Tashqi iqtisodiy faoliyatning huquqiy tartibga solinishi Reja
Download 203.26 Kb.
|
Bajardi Sarvar Qosimov Tekshirdi Tashqi iqtisodiy faoliyatning
- Bu sahifa navigatsiya:
- “Chet ellik investorlar huquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish choralari to‘g‘risida”
- Tashqi iqtisodiy faoliyat to‘g‘risida”
- Tashqi iqtisodiy faoliyatni davlat tomonidan tartibga solish usullari. Tashqi iqtisodiy faoliyatda kvotalash, litsenziyalash, tarif va notarif, soliqlar hamda valyuta orqali tartibga solinishi
- “Tashqi iqtisodiy faoliyat to‘g‘risida”
- Ozon qatlamini buzuvchi moddalar bo‘yicha Monreal protokoli
- “O‘zbekiston Respublikasida tashqi savdo faoliyatini erkinlashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”
- “Tovarlar (ishlar, xizmatlar) eksportini rag‘batlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”
- “Tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga solish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”
- “Tovarlar importini bojxona-tarif jihatdan boshqarishni takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”
- “Eksport qiluvchi korxonalarni rag‘batlantirishni kuchaytirish va raqobatbardosh mahsulotlarni eksportga yetkazib berishni kengaytirish borasida qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”
- “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari eksportini qo‘llab-quvvatlash borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”
- Tashqi iqtisodiy faoliyat to‘g‘risida” gi va “Eksport nazorati to‘g‘risida”
- “Muhofaza choralari, antidemping va kompensatsiya bojlarini qo‘llanish maqsadida tekshirish o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”
Konsessiya – chet ellik investorga xo‘jalik faoliyatining muayyan turi bilan shug‘ullanish uchun davlat nomidan beriladigan ruxsatnoma, davlat chet ellik investorga konsessiya shartnomasi asosida mol-mulk, yer va yer osti uchastkalarini topshirishi
O‘zbekiston Respublikasi hududida chet el investitsiya faoliyatini amalga oshirayotgan chet ellik investorlar huquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish “Chet ellik investorlar huquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish choralari to‘g‘risida”gi Qonun bilan belgilangan. Mahsulot taqsimotiga oid bitim – O‘zbekiston Respublikasi haq olish asosida va muayyan muddatga chet ellik investorga bitimda ko‘rsatilgan yer qa’ri uchastkasida konlarni aniqlash, qidirish va foydali qazilmalarni kavlab olish hamda shular bilan bog‘liq bo‘lgan ishlarni olib borish uchun mutlaq huquqlar berishi, investor esa mazkur ishlarni o‘z mablag‘lari hisobiga va tavakkal qilib amalga oshirish majburiyatini olishi “Tashqi iqtisodiy faoliyat to‘g‘risida”gi Qonunning 28-moddasiga asosan O‘zbekiston Respublikasining hududida erkin iqtisodiy zonalar uchun tashqi iqtisodiy faoliyatning alohida tartibi (bojxona, valyuta, soliq va boshqalar) o‘rnatilishi mumkin bo‘lib, u erkin iqtisodiy zonalar to‘g‘risidagi qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi. O‘zbekiston Respublikasidan tashqaridagi investitsiya faoliyati Qonunning 13-moddasiga muvofiq yo‘llar bilan amalga oshirilishi mumkin. O‘zbekiston Respublikasidan tashqaridagi investitsiya faoliyati xorijiy davlatning qonun hujjatlarida va O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa shakllarda ham amalga oshirilishi mumkin. “O‘zbekiston Respublikasi yuridik shaxslari tomonidan chet elda tashkilotlar tashkil etish yoki ularning ustav fondi (kapitali)da ulush bilan ishtirok etish to‘g‘risida xabardor etish tartibi haqidagi Nizom”ga asosan O‘zbekiston Respublikasi yuridik shaxslari tomonidan chet elda tashkilotlar tashkil etish yoki ularning ustav fondi (kapitali)da ulush bilan ishtirok etishsa, bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligini belgilangan tartibda xabardor etishlari lozim. Chet eldagi tashkilot davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganidan keyin ta’sischi bir oy ichida TIAISVni ushbu haqida chet elda tashkil etilgan tashkilotning tasdiqlangan, O‘zbekiston Respublikasining chet eldagi akkreditatsiyadan o‘tgan joyi bo‘yicha diplomatik vakolatxonasi yoki konsullik muassasasi yoxud O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Konsullik boshqarmasi tomonidan legalizatsiya qilingan ta’sis hujjatlarini tegishli tarjimasi bilan birga yuborgan holda xabardor qiladi. Tashqi iqtisodiy faoliyatni davlat tomonidan tartibga solish usullari. Tashqi iqtisodiy faoliyatda kvotalash, litsenziyalash, tarif va notarif, soliqlar hamda valyuta orqali tartibga solinishi Har bir davlat o‘z iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish maqsadida tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga solishning o‘ziga xos usullariga ega. Shu o‘rinda O‘zbekiston Respublikasida tashqi iqtisodiy faoliyatni davlat tomonidan tartibga solish usullari “Tashqi iqtisodiy faoliyat to‘g‘risida”gi Qonunning 17-moddasida belgilangan. Tashqi iqtisodiy faoliyat sub’ektlari uchun o‘zaro preferensiya va imtiyozlar berish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi bir qator davlatlar bilan eng ko‘p qulaylik rejimi taqdim etiladigan savdo-iqtisodiy hamkorlik to‘g‘risidagi bitimlarni imzolagan (“Eng yaxshi qulaylik rejimi taqdim etiladigan savdo-iqtisodiy hamkorlik to‘g‘risidagi bitimlar imzolangan mamlakatlar ro‘yxati”. 08.04.1998 y. 426-son). “Boj tarifi to‘g‘risida”gi Qonunning 6-moddasi 3-qismiga asosan savdo-iqtisodiy aloqalarda eng ko‘p qulaylik berish tartibi nazarda tutilmagan mamlakatlarda ishlab chiqarilgan yoki qaysi mamlakatda ishlab chiqarilganligi aniqlanmagan tovarlar uchun undiriladigan import bojining stavkalari ikki baravar oshiriladi. “Tashqi iqtisodiy faoliyat to‘g‘risida”gi Qonunning 18-moddasida tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga solish sohasida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, 19-moddada esa O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligining vakolatlari belgilangan. Mazkur Qonunning 20-moddasiga muvofiq tovarlar eksporti, importini taqiqlash hamda cheklash belgilanishi mumkin. Qonunning 21-moddasi tovarlar ayrim turlarining eksport va importini litsenziyalash hamda kvotalash tartibini belgilaydi. Tovarlarning ayrim turlarini eksport va import qilish faqat ularni olib kirish yoki olib chiqish uchun tegishli ruxsatnoma (litsenziya) olinganidan keyin amalga oshiriladi. Tovarlar ayrim turlarining eksporti va importini amalga oshirish uchun litsenziyalar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi vakolat bergan organlar tomonidan beriladi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ayrim tovarlar turlarini eksport va import qilishga nisbatan miqdoriy cheklovlar (kvotalar) belgilashi mumkin. Kvotalarni taqsimlash, qoida tariqasida, tanlov yoki kimoshdi savdosi asosida amalga oshiriladi. Eksport va import qilinishi litsenziyalanishi hamda kvotalanishi zarur bo‘lgan tovarlar ayrim turlarining ro‘yxati, shuningdek litsenziyalarni berish va kvotalarni taqsimlash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. O‘zbekiston Respublikasida import kvotalari qo‘llanilmaydi, biroq 1987 yilgi Ozon qatlamini buzuvchi moddalar bo‘yicha Monreal protokoli, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 11.11.2005 y. “Ozonni buzuvchi moddalarni va tarkibida ular mavjud bo‘lgan mahsulotlarni O‘zbekiston Respublikasiga olib kirishni va O‘zbekiston Respublikasidan olib chiqishni tartibga solishni takomillashtirish to‘g‘risida”gi 247-sonli Qaroriga asosan 2005-2030 yillar davrida ozonni buzuvchi moddalarni O‘zbekiston Respublikasiga olib kirishga kvotalar tasdiqlangan. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 31.03.1998 y. “O‘zbekiston Respublikasida tashqi savdo faoliyatini erkinlashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 137-sonli Qaroriga asosan “Kontraktlar O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligida ro‘yxatdan o‘tkazilgandan keyin eksport qilinadigan tovarlar Ro‘yxati” hamda “O‘zbekiston Respublikasining vakolatli organlari tomonidan beriladigan ruxsatnomalar bo‘yicha eksport va import qilinadigan maxsus tovarlar (ishlar va xizmatlar) Ro‘yxati” tasdiqlangan. “Boj tarifi to‘g‘risida”gi Qonunga asosan import va eksport bojining stavkalari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan belgilanadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 10.10.1997 y. “Tovarlar (ishlar, xizmatlar) eksportini rag‘batlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-1871-sonli Farmoniga asosan 1997 yil 1 noyabridan boshlab barcha turdagi tovarlarga (ishlar, xizmatlar) qo‘llaniladigan eksport bojlari bekor qilingan. Ushbu Farmonga muvofiq litsenziya asosida eksport-import qilinadigan tovarlar, eksport hamda import qilish taqiqlangan tovar va mahsulotlar ro‘yxati tasdiqlangan. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi hududiga etil spirtini olib kelish va uning tranziti ham taqiqlangan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 05.08.2009 y. “Tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga solish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-1169-sonli Qororiga asosan 2009 yilning 1 sentabridan boshlab qo‘llaniladigan import boji stavkalari tasdiqlangan. Stavkalar tovarning bojxona qiymatiga nisbatan foizlarda yoki tovarlar birligi uchun belgilangan miqdorda AQSh dollarida hisoblanadi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 28.06.2011 y. “Tovarlar importini bojxona-tarif jihatdan boshqarishni takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-1560-sonli Qaroriga asosan 2011 yilning 1 avgustidan boshlab tovarlarning ayrim turlariga import boji stavkalari o‘rnatilgan. Eksport mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi korxonalarga qonunchilikda bir qator imtiyoz va afzalliklar belgilangan. Ularning ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 26.03.2012 y. “Eksport qiluvchi korxonalarni rag‘batlantirishni kuchaytirish va raqobatbardosh mahsulotlarni eksportga yetkazib berishni kengaytirish borasida qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-1731-sonli Qarorida keltirilgan: 1. Aksiz to‘lanadigan tovarlarni ularning ishlab chiqaruvchilari tomonidan eksportga realizatsiya qilishga aksiz solig‘i solinmaydi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan aksiz to‘lanadigan tovarlarning ayrim turlari bundan mustasno. 2. Tovarlarni chet el valyutasida eksportga realizatsiya qilish (qimmatbaho metallar bundan mustasno) oborotiga nol darajali stavka bo‘yicha qo‘shilgan qiymat solig‘i solinadi. 3. Eksport qiluvchi korxonalar (xom ashyo tovarlarini sotish bundan mustasno) uchun foyda solig‘i va mulk solig‘i stavkasi umumiy sotish hajmida o‘zi ishlab chiqargan va erkin almashtiriladigan valyutaga sotilgan tovar (ish, xizmat)lar eksportidagi ulushiga bog‘liq holda kamaytiriladi: eksport ulushi 15 foizdan 30 foizgacha miqdorda bo‘lganida - 30 foizga; eksport ulushi 30 va undan ko‘proq foiz bo‘lganida - 2 marotaba. 4. Mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun yagona soliq to‘lovi stavkasi quyidagicha kamaytiriladi: umumiy sotish hajmida eksport ulushi 15 foizdan 30 foizgacha bo‘lganida - 30 foizga; eksport ulushi 30 va undan ko‘proq bo‘lganida - 2 marotaba. 5. 2016 yil 1 yanvarga qadar respublikadagi o‘z mahsuloti hajmining, jumladan yarim tayyor mahsulotlarining (kalava, gazlama, trikotaj gazlama va paxta yigirish chiqindilari) 80 foizi va undan ortig‘ini erkin almashtiriladigan valyutaga sotadigan to‘qimachilik sanoati korxonalari mulk solig‘i to‘lashdan ozod qilingan. 6. Tovar (ish, xizmat)larning barcha turlariga eksport bojxona bojlari va spesifik tovarlardan tashqari boshqa tovar (ish, xizmat)lar eksportini litsenziyalash bekor qilingan. 7. Tovarlarni eksport qilishda to‘lanadigan bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imlarining amaldagi stavkasiga qaraganda o‘rtacha 2 marotabaga kamaytirilgan yangi stavkalari tasdiqlangan. 8. Mikrofirmalar va kichik korxonalar o‘zi ishlab chiqargan tovar (ish, xizmat)larni eksport qilishdan tushadigan valyuta tushumining 50 foizini majburiy sotishdan ozod etilgan. Shu bilan birga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 08.08.2013 y. “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari eksportini qo‘llab-quvvatlash borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-2022-sonli Qarori asosida Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki huzurida respublika mintaqalarida hududiy filiallari bo‘lgan Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarining eksportini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tashkil etildi. “Boj tarifi to‘g‘risida”gi Qonunning 33-moddasiga asosan boj undirishdan ozod qilingan faoliyat turlari belgilangan. Davlat ehtiyojlari uchun tanlov asosida oziq-ovqat tovarlari yetkazib berishni tashkil etish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi huzurida tenderlar o‘tkazuvchi “O‘zbektender-konsalting” agentligi tashkil etilgan. Agentlik tovarlar (ishlar va xizmatlar)ni xarid qilish, sotish yuzasidan tender savdolari, tanlovlar o‘tkazish bo‘yicha ixtisoslashtirilgan tashkilot hisoblanadi. “Tashqi iqtisodiy faoliyat to‘g‘risida”gi va “Eksport nazorati to‘g‘risida”gi Qonunlarga asosan ma’lum bir tovarlar ustidan eksport nazorati o‘rnatilishi belgilangan. “Tashqi iqtisodiy faoliyat to‘g‘risida”gi Qonunnning 23-moddasiga asosan xorijiy davlat tomonidan O‘zbekiston Respublikasining va tashqi iqtisodiy faoliyat sub’ektlarining iqtisodiy manfaatlarini buzuvchi choralar qabul qilingan taqdirda, shuningdek ushbu davlat xalqaro shartnomalarga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi oldida qabul qilgan o‘z majburiyatlarini bajarmagan taqdirda, O‘zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyat sohasida javob choralarini ko‘llashga haqli. Shunga o‘xshash norma FKning 1167-moddasida ham belgilangan bo‘lib, unga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Hukumati O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va yuridik shaxslarining huquqlariga maxsus cheklovlar qo‘ygan davlatlarning fuqarolari va yuridik shaxslariga nisbatan javob tariqasida cheklovlar (retorsiyalar) belgilashi mumkin. Shuningdek, “Tashqi iqtisodiy faoliyat to‘g‘risida”gi Qonunning 24, 25, 26-moddalarida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga binoan muhofaza choralari, antidemping va kompensatsiya bojlari qo‘llanilishi belgilangan. “Muhofaza choralari, antidemping va kompensatsiya bojlari to‘g‘risida”gi Qonunning 6-moddasiga binoan Tovar importi ko‘payishini cheklash bo‘yicha tovar importining miqdori va (yoki) qiymatiga (import kvotasi) nisbatan cheklov tariqasida, import bojidan tashqari undiriladigan maxsus boj tariqasida qo‘llaniladigan choralar yoki tovar importi ko‘payishini cheklashga qaratilgan boshqa choralar muhofaza choralaridir. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 19 maydagi 129-son Qarori bilan tasdiqlangan “Muhofaza choralari, antidemping va kompensatsiya bojlarini qo‘llanish maqsadida tekshirish o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga asosan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi iqtisodiyot tarmog‘iga yetkazilayotgan jiddiy zararning yoki jiddiy zarar yetkazilishi xavfining borligini aniqlash maqsadida tekshirish o‘tkazadigan vakolatli organ hisoblanadi. Vakolatli organ tekshirish natijalari bo‘yicha muhofaza choralarini, antidemping yoki kompensatsiya bojlarini qo‘llashning maqsadga muvofiqligi to‘g‘risidagi xulosasini Vazirlar Mahkamasiga taqdim etadi. Download 203.26 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling