Vazifalarni bajaring!!! «Charxpalak» trеningi
Download 139.72 Kb.
|
6-топшир
- Bu sahifa navigatsiya:
- Alkaloidlar Tеkshirish usullari
- 2.Kofein, uning toksikologik va narkologik ahamiyatini tushuntiring.
- 3.Mureksid hosil qilish reaktsiyasini sud kimyoviy ahamiyatini izohlang.
VAZIFALARNI BAJARING!!! «ChARXPALAK» TRЕNINGI
* Alkaloidlar uchun reaktivlar bilan hosil qiladigan tegishli kristallarni toping sKsantin (purin) hosilasini saqlovchi alkaloidlarni formulasini yozib ko’rsating. Pirimidin qator alkaloidlariga purin alkaloidlari (kofein, teofillin, teobromin) kiradi. Ular tibbiyotda keng qo’llanilib, chegaralangan kimyo-toksikologik ta'sirga ega: kofein teofillin teobromin Kofein (1,3,7-trimetilksantin). Teofillin (1,3-dimetil ksantin). Teobromin (3,7-dimetil ksantin). Purin alkaloidlari choy, kofe va boshqa o’simliklarda saqlanib, tibbiyotda ham keng qo’llaniladi, kofein sintez qilib olingan. Ushbu alkaloidlarni aniqlashda alkaloidlarni umumiy cho’ktiruvchi reaktivlar, mureksid hosil bo’lish reaktsiyasi va boshqa fizik-kimyoviy usullardan foydalaniladi. 2.Kofein, uning toksikologik va narkologik ahamiyatini tushuntiring. Kofein markaziy nerv sistemasiga qo’zg’atuvchi ta'sir qiladi, narkotik va uyqu chaqiruvchi preparatlar ta'sirini kamaytirib, nafas olish va boshqa markazlarni ham qo’zg’otadi. Kofein tibbiyotda asos hamda benzoat va salitsilat tuzlari holida qo’llaniladi. Kofein organizmda tez so’riladi va parchalanadi, peshob orqali juda oz qismi ajraladi. Organizmda yig’iladi. Kofein teofillindan kuchsiz, teobrominga nisbatan kuchli zaharli ta'sir etadi. Kofein orqa miya sezuvchanligini oshiradi, yurak faoliyatini yaxshilaydi. Organizmda peshobni ko’p miqdorda ajratuvchi preparatlar sifatida ishlatiladi, organizmga kumulyativ ta`sir ko’rsatmaydi. Kofeinga o’rganib “teizm” xastaligiga moyillar 25-50g quruq choyni bir yo’la oz miqdordagi suvda damlab ichadilar. Kofein bilan zaharlangan organizmning halok bo’lish hollari ham mavjud. 3.Mureksid hosil qilish reaktsiyasini sud kimyoviy ahamiyatini izohlang. Ushbu reaksiya yordamida kofein aniqlanadi Dimetildialur kislota va dimetil alloksan bir-biri bilan birikib tetrametilalloksantinni hosil qiladi: 4.Kofein, teobromin va teofellinni bir-biridan qanday farqlash va ajratish mumkin? 5.Nikotin, toksikologik va narkologik ahamiyati. Nikotin toksikomaniyasi. Nikotin alkaloidi asosan tamaki o’simligida uchraydi. Tibbiyot amaliyotida ishlatilmaydi. U veterinariyada hayvonlarda uchraydigan qo’tir kasalligini davolash uchun ishlatiladi. Nikotin farmatsevtika sanoatida nikotin kislotani sintezlab olishda xom ashyo bo’lib xizmat qiladi. Tamaki mahsulotlari, sigara va sigaret tayyorlaydigan korxonalarda, tamaki plantatsiyalari va barglarini quritiladigan joylarda va nosvoy tarkibidagi nikotin moddasi bilan zaharlanish mumkin. Nikotin - zaharli modda. U markaziy va vegetativ nerv oxirlarini zaharlaydi. Gangliyalar faoliyatini buzadi. Nikotin bilan zaharlanganda qattiq bosh og`rishi, ich ketish, qusish, yurak urishini tezlashishi, yurak faoliyatini buzilishi natijasida o’lim sodir bo’ladi. U organizmdan nafas yo’llari va ter orqali shuningdek 24 soat davomida 5 % o’zgarmagan holda va metabolitlari: 10% kotinin, 35 % gidroksikotinin, 4% nikotin-1'-N-oksid, 5% norkotinin va g-(3-piridil)-b-oksi-metilbutiramid holida peshob bilan birga tashqariga chiqariladi. Nordonlashtirilgan suv yoki spirt yordamida ishqoriy muhitda ajratib olinadi Download 139.72 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling