Mavzu. Xarid qilish tartib-taomillarini monitoring va nazorat qilish


 Davlat xaridlari bo‘yicha shikoyatlarni berish va ko‘rib chiqish tartibi


Download 213.38 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/3
Sana17.06.2023
Hajmi213.38 Kb.
#1552610
1   2   3
Bog'liq
11-ma`ruza

3. Davlat xaridlari bo‘yicha shikoyatlarni berish va ko‘rib chiqish tartibi 
 
 
Maxsus axborot portali operatori tomonidan shikoyatlarni adolatli, tezkor va 
samarali ko‘rib chiqish maqsadida doimiy ravishda faoliyat ko‘rsatadigan Davlat 
xaridlari sohasidagi shikoyatlarni ko‘rib chiqish bo‘yicha komissiya tuzilib, uning 
tarkibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan vakolatli organ 
bilan kelishgan holda tasdiqlanadi. 


165 
Har bir ishtirokchi, shuningdek nazoratni amalga oshirayotgan shaxslar davlat 
buyurtmachisining, vakolatli organning, xarid komissiyasining, uning a’zolarining, 
maxsus axborot portali operatorining harakatlari (harakatsizligi) ustidan, agar 
bunday harakatlar (harakatsizlik) ishtirokchining huquqlari va qonuniy 
manfaatlarini buzayotgan bo‘lsa, sud tartibida yoki ushbu bobda belgilangan tartibda 
Davlat xaridlari sohasidagi shikoyatlarni ko‘rib chiqish bo‘yicha komissiyaga 
shikoyat qilish huquqiga ega. 
Davlat xaridlari sohasidagi shikoyatlarni ko‘rib chiqish bo‘yicha komissiya 
shikoyatni qabul qilib olganda shikoyat kelib tushgan kundan e’tiboran uch ish kuni 
ichida u haqda davlat buyurtmachisini xabardor qiladi hamda xarid qilish tartib- 
taomilini o‘n kungacha bo‘lgan umumiy muddatga to‘xtatib turadi. 
Davlat xaridlari sohasidagi shikoyatlarni ko‘rib chiqish bo‘yicha komissiya 
shikoyatni davlat buyurtmachisi va ishtirokchining ishtirokida ko‘rib chiqadi. Davlat 
xaridlari sohasidagi shikoyatlarni ko‘rib chiqish bo‘yicha komissiya shikoyat 
olinganidan keyin etti ish kuni ichida qaror chiqarishi va axborotni maxsus axborot 
portaliga joylashtirishi kerak. 
Qabul qilingan qarorda oshkor etilishi ishtirokchining (ijrochining) tijorat 
manfaati buzilishiga olib keladigan yoki insofli raqobatga xavf soladigan axborot 
bo‘lmasligi kerak, bundan Davlat xaridlari sohasidagi shikoyatlarni ko‘rib chiqish 
bo‘yicha komissiya ushbu axborotni e’lon qilish to‘g‘risida qaror chiqargan hollar 
mustasno. 
Ishtirokchining shikoyati asosli deb topilgan taqdirda, Davlat xaridlari 
sohasidagi shikoyatlarni ko‘rib chiqish bo‘yicha komissiya quyidagi choralarni 
ko‘radi: 
davlat buyurtmachisining qonunga xilof harakatlariga, qarorlariga yoki u 
tomonidan qonunga xilof tartib-taomillar bajarilishiga doir taqiq belgilaydi; 
davlat buyurtmachisining qonunga xilof qarorlarini, shu jumladan davlat 
xaridlari to‘g‘risidagi hujjatlar shartlarini buzadigan qarorlarini qisman yoki to‘liq 
bekor qiladi; 
xarid qilish tartib-taomillarini tugatish haqida qaror chiqaradi; 


ijrochini Insofsiz ijrochilarning yagona reestriga kiritadi. 
Davlat xaridlari sohasidagi shikoyatlarni ko‘rib chiqish bo‘yicha komissiya 
shartnoma tuzilganidan keyin shartnomaning davlat xaridlari to‘g‘risidagi qonun 
hujjatlari talablariga muvofiqligini tekshirish uchun shikoyatlarni ko‘rib chiqishi 
mumkin. Bunday holda Davlat xaridlari sohasidagi shikoyatlarni ko‘rib chiqish 
bo‘yicha komissiya uning ijro etilishini etti ish kunigacha bo‘lgan muddatga 
to‘xtatib turadi. 
Davlat xaridlari sohasidagi shikoyatlarni ko‘rib chiqish bo‘yicha 
komissiyaning qarorlari davlat xaridlarining barcha sub’ektlari tomonidan ijro 
etilishi shart. 
Ijrochi Davlat xaridlari sohasidagi shikoyatlarni ko‘rib chiqish bo‘yicha 
komissiyaning qarori ustidan sud tartibida shikoyat qilishi mumkin. 
Davlat xaridlari sohasida yuzaga keladigan nizolar qonun hujjatlarida 
belgilangan tartibda hal etiladi. 
Davlat xaridlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlikda aybdor shaxslar 
belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy 
agentligi, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor 
tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga etkazilishini hamda mohiyati va 
ahamiyati aholi o‘rtasida tushuntirilishini ta’minlaydi. 


16


Download 213.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling