Mavzu : O`simlik va hayvonot olamini muhofaza qilish choralari


Download 11.46 Kb.
Sana03.12.2023
Hajmi11.46 Kb.
#1798151
Bog'liq
Mavzu


Mavzu : O`simlik va hayvonot olamini muhofaza qilish choralari.
Noyob va yo`qolib borayotgan turlarning muhofazasiga e`tiborni kuchaytirish uchun 1966 yili Tabiatni Muhofaza qilish Xalqaro Ittifoqi tomonidan xalqaro “Qizil kitob” tashkil qilingan. Qizil kitob faqatgina xatar darakchisi bo`lmay, balki muhofaza harakatlarining dasturi hamdir. O`simlik va hayvonlarni muhofaza qilish faqatgina turli davlatlar o`rtasidagi hamkorlik yo`li bilangina muvaffaqiyatli olib borilishi mumkin.
O`zbekiston Respublikasi o`ziga xos o`simlik va hayvonot dunyosiga ega so`nggi yillarda insonning xo`jalik faoliyati natijasida flora va faunaga salbiy ta`sir kuchaydi. O`zbekiston faunasi 682 tur umurtqali hayvonlar va 32484 tur umurtqasiz hayvon turlaridan iborat. 1983 yili O`zbekiston Qizil kitobining 1-jildi e`lon qilindi. O`zbekiston Qizil kitobiga umurtqali hayvonlarning 65 turi kiritilgan bo`lib, 22 turdagi sut emizuvchilar, 33 tur qushlar, 5 tur sudralib yuruvchilar, 5 tur baliqlardan iborat. Ustyurt qo`yi, burama shoxli echki, qor barsi, buxoro buusi va boshqa hayvonlar yo`qolish arafasidadir.
O`zbekistonda mavjud 4 mingdan ortiq o`simlik turlarining 10-12 %i muhofaza talab (4148 tur). Eng qimmatli to o`rmonlarining maydoni o`nlab marta qisqarib ketgan. To`qaylar va qayir o`rmonlari ko`plab kesib tashlangan. Tabiiy yaylovlarning maydoni 6,5 mln.ga qisqargan. Shu bois 1984 yil O`zbekiston Qizil kitobining 2-jildi nashr ettirildi. Unda muhofaza qilinishi kerak bo`lgan 400 o`simliklarning 163 turi kiritilgan. Masalan, cherkez, isiriq, etmak, shovul, anzur piyoz, yovvoyi anjir, yonoq, sumbul, bodom, lola, chinnigul va boshqa o`simliklar
Yo`qolib borayotgan noyob hayvon turlarini yana ko`payishi xavf ostidadir. Hozirda bunday hayvon turlari davlat muhofazasigsa olindi. Ayrim joylarda qimmatbaho hayvlonlar zubr, daryo qunduzi, sobol, qulon, suv kalamushi uchun qo`riqhonalar tashkil etildi. M: Orol dengizidagi Borsa kelmas qo`riqhonasida sayoq ko`paytirilmoqda. Bodhiz qo`riqhonasida qulon (yovvoyi eshak) asralmoqda. Bundan tashqari hayvonlarni muhofaza qilishda Qizil kitob va halqaro bitimlarni ahamiyati katta. Tabiiy muhitdagi bunday o`zgarishlar dunyo mamlakatlari xalqlarini birgalashib muhofaza qilishga undamoqda. Baliq ovlash va boshqa dengiz hayvonlarini ovlash bo`yicha 70 dan ortiq shartnomalarni tuzilganligi shular jumlasidandir.
Sayyoramizdagi o`simliklar va hayvon resurslari nihoyatda katta va rang-barang, lekin bu resurslar ulardan faqat oqilona foydalanilgan vaqtdagina hamda ularning tiklanish sharoiti ta`minlangandagina kishilar jamiyati talablarini qondira oladi.
Hayvonot dunyosi obyektlaridan foydalanish. Hayvonot dunyosi obyektlaridan foydalanish turlari va usullari
Hayvonot dunyosi obyektlaridan foydalanish
Hayvonot dunyosi obyektlaridan foydalanish umumiy va maxsus foydalanish tartibida amalga oshiriladi.
Hayvonot dunyosi obyektlaridan umumiy foydalanish jismoniy shaxslar tomonidan bepul, yovvoyi hayvonlarni ularning yashash muhitidan ajratib olmagan (sport va havaskorlik maqsadida baliq ovlash bundan mustasno) va ularga zarar yetkazmagan holda amalga oshiriladi.Hayvonot dunyosi obyektlaridan maxsus foydalanish ruxsatnomalar asosida haq evaziga amalga oshiriladi. Hayvonot dunyosi obyektlaridan maxsus foydalanish uchun ruxsatnoma yovvoyi hayvonlarni tutishga doir tasdiqlangan kvotalar doirasida O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tomonidan beriladi. Yovvoyi hayvonlarni tutishga doir kvotalar hayvonot dunyosi obyektlarini davlat tomonidan hisobga olish va ulardan foydalanish hajmlarini hisobga olish ma’lumotlari, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining xulosasi asosida O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tomonidan tasdiqlanadi. Pitomniklarda, hovuz xo‘jaliklarida yetishtirilgan va ularning hududidagi yovvoyi hayvonlarni tutish uchun ruxsatnoma talab etilmaydi.
Hayvonot dunyosi obyektlaridan foydalanish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 20-oktabrdagi 290-son qarori bilan tasdiqlangan “Yovvoyi hayvonlarni, ularning qismlarini, shuningdek, yashash faoliyati mahsulotlarini olib kirish va chetga olib chiqish sohasida ruxsat berish tartib-taomillaridan o‘tish tartibi to‘g‘risida nizom”, Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi Raisining 2006-yil 22-martdagi 27-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1569, 02.05.2006-y.) bilan tasdiqlangan “Ov va baliq ovlash qoidalari” , Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 7-avgustdagi 593-son “Tabiiy suv havza uchastkalarini baliq ovlash xo‘jaliklariga ijaraga berish va Baliqchilikni rivojlantirish jamg‘armasini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori.Hayvonot dunyosi obyektlaridan foydalanuvchilarning huquqlari va majburiyatlariHayvonot dunyosi obyektlaridan foydalanuvchilar:hayvonot dunyosi obyektlaridan hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq foydalanish huquqigatutib olingan yovvoyi hayvonlarga va ularning yashash faoliyati mahsulotlariga nisbatan mulk huquqiga egadir.Ovchilik va (yoki) baliq ovlash xo‘jaligini yurituvchi hayvonot dunyosi obyektlaridan foydalanuvchilar:o‘zlariga biriktirilgan hududlarda hayvonot dunyosi obyektlaridan ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish organlari tomonidan beriladigan ruxsatnomalar doirasida foydalanish uchun jismoniy shaxslarga ruxsatnomalar (yo‘llanmalar, hayvonlarni tutish varaqalari) berishga;yuridik va jismoniy shaxslar hayvonot dunyosi obyektlaridan sanoat maqsadida belgilangan kvotalar doirasida foydalanishi uchun ular bilan shartnomalar tuzishga;ovchilik va baliq ovi mahsulotini qayta ishlash hamda ulardan buyumlar ishlab chiqarishga;ovchilik va baliq ovi mahsulotidan, ulardan ishlab chiqarilgan buyumlardan foydalanish hamda ularni realizatsiya qilishga;sun’iy ravishda yetishtirilib, tabiiy yashash muhitiga chiqarib yuborilgan hayvonlar turlaridan foydalanishga ham haqlidir.Hayvonot dunyosi obyektlaridan foydalanuvchilar:hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasida belgilangan qoidalar, normalar va normativlarga rioya etishi;
hayvonot dunyosining muhofaza qilinishi va undan oqilona foydalanilishini ta’minlashi, shuningdek biriktirilgan hududlarda hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasida idoraviy va (yoki) ishlab chiqarish nazoratini amalga oshirishi;
hayvonot dunyosi obyektlaridan yovvoyi hayvonlar tabiiy galalarining bir butunligi buzilishiga yo‘l qo‘ymaydigan va foydalanishga berib qo‘yilmagan yovvoyi hayvonlarning saqlab qolinishini ta’minlaydigan usullar bilan foydalanishi;yovvoyi hayvonlarning yashash muhiti, urchish joylari va ko‘chib o‘tish yo‘llari buzilishiga yo‘l qo‘ymasligi;yovvoyi hayvonlar sonini hisobga olishni va ulardan foydalanish hajmlarini hisobga olishni amalga oshirishi;hayvonot dunyosi obyektlaridan maxsus foydalanganlik uchun haqni o‘z vaqtida kiritishi; hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan oqilona foydalanish bo‘yicha biotexnik tadbirlarni amalga oshirishi;boshqa hayvonot dunyosi obyektlaridan foydalanuvchilarning huquqlarini buzmasligi;hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risidagi qonunchilik talablarini buzgan holda yetkazilgan zararning o‘rnini to‘liq hajmda qoplashi shart.
Hayvonot dunyosi obyektlaridan foydalanuvchilar qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi va ularning zimmasida boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin.Hayvonot dunyosi obyektlaridan foydalanish turlari va usullari
Hayvonot dunyosi obyektlaridan foydalanish turlari quyidagilardan iborat:
ov qilish;
baliq ovlash;
yovvoyi hayvonlarni boshqa joylarga ko‘chirish, iqlimga moslashtirish va chatishtirish;
hayvonot dunyosi obyektlaridan madaniy-ma’rifiy, tarbiyaviy va estetik maqsadlarda foydalanish;
hayvonot dunyosi obyektlaridan ilmiy va nazorat ishlarini o‘tkazish uchun foydalanish;
yovvoyi hayvonlar yashash faoliyatining foydali xususiyatlaridan foydalanish;
yovvoyi hayvonlardan ularning yashash faoliyati mahsulotlarini olish maqsadida foydalanish;
yovvoyi hayvonlarni yarim erkin sharoitlarda, sun’iy yaratilgan yashash muhitida yoki tutqunlikda saqlash;hayvonot dunyosi obyektlaridan tibbiyot, sanitariya-epidemiologiya va veterinariya maqsadlarida foydalanish;yovvoyi hayvonlarning sonini tartibga solishzoologiya kolleksiyalarini yaratish va to‘ldirib borishQonunchilikda hayvonot dunyosi obyektlaridan foydalanishning boshqa turlari ham nazarda tutilishi mumkin.Hayvonot dunyosi obyektlaridan foydalanish yovvoyi hayvonlarni o‘z yashash muhitidan ajratib olgan yoki ajratib olmagan holda amalga oshiriladi.
Download 11.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling