1. Moliyaviy nazorat mazmuni ahamiyati Moliyaviy nazoratning amaliy ahamiyati


Download 0.99 Mb.
bet1/5
Sana24.04.2023
Hajmi0.99 Mb.
#1395129
  1   2   3   4   5
Bog'liq
moliyaviy nazorat




FARG’ONA DAVLAT UNIVERSITETI
Sirtqi bo’lim Iqtisodiyot yo’nalishi
19-84- guruh talabasi
Xakimjon Xayitovning
Moliya va soliqlar fanidan
Mustaqil ishi

Mavzu: Moliyaviy nazoratni tashkil etish.
Reja:
1. Moliyaviy nazorat mazmuni ahamiyati
2. Moliyaviy nazoratning amaliy ahamiyati
3. Moliyaviy nazoratning huquqiy ahamiyati.


1. Moliyaviy nazorat mazmuni ahamiyati. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash va tarkiblashtirish sharoitida mamlakat iqtisodiyoti va moliya tizimining samarali amal qilishining zaruriy sharti bo’lib moliyaviy nazoratxizmat qiladi. Moliyaviy nazorat ijtimoiy va xususiy takror ishlab chiqarish jarayonini uzluksiz rivojlanishi, ilmiy texnik taraqqiyotni tezlashuvi, iqtisodiyotning barcha sohalarida sifat ko’rsatkichlarini yaxshilanishini ta’minlashga yo’naltirilgandir.
Hozirgi kunda moliyaviy nazoratning asosiy maqsadi tekshirilayotgan obyektda mavjud bo’lgan haqiqiy holatni obyektiv o’rganish va boshqaruv
qarorlarini qabul qilish va ijro etishga salbiy ta’sir ko’rsatuvchi omillarni aniqlash yoki oldini olishdan iborat.
Moliyaviy nazorat jamiyat iqtisodiyotidagi iqtisodiy samaradorlikni rag’batlantirish, moddiy ,mehnat va moliyaviy resurslardan oqilona foydalanish, noishlab chiqarish xarajatlarini imkoniyat darajasida iqtisod qilinishi bilan dolzarb ahamiyatga ega.
“Moliyaviy nazorat” fanini o’qitishdan maqsad - kelgusida yuqori malakali iqtisodchi-mutaxassislar bo’lib etishadigan talabalar uchun moliyaviy nazoratni tashkil etishning nazariy, huquqiy, tashkiliy asoslari haqida bilimlar berish, ularda davlatning hozirgi davrdagi moliyaviy nazoratni olib borish siyosatining asosiy yo’nalishlari bo’yicha ko’nikmalar hosil qilishdan iborat.
Moliyaviy nazorat fani mazmunan ikki katta guruhga bo’lib o’rganiladi.

  • Birinchisi davlat moliyaviy nazorati organlari bo’lib unga O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Hisob palatasi , Moliya vazirligi tarkibidagi Nazorat –taftish bosh boshqarmasi , Soliq qo’mitasi , Davlat Bojxona qo’mitasi va boshqalar.

  • Ikkinchi guruh nodavlat moliyaviy nazorat tashkilotlari bo’lib, bular xilma-xil mulk shaklida bo’lgan audit muassasalari hisoblanadi. Fanni o’zlashtirish jarayonida mana shu ikki nazorat guruhining funktsiyalari va vazifalarining uyg’unligi hamda tafovutlari qamrab olinadi.

“Moliyaviy nazorat” fanining predmeti -jamiyatda xo’jalik yuritishning turli soha va tarmoqlarida, davlat boshqaruvining barcha pog’onalarida pul oqimlari, moliyaviy resurslar harakatini nazorat qilish va bu boradagi moliyaviy nazorat organlarining maqsadli faoliyatini o’rganishdan iboratdir.

Download 0.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling