1. Moliyaviy rejalashtirish va bashoratlash Sotsial-iqtisodiy jarayonlarni moliyaviy tartibga solish
-jadval “XYZ” kompaniyasining 20x1–20x3 yillardagi moliyaviy hisoboti
Download 67.04 Kb.
|
14-мавзу
- Bu sahifa navigatsiya:
- Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot 20x1 y. 20x2 y.
- Balans 20x0 y. 20x1 y. 20x2 y.
- 2-jadval “XYZ” kompaniyasining 20x1–20x3 yillarda moliyaviy hisobot moddalari
- Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot 20x1y. 20x2y. 20x3y.
- Balans 20x1y. 20x2y. 20x3y.
- 3-jadval 20x4 yil uchun “XYZ” korporatsiyasi balansi va xo‘jalik faoliyati moliyaviy natijalari to‘g‘risidagi hisoboti prognozi
1-jadval
“XYZ” kompaniyasining 20x1–20x3 yillardagi moliyaviy hisoboti (mln. so‘mda)
Navbatdagi ikkinchi bosqich bo‘lajak sotuv hajmlarini prognoz qilishdan iborat. Prognozni iloji boricha aniq tuzish juda muhim. Chunki ushbu ko‘rsatkich bilan juda ko‘p qismlar bog‘liq. So‘ng tuzilgan rejaning kelajakda sotuv hajmi o‘zgarishiga nisbatan sezuvchanligini aniqlash kerak. Faraz qilamiz, “XYZ” korporatsiyasining sotuvlari hajmi kelajakda o‘sish da davom etadi va keyingi yilda 20%ga ortadi. Demak, bizning prognozga muvofiq 20x4 yilda sotuv hajmi 345,6 mln. so‘mni tashkil etadi. 2-jadval “XYZ” kompaniyasining 20x1–20x3 yillarda moliyaviy hisobot moddalari (sotuvlar hajmi (yalpi tushum)ga nisbatan)
Keyingi uchinchi bosqichda moliyaviy hisobotlar va balansning sotuv hajmiga nisbatni foiz hisobida o‘zgarmaydigan qismlari bo‘yicha prognoz tuzamiz. So‘nggi bir necha yil davomida tayyor mahsulot tannarxi sotuv hajmining 55,0% ini tashkil etgan. Shunday ekan, dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra 20x4 yilda tayyor mahsulot tannarxi 190,8 mln. so‘mni (0,55 × 345 mln. so‘m) tashkil etadi. Yil oxiriga jami aktivlar so‘nggi uch yil mobaynida o‘rtacha yillik sotuv hajmi ko‘rsatkichlaridan uch barobar yuqori bo‘lgan. Shunday ekan, 20x4 yil oxiriga prognoz qilingan jami aktivlar qiymati 1224,16 mln. so‘mni tashkil etadi. Nihoyat, moliyaviy rejalashtirishning so‘nggi bosqichida qolgan ko‘rsat-kichlarni (ya’ni, moliyaviy hisobotning sotuv hajmiga nisbatan foiz hisobida o‘zgaradigan qismlari bo‘yicha ma’lumotlar) aniqlaymiz. Uzoq muddatli majburiyatlar bo‘yicha yillik foiz stavkasi 8,0%ni, qisqa muddatli majburiyatlar bo‘yicha 15,0%ni tashkil etadi, deb faraz qilaylik. Demak, foiz to‘lovlari bo‘yicha xarajatlarning dastlabki umumiy summasi uzoq muddatli majburiyatlar summasining 8,0% ini va, shunga qo‘shimcha, yil boshiga (ya’ni 20x3 yil oxiriga) to‘lanmagan qisqa muddatli majburiyatlar summasining 15,0%ini tashkil etadi. 20x4 yilda prognoz qilingan foizlarni to‘lash bo‘yicha umumiy xarajat 87,26 mln. so‘mni tashkil etadi. Shuningdek, taxmin qilamizki, soliq summasi foizlar to‘langandan keyingi daromadning 40,0%ini, yoki 6,57 mln. so‘mni tashkil etadi. Shunday qilib, soliqlar to‘langandan keyingi sof foyda 9,85 mln. so‘mga teng bo‘ladi. Ushbu hisob-kitoblar natijasida biz 20x4 yilga moliyaviy natijalar bo‘yicha prognozga ega bo‘lamiz. Ushbu prognoz 14.3-jadvalning oxirgi ustunida aks ettirilgan. 3-jadval 20x4 yil uchun “XYZ” korporatsiyasi balansi va xo‘jalik faoliyati moliyaviy natijalari to‘g‘risidagi hisoboti prognozi (mln. so‘mda)
Endi kompaniyaning 20x4 yil oxiridagi balansini tahlil qilamiz. Aytaylik, “XYZ” o‘z sof foydasining 30,0%ini dividendlar sifatida to‘lashni rejalashtirmoqda. Shunday ekan, aksiyadorlik kapitali 6,9 mln. so‘mga oshadi (333,2 dan 340,1 mln. so‘mga). Jami aktivlar 207,0 mln. so‘mni, to‘lanishi kerak bo‘lgan mablag‘lar esa 10,4 mln. so‘mni tashkil etishi kerak. Keyingi davrda kompaniyaga moliyalashtirish uchun qancha mablag‘ kerak bo‘lishini aniqlab olish uchun (ushbu mablag‘larni aksiyalar emissiyasi yoki qarzlar hajmini ko‘paytirish orqali jamlash mumkin) aktivlar o‘sish hajmidan taqsimlanmagan foyda o‘sishi summasi va kreditorlik qarzi o‘sishi summasini ayirib tashlash kerak, ya’ni:
Shunday qilib, aniqlab oldikki, prognoz qilinayotgan yilda kompaniyaga qo‘shimcha 190,1 mln. so‘m kerak bo‘ladi va bu summani kompaniya biror tashqi moliyalashtirish manbaidan olishi mumkin. 14.1.3-jadvalda keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra bu summa to‘liqligicha firmaning qisqa muddatli qarzini oshirish orqali olinadi. Natijada qisqa muddatli qarz jami miqdori 501,7 mln. so‘mdan 691,8 mln. so‘mgacha oshadi. 1Mamlakatimizda rejali iqtisodiyotdan bozor iqtisodiyotiga o’tilishi munosabati bilan ayrim iqtisodchilar tomonidan iqtisodiyotda rejalashtirishning (shu jumladan, moliyaviy rejalashtirishning) roli butunlay inkor etilmoqda. Bu narsani bozor iqtisodiyotining rejali iqtisodiyotdan tub farq qilishi, undagi munosabatlar rejalashtirilmasdan, balki aksincha, stixiyali ravishda vujudga kelishi va h.k.lar bilan izohlashga harakat qilinmoqda. 2Xorijning eng buyuk zamonaviy nazariyotchilaridan biri E.Xansen o’zining oxirgi asarlaridan biri bo’lgan “AQShning urushdan so’nggi iqtisodiyoti” da shunday deb yozadi: “Ijtimoiy xarajatlari eng past darajada bo’lgan mamlakatni menga ko’rsatingchi, men sizga turmush darajasi eng past bo’lgan mamlakatni aytaman”. Yana u davom etib ta’kidlaydi: “Hatto Qo’shma Shtatlarda ham maorif ishiga yo’naltirilgan 100 dollar ishlab chiqarish binolari, inshootlari, mashinalar va asbob-uskunalarga sarflangan 100 dollarga nisbatan yuqoriroq bo’lgan mehnat unumdorligiga olib keladi”. (Qarang: Xansen E. Poslevoennaya ekonomika SShA. – M.: Progress, 1966. ss.84, 147). 3Davlat daromadlarining barchasi u yoki bu darajada takror ishlab chiqarish sub’ektlarining sotsial-iqtisodiy faoliyatini tartibga solib, ijtimoiy munosabatlarning barcha turlariga o’z ta’sirini ko’rsatadi, albatta. Shuning uchun ham ularni iqtisodiy ko’rsatkichlarning ma’lum bir guruhiga ustuvor ta’siri yo’nalishi bo’yicha klassifikatsiya qilinishi shartli xarakterga egadir. 4Oqimlarning yo’nalishi bozorning ehtiyojlari bilan aniqlanib, byurokratik tartibga solishning talab etilmasligi bu erda e’tiborga loyiq bo’lgan holatlarning yana biridir. Biroq, shartli-doimiy soliqlarni o’rnatishda (belgilashda) tarmoq xususiyatlarining inkor etilishi, xususan, rentabellik normasining tabiiy pastligi bilan xarakterlanadigan faoliyat turlari va resurs sig’imli ishlab chiqarishlar uchun imtiyozlardan voz kechish, sotsial qarama-qarshiliklarning kuchayishiga olib keladi. 5Moliyaviy tartibga solish yuqorida keltirilgan elementlarining mazmunini ochib berish maxsus tadqiqot ob’ekti hisoblanadi va ushbu paragrafning doirasidan chetga chiqadi. Download 67.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling