O`zbekiston jahondagi eng rivojlangan davlatlar orasidan munosib o`rin egallashi uchun qanday tadbirlarni amalga oshirishi kerak?”


Download 6.62 Kb.
Sana16.06.2023
Hajmi6.62 Kb.
#1494220
Bog'liq
O\'zbek tilidan


"O`zbekiston jahondagi eng rivojlangan davlatlar orasidan munosib o`rin egallashi uchun qanday tadbirlarni amalga oshirishi kerak?”

O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish uchun mamlakat va uning mintaqalarini eksportga yo‘naltirilgan rivojlanish modeliga o‘tish, jumladan, hududlarning eksport salohiyatini oshirish va qo‘llab-quvvatlash, ichki bozordagi tovar va xizmatlarni jahon bozorlariga kiritish bo‘yicha chora-tadbirlar amalga oshirilishi zarur deb o'ylayman. Demak, O‘zbekiston va xorijiy davlatlar o‘rtasidagi mintaqalararo hamkorlikni mustahkamlash bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish bugungi kunda dolzarb vazifa deb hisobga olinishi O’zbekiston Respublikasini rivojlanishga hamda eng rivojlangan davlatlar orasidan munosib o’rin egallashiga ko’makdosh bo’lar edi. O‘zbekiston va rivojlangan davlatlari o‘rtasida mintaqalararo hamkorlikni amalga oshirishning ijobiy jihatlari quyidagilardan iborat: yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirish, hududiy klaster, savdo zonalarni tashkil etish, yuqori texnologiyali faoliyat turlarini (mashinasozlik, farmatsevtika, asbobsozlik, axborotlashtirish va aloqa) rivojlantirish va amalga oshirishda tuman va shaharlarda sanoatni rivojlantirish maqsadida hududlarga investitsiya resurslarini jalb qilish, erkin savdo zonalari to‘g‘risidagi bitimlarni amalga oshirish hamda mahalliy mahsulotlarning tashqi bozorlarga chiqarish. Bunga yaqqol misol tariqasida shuni ayta olamanki, 2017 va 2019 yillarda O‘zbekiston tashqi iqtisodiy faoliyatini rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari eksport salohiyatini oshirish, xorijiy investitsiyalarni jalb qilish ko‘lamini kengaytirish va import o‘rnini bosuvchi ishlab chiqarish jarayonlarini chuqurlashtirish bo‘ldi. Tahlil qilingan davrda O‘zbekistonning chet el mamlakatlari bilan tashqi savdo aylanmasi 2,9 barobar oshdi, bu mamlakat savdo aylanmasining umumiy qiymati o‘sishidan yuqori hisoblanadi. O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasining umumiy hajmi shu davr mobaynida 1,5 barobar oshdi. Natijada chet el davlatlarining tashqi savdodagi hissasi 2017 yilda 10,2% dan 2019 yilda 19,1% gacha oshdi.
Yuqorida aytib o’tilgan fikirlar shuni ko’rsatadiki agarda O’zbekiston eksport salohiyatini oshirsa hamda import mahsulotlarning o’rnini bosuvchi mahsulot ishlab chiqarishni oshiradigan bo’lsa bu uning umumjahon bozoridagi iqtisodiyotiga o’zining ijobiy ta’sirini otkazadi hamda jahondagi eng rivojlangan davlatlar orasida munosib o’rin egalashiga turtki bo’ladi.
Download 6.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling