Mavzu. Xarid qilish tartib-taomillarini monitoring va nazorat qilish
Download 213.38 Kb. Pdf ko'rish
|
11-ma`ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3. Davlat xaridlari bo‘yicha shikoyatlarni berish va ko‘rib chiqish tartibi Tayanch so’z va iboralar
- 1. Davlat tomonidan davlat xaridlari sohasini tartibga solish
11- MAVZU. XARID QILISH TARTIB-TAOMILLARINI MONITORING VA NAZORAT QILISH REJA: 1. Davlat tomonidan davlat xaridlari sohasini tartibga solish 2. Xarid qilish tartib-taomillarini monitoring va nazorat qilish 3. Davlat xaridlari bo‘yicha shikoyatlarni berish va ko‘rib chiqish tartibi Tayanch so’z va iboralar Davlat xaridlari sohasidagi monitoring va nazorat. Xarid qilish tartib- taomillarining davlat nazorati. Xarid qilish tartib-taomillari ustidan jamoatchilik nazorati. Loyihaga doir faoliyat bo‘yicha davlat xaridlarining samaradorligi va natijadorligi tahlili. Davlat xaridlari sohasidagi shikoyatlarni ko‘rib chiqish bo‘yicha komissiya. Shikoyatlarni berish va ko‘rib chiqish tartibi. Davlat xaridlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik. 1. Davlat tomonidan davlat xaridlari sohasini tartibga solish Davlat xaridlari sohasini davlat tomonidan tartibga solishning asosiy maqsadlari: davlatning strategik maqsadlari va vazifalariga erishish; rivojlantirish davlat dasturlarini ijro etish; davlatning ijtimoiy vazifalarini bajarish; davlat xizmatlari ko‘rsatish; byudjet tashkilotlarining, byudjet mablag‘lari oluvchilarning tovarlarga (ishlarga, xizmatlarga) bo‘lgan ehtiyojlarini ta’minlash uchun davlat xaridlari sub’ektlariga qulay muhitni shakllantirishdan, shuningdek davlat xaridlarini amalga oshirishda korrupsiyaga va qonun hujjatlarining boshqacha buzilishlariga qarshi kurashishdan iborat. Davlat xaridlarini amalga oshirishda ijtimoiy-iqtisodiy siyosat ustuvorliklari, shu jumladan yuqori texnologik va innovatsion ishlab chiqarishlarning yaratilishi, qulay ekologik vaziyatning saqlanishi hisobga olinadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Moliya vazirligi (bundan buyon matnda vakolatli organ deb yuritiladi) davlat xaridlari sohasidagi vakolatli organdir. Vakolatli organ davlat xaridlari sohasini davlat tomonidan tartibga solishni amalga oshiradi. Vakolatli organ: davlat xaridlari sohasida davlat siyosatini amalga oshiradi; davlat xaridlarini tashkil etish va o‘tkazish tizimini rivojlantirish bo‘yicha davlat dasturlarini ishlab chiqish hamda ro‘yobga chiqarishning samaradorligi va shaffofligini oshirish bo‘yicha choralar ko‘radi; maxsus axborot portalining operatorini va uning davlat xaridlarini tashkil etish hamda o‘tkazish borasidagi faoliyati qoidalarini belgilaydi; taklifni baholash va taqqoslash usullarini hamda mezonlarini, shuningdek davlat xaridlarini amalga oshirish usulini tanlash tartibini va ularning tartib-taomilini belgilaydi; iqtisodiy jihatdan eng foydali taklifni baholash usulini qo‘llash tartibini (baholashning narxga asoslanmagan mezonlarini) belgilaydi; davlat xaridlari bo‘yicha axborotni joylashtirish, oshkor qilish va undan foydalanish tartibini hamda hajmlarini, shuningdek tovarga (ishga, xizmatga) hamda davlat xaridlarini amalga oshirish usuliga qarab e’lon qilishga doir qo‘shimcha talablarni belgilaydi; xarid qilish tartib-taomillarini o‘tkazish to‘g‘risidagi e’lonlarning, xabarning, xarid qilish hujjatlarining, xarid qilish tartib-taomili ishtirokchisi taklifining, xarid qilish tartib-taomilida ishtirok etish uchun buyurtmanomalarni ko‘rib chiqish va baholash bayonnomasining namunaviy nusxalarini tasdiqlaydi; Insofsiz ijrochilarning yagona reestrini shakllantirish tartibini belgilaydi; davlat xaridlaridagi shartnoma majburiyatlarini bajarish masalalariga doir nizolar va kelishmovchiliklarni, Davlat xaridlari sohasidagi shikoyatlarni ko‘rib chiqish bo‘yicha komissiyaga kelib tushgan shikoyatlarni ko‘rib chiqish tartibini belgilaydi. Vakolatli organ qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi: davlat xaridlari sohasida byudjet tizimi byudjetlari mablag‘laridan oqilona foydalanishni ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi; xarid qilish tartib-taomillari turlarini takomillashtirish va ularning qo‘llanilishini kengaytirish bo‘yicha kichik tadbirkorlik sub’ektlarining keng ishtirokini nazarda tutuvchi takliflar tayyorlanishini muvofiqlashtiradi; vakolatli organ bilan birgalikda davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining davlat xaridlari sohasidagi ishlarini muvofiqlashtiradi hamda ularga yo‘nalish beradi, ularning faoliyati ustidan nazoratni ta’minlaydi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin Download 213.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling