1. Moliyaviy nazorat mazmuni ahamiyati Moliyaviy nazoratning amaliy ahamiyati
Moliyaviy nazoratning huquqiy ahamiyati
Download 0.99 Mb.
|
moliyaviy nazorat
3. Moliyaviy nazoratning huquqiy ahamiyati.
Byudjet kodeksi, byudjet sohasidagi asosiy qonunchilik hujjati sifatida O’zbekiston Respublikasining 2000 yil 14 dekabrda qabul qilingan "Byudjet tizimi to’g’risida"gi va 2004 yil 26 avgustda qabul qilingan "Davlat byudjetining g’azna ijrosi to’g’risida"gi ikkita asosiy qonunlarining printsiplarini, normalarini va qoidalarini qamrab oldi va ularni muvofiqlashtirdi. Ushbu ikkita qonun Byudjet kodeksini ishlab chiqish va byudjet qonunchiligini yanada takomillashtirishga asos bo’lib xizmat qildi, deyish mumkin.Byudjet kodeksi qabul qilingunga qadar amalda bo’lgan byudjet qonunchiligining holati tahlil qilinganida, ushbu me’yoriyhujjatlarning quyidagilar bilan bogliq bir nechta amaliy kamchiliklari ma’lum bo’ladi: -byudjet jarayonining ayrim normalari va bosqichlarining bir nechta turli qonun hujjatlari bilan tartibga solinishi bilan; O’zbekiston Respublikasi Hisob palatasining faoliyati -O’zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori va farmonlari (2 ta) bilan; -byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari jamtarmalari - Vazirlar Mahkamasining qarorlari (8 tadan ortiq) va boshqa idoraviy hujjatlar bilan tartibga solingan -ayrim normalarni amaliyotda tadbiq qilishning qiyinligi bilan; Tasdiqlangan byudjetga o’zgartirishlar kiritishga ruxsat berilishini asoslovchi puxta va aniq hamda nima uchun Oliy Majlisning, nima uchun Vazirlar Mahkamasining ruxsati zarurligini lo’nda qilib tushuntirib beruvchi normalar mavjud emas edi. “Byudjet tizimi to’g’risida”gi Qonunning ayrim normalari yangi talablarga muvofiq emas edi. Masalan, ushbu qonunda oxirgi yillarda mamlakatimiz rahbariyati tomonidan byudjet tizimini isloh qilish bo’yicha qabul qilingan choralar aks ettirilmagan, xususan: ikki palatali Parlament sharoitida davlat byudjeti ko’rsatkichlarini ko’rib chiqish va tasdiqlash tartibi, davlat hokimiyati organlarining vakolatlarini qayta ko’rib chiqish (Oliy Majlis-Prezident-Vazirlar Mahkamasi); davlat moliyasi tuzilmasida sezilarli ulushni tashkil etuvchi, shu jumladan, yangi tashkil etilgan byudjetdan tashqari maqsadli jamg’apmalap (Tiklanish va taraqqiyot jamg’armasi, Ta’lim va tibbiyot muassasalarini rekonstruktsiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg’armasi, Sug’oriladigan erlarning meliorativ holatini yaxshilash jamrarmasi); shuningdek 2011 yildan joriy qilingan davlat xaridlari mexanimi. Byudjet kodeksini ishlab chiqish jarayonida jahonning rivojlangan mamlakatlari, jumladan, OESR mamlakatlari, Germaniya, Frantsiya, Koreya, Yaponiya kabi hamda MDXning ayrim mamlakatlarining byudjet qonunchiligi o’rganib chiqildi. Byudjet kodeksida nazarda tutilgan Byudjet tasnifi tuzilmasi Xalqaro valyuta jamrarmasining amaldagi xalqaro standartlariga (Davlat Moliyasi Statistikasi - 2001 y.) asoslangan. Bundan tashqari, o’rganilgan mamlakatlarda byudjetni shakllantirish va tuzish uch yillik istiqbol uchun amalga oshiriladi. Shu munosabat bilan Byudjet kodeksi loyihasida byudjetni uch yillik davrga shakllantirish uchun poydevor qo’yilgan. Shuningdeq ta’kidlash joizki, Byudjet kodeksi loyihasining "davlat moliyaviy nazorati" bo’limi tuzilmasi O’zbekiston Respublikasi "Xo’jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish to’g’risida"gi Qonun, Hisob palatasi va Moliya vazirligi Davlat moliyaviy nazorati bosh boshqarmasi nizomlarini hisobga olgan holda hamda Oliy auditorlar instituti xalqaro tashkilotining (INTOSAI) davlat moliya nazoratini olib borish bo’yicha tavsiyalariga ko’ra ishlab chiqildi. Shunday qilib, Byudjet kodeksi qabul qilinishining asosiy maqsadlaridan biri - amalda bo’lgan me’yoriy-huquqiy hujjatlarning yuqorida qayd etilgan amaliy kamchiliklarini bartaraf etish, amaliyotda o’zini oqlagan me’yorlarni tadbiq etish, shuningdeq xalqaro tajribani hisobga olgan holda byudjet qonunchiligini yanada takomillashtirish maqsadida butun byudjet jarayonini tartibga soluvchi yagona qonun hujjati ishlab chiqildi. Download 0.99 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling