Tashqi iqtisodiy faoliyatning huquqiy tartibga solinishi Reja


Download 203.26 Kb.
bet1/10
Sana07.02.2023
Hajmi203.26 Kb.
#1173737
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Bajardi Sarvar Qosimov Tekshirdi Tashqi iqtisodiy faoliyatning


Tashqi iqtisodiy faoliyatning huquqiy tartibga solinishi


Reja:

  1. Tashqi iqtisodiy faoliyat

  2. Tashqi iqtisodiy faoliyatni davlat tomonidan tartibga solish usullari. Tashqi iqtisodiy faoliyatda kvotalash, litsenziyalash, tarif va notarif, soliqlar hamda valyuta orqali tartibga solinishi


Tashqi iqtisodiy faoliyat

Tashqi iqtisodiy faoliyat – O‘zbekiston Respublikasi yuridik va jismoniy shaxslarining xorijiy davlatlarning yuridik va jismoniy shaxslari, shuningdek xalqaro tashkilotlar bilan o‘zaro foydali iqtisodiy aloqalarni o‘rnatish va rivojlantirishga qaratilgan faoliyat
Dunyoda moddiy boyliklar bir xilda taqsimlanmagan. Xar bir davlat o‘zida bo‘lmagan mahsulotlarga extiyoj sezadi (misol uchun, kofe faqat ma’lum iqlim sharoiti bo‘lgan davlatlarda yetishtiriladi) va shu sababli boshqa davlatlar bilan tashqi iqtisodiy munosabatlar o‘rnatadi. Ushbu munosabatlarning ishtirokchisi sifatida esa fuqaro va yuridik shaxslar ham qatnashadi.
O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatga olingan yuridik shaxslar, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining hududida doimiy yashash joyiga ega bo‘lgan va yakka tartibdagi tadbirkor sifatida ro‘yxatga olingan jismoniy shaxslar tashqi iqtisodiy faoliyat bilan shug‘ullanishga haqlidir.
Tashqi iqtisodiy faoliyat to‘g‘risida”gi Qonunning 7-moddasi tashqi iqtisodiy faoliyat sub’ektlarining huquqlarini belgilab beradi. Ular quyidagi huquqlarga ega:
qonun hujjatlari doirasida tashqi iqtisodiy faoliyatda qatnashish shakllarini mustaqil belgilash, tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish uchun o‘z xohishiga ko‘ra boshqa yuridik va jismoniy shaxslarni shartnoma asosida belgilangan tartibda jalb qilish;
tashqi iqtisodiy faoliyat natijalariga, shu jumladan, milliy va chet el valyutasidagi daromadga qonun hujjatlariga muvofiq mustaqil ravishda egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish.
Qonunning 8-moddasiga muvofiq tashqi iqtisodiy faoliyat sub’ektlarining majburiyatlari quyidagilardan iborat:
tashqi iqtisodiy faoliyat to‘g‘risidagi hisobotni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda taqdim etishi;
O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirilayotgan tovarlarning O‘zbekistonda belgilab qo‘yilgan texnikaviy, farmakologiya, sanitariya, veterinariya, fitosanitariya, ekologiya standartlari va talablariga muvofiqligini tasdiqlovchi hujjatlarni belgilangan tartibda taqdim etishi shart.
Tijorat faoliyati uchun mo‘ljallangan tovarlarni jismoniy shaxslar tomonidan O‘zbekiston Respublikasiga olib kirishning alohida tartibi joriy etilgan. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 12.08.2004 y. “Tijorat faoliyati uchun mo‘ljallangan tovarlarni olib keluvchi jismoniy shaxslarni ro‘yxatdan o‘tkazishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 387-sonli Qaroriga muvofiq tijorat faoliyati uchun mo‘ljallangan tovarlarni olib keluvchi jismoniy shaxslar eksport-import operatsiyalarini va chakana savdoni amalga oshirish huquqi bilan yuridik shaxs bo‘lmasdan yakka tartibdagi tadbirkorlar sifatida ro‘yxatdan o‘tishlari shart;
“erkin muomalaga chiqarish” rejimida rasmiylashtirilgan yuk bojxona deklaratsiyasi, muvofiqlik sertifikatlari mavjud bo‘lganda, bojxona va boshqa to‘lovlar to‘langan taqdirda savdo komplekslarida yakka tartibdagi tadbirkorning faqat o‘zi bevosita olib kelgan import tovarlar bilan chakana savdoni amalga oshirishga haqli.
Tijorat faoliyati uchun mo‘ljallangan tovarlarni olib keluvchi yuridik shaxs bo‘lmagan yakka tartibdagi tadbirkorlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, hisobga qo‘yish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga asosan Yakka tadbirkorni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish jismoniy shaxs yashaydigan joy bo‘yicha davlat soliq inspeksiyasida shaxsan kelib yoki Internet tarmog‘i orqali amalga oshiriladi.
Ariza beruvchi (yakka tartibdagi tadbirkor) davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan boshlab bir oy mobaynida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligida va bojxona organlarida tashqi iqtisodiy aloqalar qatnashchisi sifatida ro‘yxatdan o‘tishi hamda tijorat bankida talab qilib olinadigan depozit hisob raqami ochishi shart.

Davlat organlari va ularning mansabdor shaxslari tashqi iqtisodiy faoliyat sub’ektlarining qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshirilayotgan faoliyatiga aralashishga haqli emas
Mahsulotlar va xizmatlarni sertifikatlashtirish to‘g‘risida”gi Qonunning 14-moddasiga asosan chetdan olib kelinadigan va chetga olib chiqib ketiladigan mahsulotlarni majburiy sertifikatlashtirish belgilangan. Milliy muvofiqlik sertifikatlari va muvofiqlik belgilari yoki boshqa davlatlarning "O‘zstandart" agentligi tomonidan e’tirof etilgan muvofiqlik sertifikatlari va muvofiqlik belgilari arizachi (mahsulot yetkazib beruvchi) tomonidan bojxona nazorati organlariga yukka taalluqli bojxona deklaratsiyasi bilan birgalikda taqdim etiladi va ular mahsulotni respublika hududiga olib kirishga ruxsatnoma olish uchun zarur hujjatlar hisoblanadi.
Chetdan olib kelinayotgan mahsulotning xavfsiz ekanligini tasdiqlovchi hujjati bo‘lmagan taqdirda bojxona nazorati organlari bu xususda "O‘zstandart" agentligini xabardor etadilar hamda mahsulotni sertifikatlashtirishdan o‘tkazish yoki chet el sertifikatini e’tirof etish to‘g‘risidagi masala sertifikatlashtirish milliy tizimi qoidalariga muvofiq hal etilgunga qadar bu mahsulotni chetdan olib kirishni taqiqlab qo‘yadilar.
Majburiy tartibda sertifikatlanadigan, O‘zbekiston Respublikasi hududida ishlab chiqariladigan va unga olib kiriladigan mahsulotlar turlari Ro‘yxati”ga asosan kofe, choy, shakar, tuz, alkogol ichimliklar, farmasevtika mahsulotlari, bolalar o‘yinchoqlari kabi mahsulotlarni majburiy sertifikatlashtirish belgilangan.
Shuningdek, tadbirkorlik sub’ektlari “Gigienik sertifikatsiya qilinadigan (sanitariya-epidemiologik xulosa beriladigan) tovarlar Ro‘yxati”ga kiritilgan mahsulotlarni gigienik sertifikatlashtirishdan o‘tkazishlari lozim.




Import – bojxona hududiga olib kirilgan tovarlar ularni ushbu hududdan olib chiqib ketish majburiyatisiz bu yerda doimiy qolishi

Tashqi iqtisodiy faoliyat to‘g‘risida”gi Qonunning 11-moddasi tashqi savdo faoliyatining mazmunini belgilab beradi. Tashqi savdo faoliyati xalqaro tovarlar, ishlar (xizmatlar) savdosi sohasidagi tadbirkorlik faoliyatidir.

Eksport – tovarlar bojxona hududidan tashqariga ularni ushbu hududga qaytarib olib kirish majburiyatisiz olib chiqilishi


Tashqi savdo faoliyati tovarlarni, ishlarni (xizmatlarni) eksport va import qilish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Tashqi iqtisodiy faoliyatning yana bir yo‘nalishlaridan biri bo‘lgan chet el investitsiyalarini jalb qilishdir (12-m.). O‘zbekiston Respublikasi hududida chet el investitsiyalarini amalga oshirish shakllari va tartibi “Chet el investitsiyalari to‘g‘risida”gi Qonun bilan belgilanadi. Ushbu Qonunning 5-moddasida chet el investitsiyalarini amalga oshirish shakllari ko‘rsatib o‘tilgan.
Tabiiy resurslarni qidirish, ishlab chiqish, qazib olish yoki ulardan foydalanish bilan bog‘liq munosabatlar shuningdek “Konsessiyalar to‘g‘risida”gi va “Mahsulot taqsimotiga oid bitimlar to‘g‘risida”gi qonunlar bilan tartibga solinadi.


Download 203.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling