Musiqa to’garaklarini tashkil etishning nazariy asoslari


Darsdan tashqari musiqa mashg`ulotlari


Download 53.35 Kb.
bet4/6
Sana02.01.2022
Hajmi53.35 Kb.
#192571
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
BARKAML AVLOD

Darsdan tashqari musiqa mashg`ulotlari

Respublikamizda ta’sis etilgan davlat ta’lim standartlarida nazarda tutilgan yangi ta’lim mazmuni o`quvchilarning musiqiy bilim va malakalarini o`stirish bilan birga ularda kuzatuvchanlikijodiy fikrlash, tashabbuskorlik, badiiy va musiqiy did kabi individual xislatlarni rivojlantirishni ham maqsad qilib qo`yadi. Davlatimiz tomonidan musiqa madaniyatini ommaviy rivojlantirish maqsadida keyingi yillarda keng ko`lamli tadbirlar ishlab chiqildi va ular muntazam izchillikda hayotga tatbiq etilmoqda. Musiqa madaniyati darsi o`quvchilarda dastlabki musiqa madaniyatini, nafosat tuyg`usini shakllantitishning asosiy omilidir.Bundan tashqari o`quvchilar mashg’ulotlardaolgan bilimlarini sinfdan tashqari musiqa va xor to`garaklarida, shuningdek, maktabdan tashqari turli musiqa va raqs to`garaklarida takomillashtirish imkoniga ham egadirlar. Maktablardagi musiqa va xor to`garaklari hamda madaniyat saroylari, madaniyat uylari va yoshlar ijodkorlik uylari kabi maktabdan

tashqari tarbiyaviy-madaniy muassasalarda tashkil etilgan musiqa to`garaklari, o`quvchilar xori, orkestr, raqs va vokal ansambllarining serqirra faoliyatlari bunga misol bo`la oladi.Bu kabi musiqiy to`garak a’zolari hozirgi kunda o`z san’atlarini faqatgina Respublikamizda emas, balki turli chet davlatlarda ham namoyish etib, ko`plab olqishlarga va faxrli o`rinlarga sazovor bo`lmoqdalar. Musiqa to`garaklarida o`quvchilar asosan quyidagi yo`nalishlarda bilim va amaliy k o`nikmalarga ega bo`lishlari mumkin: a)Jamoa bo`lib kuylash

b) Turli cholg`u asbobida chalish
c)Musiqa tinglash madaniyati
d)Ansambl va orkestr jamoasida ijro etish

e) Turli raqs usullarini amalda bajarish


f) Elektron asboblarda chalish.

Ko`p yillik kuzatishlardan shunday xulosaga kelish mumkinki, hozirgi yoshlarning milliy cholg`u asboblarimizni o`rganishga bo`lgan qiziqishi tobora ortib bormoqda.Ayniqsa, qashqar rubobi, doira, g`ijjak, nay, dutor kabi asboblarni o`rganishga bo`lgan qiziqish ancha yuqori desak bo`ladi.Shu sababli maktab va maktabdan tashqari cholg`u to`garaklarining bugungi maqsad va vazifalari haqida to`xtalib o`tmoqchimiz.To`garakni tashkil etishdan asosiy maqsad biror cholg`u asbobini o`rgatish orqali o`quvchilarning san’atga bo`lgan qiziqishini oshirish hamda ularga musiqiy-badiiy tarbiya berishdir.Buning uchun asosan quyidagi vazifalarni amalga oshirish zarur:





  • Cholg`u asbobi, uning tuzilishi hamda tarixi bilan tanishtirish.

  • Cholgu` asbobini to`g`ri ushlashni o`rgatish.

  • Cholg`u asbobida tovush hosil qilishning o`ziga xos yo`llarini o`rgatish.

  • Mezrob yoki kamonchani to`g`ri ushlashni o`rgatish.

  • Rubobni sozlashni o`rgatish.

  • Musiqa savodi haqida yetarlicha ma`lumot berish.

  • Ijroda ishlatiladigan shtrixlarni to`g`ri qo`llashni o`rgatish.

  • Qiziqarli va maqsadli repertuar tanlash, ishlash va hokazo.

To`garak repertuarini tanlashda to`garak rahbari uning bolalarning yoshiga, ijro etish imkoniyatiga, qobiliyatiga mos kelishiga alohida e’tibor berishi zarur. Shuningdek, repertuardagi asarlarning mazmuni milliy, mafkuraviy dunyoqarashimizga mos kelishi hamda ijrochilarning va tinglovchilarning estetik didini to`g`ri yo`nalishda tarbiyalash bilan bir vaqtda yoshlarni ma’naviy kamolotga undashga xizmat qilishi juda muhimdir. O`zbekiston Respublikasi prezidenti va hukumatimiz tomonidan Respublikamizda musiqa madaniyatini rivojlantirish, uni jahon standartlari darajasiga ko`tarish uchun ko`plab qarorlar qabul qilindi va farmonlar chiqarildi. Bu qaror va farmonlarning ijro etilishi natijasida hozirgi davrda yosh avlodga o`z qobiliyatini, iqtidorini namoyon etish,rivojlantirish va o`z mahoratini o`stirish uchun barcha tashkiliy va moddiy shart-sharoitlar yaratib berildi. Davlatimiz tomonidan muntazam ravishda tashkil etilayotgan “ O`zbekiston- Vatanim manim”, “ Nihol”, Respublika ”Folklor jamoalari ko`rik tanlovi” hamda o`quvchi va talaba yoshlar orasida o`tkazilayotgan boshqa ko`plab ko`rik-tanlovlar iqtidorli yoshlarni izlab topib, ularni rag`batlantirishga va xalq orasida musiqa madaniyatining turli qirralarini rivojlantirishga xizmat qilmoqda. Maktabdan va sinfdan tashqarida tashkil etilgan yakka tartibdagi musiqa mashg'ulotlari bolalarni musiqaga jalb etishning samarali vositasi sifatida xizmat qilmoqda, ularga ijodiy jarayonda faol qatnashish imkoniyatini bermoqda. Shu bilan birga mashg'ulotlarni yakka tartibda tashkil qilish o'qituvchining o'quvchiga bevosita ta'sir ko'rsatishi, uning fe'1-atvori va ayrim shaxsiy sifatlarini shakllantirish uchun qulay imkon yaratmoqda. Musiqa asboblarini chalish ijodiy faoliyatga uning barcha xususiyatlariga bog'liqligi sababli ham yakka tartibdagi mashg'ulotlar katta ahamiyatga molikdir.


1.1.Barkamol avlod va uni tarbiyalashning ilmiy-nazariy asoslari

Bobolarimiz orzu qilgan barkamol insonni shakllantirmoq uchun g’oyaviy-mafkuraviy jarayon tashkilotchilari, targ’ibotchilari nafaqat uning shakllanishi jarayoni, balki «barkamol inson» tushunchasining mazmuni to`g’risida tasavvurga ega bo`lishlari zarur. Musulmon falsafasida «barkamol inson» tushunchasini ilk bor Muhiyiddin Arabiy muomalaga kiritgan. Uning fikricha, barkamol insonning erdagi timsoli payg’ambarimiz Muhammad edi. Aziziddin Nasafiy esa yaxshi so`z, yaxshi fe`l, yaxshi axloq va maorifni o`zida mujassamlashtirgan kishini barkamol inson deb tushungan. Zamonlar o`tishi bilan «barkamol inson» tushunchasining mazmuni o`zgarib bordi. Hozirgi zamon insonshunos olimlari barkamol inson deganda jismonan baquvvat, ruhan tetik, madaniy-ma`naviy etuk, yuksak kasb-kor va yashash malakasiga ega bo`lgan, mustaqil fikrlash, ishlash va yashash malakalarini o`zida mujassamlashtirgan mustaqil shaxsni tushunadilar. Bunday shaxslarni tarbiyalashning asosiy manbai bu oiladir. Ma`lumki, biz zamonaviy komp’yuter va telekomunikatsiya tizimlari hamda texnologiyalarini yanada rivojlantirishga g’oyat muhim e`tibor qaratmoqdamiz.1 Bu o`z o`zidan yosh avlodni zamonaviy axborot texnologiyalari bilan ta`minlash, axborot olish va undan o`z kamolotia maqsadli foydalanishini nazarda tutadi. I.A.Karimov «Barkamol avlod- O`zbekiston taraqqiyotining poydevori» va boshqa asarlarida bozor munosabatlari shakllanayotgan hozirgi sharoitda jamiyatimiz uchun shaxsning yangi tipini-o`z haq va huquqlarini talab qila oladigan tashubbuskor, mustaqil, erkin, jasur va mard raqobatlarga chidamli, bilimdon, kuchli, irodali avlodni tarbiyalash, buning uchun ta`lim-tarbiya mazmuni, strukturasida tub islohotlar qilish zarurligini alohida ta`kidlaydi. «Biz o`z farzandlarimizning baxtu-saodatini, iqboli va kamolini ko`rishni istar ekanmiz, nafaqat oiladagi, balki mahalla-kuydagi odamlarning hatti-harakati ham bolaning shakllanib kelayotgan sof qalbi va ongiga qanday ta`sir ko`rsatishi xaqida doimo o`ylashimiz, bu masalada zimmamizda qanday ulkan mas`uliyat borligini unutmasligimiz zarur” Inson sha'ni, avvalo, o‘zini himoya qilish, o‘z qadrini bilishdan boshlaadi. Shu ma'noda, xalqning o‘zini qadrlay bilishi g‘oyat muhimdir. Chunki “o‘zini qadrlaydigan xalq hyech qachon taqdirini birovga bog‘lab qo‘ymaydi“. O‘zini bilgan odam Vataniga xiyonat qilmaydi. Uning qalbida el –yurtiga xiyonat qiluvchi oriyatsiz kimsalarga nisbatan cheksiz nafrat yashaydi “Odamlarimiz, jamiyatimiz mafkurasida Vatan, yurt g‘oyasi ustuvor bo‘lmog‘i

kerak, - deb yozadi Islom Karimov, - Milliy g‘urur, milliy iftixor har qanday ishimizning poydevori bo‘lmog‘i kerak. Bu muqaddas g‘oyalar, millati va e'tiqodidan qat'i nazar, shu yurtda, shu zaminda yashayotgan har bir inson, har bir fuqaroning hayotiga, ongiga singmog‘i, har birimiz uchun eng katta tayanchga, eng katta ishonchga, boringki, haqiqiy iymonga aylanishi kerak ”. Xalq e'tiqodi va uning ruhi shunday qudratli ta'sir kuchiga egaki, u har bir sog‘lom fikrlovchi insonni ijodiy faoliyatiga, kasb – korning halol bo‘lishiga zamin yaratadi. O‘zbek xalqi ana shunday ilohiy marhamatga sazovor bo‘lgan, o‘z milliy e'tiqodiga ega millatlardan biridir. Buni biz buyuk insonlar, mutafakkirlar timsolida ko‘rsak bo‘ladi. Chunki, xalq ruhi va undagi e'tiqodni millatning eng ilg‘or vakillari, mutaffakkirlari ifoda etadi. Masalan, Amir Temurning davlat qurilishi va sarkardalik bobidagi yuksak iqtidori xalqimiz ruhiyatidagi salohiyat va imkoniyat ifodasi bo‘lgan Alisher Navoiyning ijodi ham xalq e'tiqodining o‘lmas namunasidir.

Oilada sog’lom turmush tarzini yaratishda boy madaniy an`analarimizning roli ham beqiyosdir. Allomalardan biri -“Hech bir ota bolasiga yaxshi odobdan ortiq hadya bera olmaydi.”-deya e`tirof etgan.  Jumladan biz uchun muqaddas bo`lgan mo``ta`bar islom dinimizda ham sog’lom avlod tarbiyasigi katta e`tibor berilgan. Barkamol avlod tarbiyasining aqliy, axloqiy, g‘oyaviy-siyosiy (mafkuraviy), estetik, huquqiy, iqtisodiy, ekologik mehnat va kasb-kor, diniy, badiiy kabi tarkibiy qismlardan iborat. Aqliy tarbiya - ma'naviy barkamol inson tarbiyasining yetakchi tarkibiy qismi hisoblanib, uning mazmunida yosh avlodni tabiat, jamiyat taraqqiyoti qonunlari, kishi tafakkuri haqidagi bilimlar tizimi bilan tanishtirishga qaratilgan va mazkur bilimlari asosida, o‘quvchi–yoshlarda ilmiy dunyoqarash asosini shakllantirishga qaratilgan tarbiyadir. Aqliy tarbiya yoshlarni aql–zakovatli, ob'ektiv dunyoni yaxlit idrok etadigan, o‘zligini anglab yetadigan, o‘z oldiga turgan vazifalarni ongli bajara oladigan, insoniy qadr – qiymatni ulug‘laydigan qilib tarbiyalashga qaratilgan. Zero, inson kamolotida ilm egallash ulkan fazilatlaridan biri hisoblangan Hadis kitoblarida har bir mo‘min – musulmon uchun ilmning naqadar zarurligi bayon etilgan. Har bir jamiyat mafkurasiz bo‘lmaydi. Mafkura – bu bir ijtimoiy guruh yoki millatning tub manfaatlarini nazariy asoslovchi va himoya qiluvchi falsafiy, siyosiy, huquqiy, axloqiy, diniy qarashlarning bir tizimidir.Istiqlol mafkurasi asriy milliy qadriyatlarimizga va yangi vujudga kelgan va kelayotgan, xalqimizning bugungi va kelajakdagi manfaatlarini ifodalaydigan fikrlarga – xalq tafakkurlarga asoslanadi. Ilg‘or mafkura yoshlar tomonidan qanchalik kengroq o‘zlashtirilsa, ularning ongiga singdirilsa shunchalik moddiy kuch va yaratuvchanlik

qudratini kasb etadi. Axloqiy tarbiya–yoshlarni ma'naviy jihatdan kamolotga yetkazuvchi, ular ongida axloqiy qonun qoidalarini singdirish jarayonidir. Axloq tarbiya insonning madaniy va ma'naviy ustunligini, faolligini ko‘rsatishga xizmat qiladi. Estetik tarbiyaning maqsadi – o‘quvchilarni voqelikdagi, san'atdagi, tabiatdagi, kishilarning ijtimoiy va mehnat munosabatlaridagi, turmushdagi go‘zallikni idrok qilish hamda to‘g‘ri tushunishga o‘rgatishdan iborat. Bu maqsad o‘quvchilarda, badiiy didni o‘stirish, ularda go‘zallikka muhabbat uyg‘otish va hayotga go‘zallikni olib kirish qobiliyatlarini tarbiyalashni vazifa qilib qo‘yadi. Bunda esa o‘zbek xalq musiqa ijodining axamiyati kattadir. Huquqiy tarbiya -insonning jamiyatdagi o‘rni, hatti - harakati, faoliyatini tanlashda yo‘l - yo‘riq ko‘rsatadi. Barcha millatlar singari o‘zbeklar ham azaldan huquqiy madaniyatga ega. Jumladan, «Qur'oni karim», «Hadislar»da qonun qoidalar asosida huquqiy tarbiya negizlarini qurish mumkin. Tarixdan islom olimi, faqix (konun-qoida) Burxoniddin al-Marg‘iloniy 573 yili (milodiy 1170-yil) xuquqiy tarbiya borasida «Al-hidoya» asarini yozgani ma'lum. Asar ko‘pgina ovrupa tillariga tarjima qilingan. 1930 yilgacha Markaziy Osiyoda huquqiy tarbiyaga doir eng yirik manba bo‘lib hisoblangan.

Sho‘ro hukumati o‘zining huquqiy tuzilishini barpo qilgandan keyin u shariat qonun-qoidasi sifatida bekor qilingan. O‘zbekiston mustaqillikka erishgandan keyin qadriyatlar tiklandi. Bebaho asarlar qayta-qayta o‘rganilib, hayotga tadbiq qilinmoqda. Pedagoglarning xuquqiy tarbiya borasidagi asosiy maqsad va vazifalari quyidagilardan iborat, deb o‘ylaymiz. Maqsad - davlatimizning «Yagona demokratik davlat barpo qilish» vazifasini amalga oshirish uchun qilayotgan sa'i-harakatlariga faol ishtirok etib, yosh avlod ongiga milliy g‘oya va mafkura asoslarini to‘g‘ri singdirish, mustaqil fikrlay oladigan, yuksak fuqarolik his-tuyg‘ularini mujassamlashtirgan barkamol avlodni tarbiyalash. Iqtisodiy tarbiya - talabalarda tejamkorlik, mehnatsevarlik, tashabbuskorlik, ishbilarmonlik xislatlarini tarkib toptirish va bu borada mustaqil fikrlay olish qobiliyatini shakllantirishga xizmat qiladi. Iqtisodiy tarbiyaga azaldan e'tibor qaratilgan. Masalan, Muhammad Ibn Al -Xorazmiy fikricha, har bir inson hisob ilmini bilishi va o‘z ilmiga pishiq bo‘lishi kerak, shundagina u o‘z mehnatining natijalarini o‘lchovlar orqali aniqlay olishi



mumkin. Abu Nasr Al – Farobiy inson o‘z ixtiyorlarini qondirish uchun juda ko‘p odamlar bilan iqtisodiy aloqada bo‘lishi kerakligini ta'kidlagan. Uning fikricha, «Inson o‘z mablag‘ini to‘g‘ri sarflashni bilishi kerak. Pul sarflashda qizg‘anchiqlik qilish xasislikka olib keladi. Pullarni rejasiz ishlatish esa – insonni beboshlikka yetaklaydi. Mamlakatimizda buyuk ajdodlarimizning ta'limotlariga katta e'tibor qaratilganligi tufayli ular tomonidan yaratilgan g‘oyalardan oqilona foydalanib, barkamol avlodni shakllantirishda ularni tatbiq etish yuksak samaralar berish mumkin. Bu sohada buyuk ajdodlarimizning o‘z zamindoshlari to‘g‘risidagi ma'lumotlari va sharqshunoslar, faylasuflar, adabiyotshunoslar, pedagoglar, sotsiologlar, xatto psixologlar komil insonga oid tarixiy materiallar, qo‘lyozmalar, birlamchi manbalarni tahlil qilish, o‘xshash tomonlarini umumlashtirish imkoniyatiga ega bo‘lmoqdalar. Dunyoviy bilimlar bilan diniy qadriyatlar o‘rtasidagi uzviylikning vujudga keltirilishi davrning katta yutuqlaridan biri bo‘lib hisoblanadi. Milliy qadriyatlarni, urf-odatlarni, milliy his-tuyg‘u, xarakter va ma'naviy merosni tiklash ulug‘ mutaffakkirlarimizning ta'limotlarini tadqiq etish, tahlil qilish, shu asosda tug‘ilgan fikr va mulohazalarni fuqarolarimiz, avvalo yoshlar ongiga singdirish lozim. Oliy ta'lim tizimini takomillashtirishda dunyoviy bilimlar bilan cheklanib qolmasdan, balki tasavvufiy olimlarning ta'limotlaridan, asarlaridan keng ko‘lamda foydalanish maqsadga muvofiq. O‘sib kelayotgan yosh, bunyodkor avlod kelajagini har tomonlama takomillashgan va ijtimoiy taraqqiyot talablariga to‘la-to‘kis javob bera oluvchi barkamol avlod tarbiyasining ma'naviy psixologik tizimining muvaffaqiyatli tadbiqisiz tasavvur kilib bulmaydi. Mamlakatimizdagi mavjud barcha o‘quv yurtlari ta'lim-tarbiyani to‘g‘ri, ilmiy asosda tashkil etish uchun bu jarayonning o‘ziga xos psixologik konuniyatlarini, uning mexanizmlarini, shuningdek, faol, mustaqil hamda ijodiy tafakkur jarayonini zamonaviy bilimlar asosida tarkib toptirishning samarali usullarini bilishi lozim bo‘ladi. Bu borada hozirgi zamon psixologiya fanining rivojlangan sohalari muhim o‘rin egallaydi, zero, bular inson ruhiy olamining tabiati va ma'naviy tarbiyasini o‘rganuvchi sohalardir. Mamlakatimizda juda dolzarb bolalar ma'naviyatini, sportini rivojlantirish, uni keng ommaga yoyish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan mos bo‘lib, muhim ajhamiyatga ega.


Download 53.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling