. Oddiy foiz stavkasi bo’yicha moliyaviy ko’rsatkichlarni hisoblash Bevosita matematik hisoblash formulasi:

Bu holda foiz qiymati I = FV – PV
Excelning moliyaviy funksiyalar paketi yordamida hisoblash formulasi: FV = БС(ставка ; кпер; плт; пс; тип) = БС(r*n; 1; ; -PV; ); bu yerda, ya’ni oddiy foiz stavkasi bo’lganda, stavka oddiy foizga moslashtirilgan holda r*n = r*t/(100*T) kabi olinadi, muddat esa кпер = 1 deb olinadi. Izoh:Excel dasturining БС va kelgusi masalalarda ko’riladigan boshqa moliyaviy funksiyalar haqidagi to’liq ma’lumotlar Excel dasturining bazasida keltirilgan. Excelda bu va boshqa moliyaviy funksiyalarining ma’lumotlar bazasiga quyidagi tartibda kirish mumkin: Справка, Справка MicrasoftExcel, Оглавление, Работа сданными, Справка по функциям, Финансовые функции va o’znavbatida mosmoliyaviy funksiyaga kiriladi. Bu yerda va keyingi beriladigan hamma moliyaviy ko’rsatkichlarni hisoblashda Excel dasturining har bir moliyaviy funksiyalarining ma’lumotlar bazasini oxirida namunaviy misollar va bu misollarda hisoblash qoidasi Excel dasturiga moslashtirilgan holda keltirilgan. Bu misollardagi ma’lumotlar va hisoblash qoidasidan nusxa olib, Excelning mos kataklariga qo’yilsa, natija namunadagidek chiqadi. So’ngra undagi ma’lumotlarni o’zimizning misolimizga mos qilib o’zgartirsak masalaning javobini olamiz. Ikkinchi tomondan moliyaviy ko’rsatkichlarni hisoblash uchun Excelning katagiga bevosita matematik yoki moliyaviy funksiyaning hisoblash formulasini yozib, uning parametrlari qiymatlarini berish bilan, kompyuter texnologiyasidan foydalangan holda hisoblash ham mumkin. Lekin, Excel dasturining moliyaviy funksiyalar paketini o’zi avtomatik ravishda hisoblaydi.
1-misol. 200 ming so’m mablag’, oddiy foiz sxemasi va bir yo’la to’lash shartida yillik 10% stavka bilan a) 6 oyga, b) 2 yilga berilgan bo’lsin. Qaytariladigan (oshgan) qiymatni aniqlang (T=360 kun).
Berilgan: PV=200; r=10%;T=360kun; a) n=180/360; b) n=2yil.
Topish kerak: FV = ?
Yechish:

Excelning moliyaviy funksiyalar paketi yordamida hisoblash:
a) FV = БС(0.1*180/360; 1; ; -200; ) = 210 ming so’m,
b) FV = БС(0.1*2*360/360; 1; ; -200; ) = 240 ming so’m, ya’ni

Oddiy foiz stavkasi bo’yicha boshlang’ich qiymatni hisoblash Bevosita matematik hisoblash formulasi:

2-misol. 1 mln. so’mlik kredit shartnomasi quyidagi foiz stavkalari bo’yicha 2 yilga tuzildi: birinchi yarim yillikda yillik30%, ikkinchi yarim yillikda yillik 40% , ikkinchi yilga yillik 100%. Kredit shartnomasi bo’yicha qaytarilishi zarur bo’lgan qarz qiymatini aniqlang (T = 365).
Berilgan: PV = 1 000 000; T = 365; r1 = 30%; r2 = 40%; r3 = 100%; t1 = 182; t2 = 183; t3 = 365;
Topish kerak: FV =?



Download 205.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling