Musiqa to’garaklarini tashkil etishning nazariy asoslari


Download 53.35 Kb.
bet1/6
Sana02.01.2022
Hajmi53.35 Kb.
#192571
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
BARKAML AVLOD


REJA:

  1. MUSIQA TO’GARAKLARINI TASHKIL ETISHNING NAZARIY ASOSLARI

  2. XALQ MUSIQA IJODIYOTINING MA’NAVIY TARBIYA VOSITASI SIFATIDAGI ROLI

  3. MUSIQA TO’GARAGI VOSITASIDA BARKAMOL AVLOD MA’NAVIY TARBIYASINI TASHKIL ETISHNING PEDAGOGIK OMILLARI

  4. MAKTAB TA’LIMIDA XALQ MUSIQA IJODIYOTIDAN FOYDALANISHDA MUSIQA MADANIYATI DARSI VA UNI O’QITUVCHISIGA QO’YILADIGAN ZAMONAVIY TALABLAR, PEDAGOGIK TALABLAR

  5. BARKAMOL AVLOD VA UNI TARBIYALASHNING NAZARIY-AMLIY ASOSLARI


Hozirgi kunda ta'lim-tarbiya oldida turgan asosiy maqsadlardan biri-yosh avlodga ajdodlarimizning asrlar davomida orttirilgan ma'naviy boyliklarini singdirish, ularda insoniy fazilatlarni qaror toptirish va muntazam rivojlantirib borish, Vatan va millat oldidagi burch va mas'uliyatini his etishga o‘rgatishdan iboratdir. Ma'naviy-axloqiy fazilatlarni o‘quvchilarning Vatanga, mehnatga, insonlarga bo‘lgan muhabbati kabi serqirra manbalari unda ma'naviy ehtiyoj va qiziqish uyg‘otishda, ma'naviy faoliyat va qadriyatlarni tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi.

O'zbek xalq musiqa me'rosi boy va ulkan ummon kabidir. Musiqiy merosimizdan joy olgan musiqa namunalari asrlar osha ijro etilib, avloddan avlodga o'tib, sayqallanib kelgan. Xalqimizning bu boy va murakkab musiqiy merosi azaldan ustoz san'atkorlar tomonidan og'zaki uslubda yaratilib, ustozdan shogirdga o'tib, an'ana tarzda ijro etilib, bizgacha yetib kelgan. Mumtoz musiqamiz amaliyoti va ravnaqiga nazar solar ekanmiz, biz buyuk madaniyat sohiblari avlodi ekanligimizni ko'ramiz. Yosh avlod vakillari o'tmishda yaratilgan merosni o'qib, ardoqlab, ijro etib, idrok qilib o'zlashtirsalar, zamonaga munosib san'atkor bo'lib yetishishlari mumkin.

Har bir suveren davlat o‘zining betakror tarixi va madaniyatiga egadir. Bu tarix, bu madaniyatning haqiqiy ijodkori, yaratuvchisi haqli ravishda shu mamlakat xalqi xisoblanadi. O‘quvchi shaxsining shakllanishi va kamol topishida musiqaning, ayniqsa xalqning yurak dardlari, quvonch shodliklari, g‘am-alamlari, orzu-umidlarining silsilasidan yaralgan xalq qo‘shiqlarining tutgan o‘rni beqiyosdir. Buyuk alloma Abdurahmon Jomiy musiqaning xilma-xilligi inson ma'naviy ehtiyojlarining ifodasi ekanligini, ikkinchidan, estetik lazzat va huzur orqali inson, o‘z navbatida, ma'naviy barkamol bo‘lishini ta'kidlaydi. Musiqa misolida Jomiy e'tirof etadiki, «Ruhga lazzat biror narsani tushunib, bilib olmoqdan keladi. Nimaiki ruh tomonidan tez idrok etilsa va uni hayratga, chuqur o‘ylashga majbur etsa, u eng lazzatli hisoblanadi»

Musiqaning insonga ta'siri va uning tarbiyaviy ahamiyati haqida   grek faylasufi Platon shunday degan edi: «Eng katta tarbiyaviy omil musiqiy san'atdir. Zeroki, agar tarbiya to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilgan bo‘lsa, ritm va garmoniya qalbga

hammadan chuqur yo‘l topadi va salobat baxsh etadi, uni ko‘rkam qiladi, aks holda, uning teskarisi bo‘lib chiqadi». Uning shogirdi Aristotel bu fikrni quvvatlab: «Musiqa kishi ruhining axloqiy tomoniga ma'lum darajada ta'sir etadi, bas shunday ekan, u yoshlarni tarbiyalaydigan predmetlardan biri bo‘lib xizmat qilmog‘i lozim» deydi. Shu o‘rinda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning quyidagi fikrlarini keltirib o‘tish joizki, “–Barchangiz guvohsiz, shu kunlarda generativ musiqa, sun'iy intellekt haqidagi bahslar qizg‘in tus olmoqda. Kelajak musiqasini endi faqat texnika yaratadi, degan bashoratlar ilgari surilmoqda. Lekin hammamiz yaxshi bilamizki, har qanday mukammal texnika vositasi ham tirik inson nafasini, uning yurak nolalarini, jonli ovoz jozibasini, chinakam san'at o‘rnini hyech qachon bosolmaydi. Haqiqiy san'atni, sof va boqiy musiqani faqat Parvardigori olamning marhamati bilan hazrati Inson yaratadi. Sayyoramizda turli kelishmovchilik va qarama-qarshiliklar, urush va nizolar avj olgan tahlikali zamonda, odamzot tobora o‘z dunyosiga o‘ralib borayotgan bir sharoitda musiqa insonga insonligini eslatib, uning qalbida kelajakka umid va ishonch uyg‘otadi. Musiqa san'ati madaniy fenomen sifatida yangi avlodni tarbiyalash va kamolga yetkazish borasida cheksiz imkoniyatlarga egadir.”

Musiqa pedagogikasi va metodikasiga oid keyingi yillarda qilingan ilmiy – tadqiqot ishlarini ko`zdan kechirish va tahlil qilish shuni ko`rsatdiki, musiqa darslarini ilg`or pedagogik texnologiyalar asosida tashkil qilishda barkamol avlod ma’naviy tarbiyasida xalq ijodidan foydalanish muammosi maxsus ilmiy tadqiqot mavzusi sifatida o`rganilmagan. Tanlangan mavzu muammosini aynan musiqa ta`limi bo`yicha maxsus tadqiq qilinmaganligi uning dolzarblik kasb etishini belgilaydi. Musiqa to’garaklarni tashkil etish va ommalashtirish xalqning ma`naviy yuksalishini ta`minlashda muhim rol tutuvchi tayanch omillardan biridir. Chunki O`zbekistonning haqiqiy mustaqillikka erishishdagi o`z yo`li avvalo, aholining milliy-tarixiy turmush va tafakkur tarzidan, xalq an`analari va urf-odatlaridan kelib chiqadi. Xalq musiqa ijodi shu xalq hayoti va tarixiy yo`lining badiiy solnomasidir. Bu asarlar xalqimizning hayotiy voqelikka bo`lgan munosabatini o`zida aks ettiradiki, ularni o`rganish orqali ajdodlarimiz turmush tarzi bilan bog’liq muhim tarixiy hodisalar mohiyatini oydinlashtirish mumkin bo`ladi. Bu asarlarda xalqimizning ko`p asrlik an`analari, tarixiy xotirasi va tajribalari mujassamlashgan. Tarixiy xotira esa milliy istiqlolimiz mustahkamlanayotgan bugungi kunda yosh avlodni buyuk ajdodlarimizning ulug’vor an`analari ruhida tarbiyalashda muhim o`rin tutadi. Bu jarayonda muhim subyekt sifatida ajdodlarimizning boy merosini o`rganish katta ahamiyat kasb etadi. O`zbekiston Respublikasi Prezidenti SH. Mirziyoyev 2019 yil 19 martdagi hukumat yig’ilishida yoshlarni ma’naviyatli qilib tarbiyalash borasidagi beshta tashabbusning biri ham bevosita yoshlarni adabiyot, musiqa, teatr va boshqa san’at turlariga jalb etishni nazarda tutar ekan, musiqa to‘garaklarini faoliyatini tashkil etish xususan, xalq qo’shiqlarini o‘rgatishni zamonaviy talablar asosida ishlab chiqish va ilmiy tadqiq etishni taqazo etadi. O`zbekistonda kuchli fuqorolik jamiyati qurishda milliy madaniyatimizning asl mohiyatini ko‘rsatuvchi san'at turlaridan, xususan 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha harakatlar strategiyasida jamiyat a’zolarini ma’naviy tarbiyalash vositasi sifatida o‘zbek xalq musiqa ijodi namunalaridan foydalanish zarurati ko’rsatilgan.



Download 53.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling