1. Moliyaviy rejalashtirish va bashoratlash Sotsial-iqtisodiy jarayonlarni moliyaviy tartibga solish


Moliyaviy rejalashtirish modelini yaratish


Download 67.04 Kb.
bet3/4
Sana15.06.2023
Hajmi67.04 Kb.
#1488165
1   2   3   4
Bog'liq
14-мавзу

3. Moliyaviy rejalashtirish modelini yaratish

Moliyaviy rejalar, odatda, miqdoriy modellarda aks ettiriladi. Bu modellar qisman yoki to‘liqligicha firmaning moliyaviy hisobotlaridagi ma’lumotlar asosida yaratiladi. Misolda ko‘rsatish uchun bundan oldin biz moliyaviy rejalarini tahlil qilgan xuddi o‘sha gipotetik kompaniya, ya’ni “XYZ” korporatsiyasi uchun yillik moliyaviy reja tuzishni taklif etamiz. Aytaylik, “XYZ” bu 10 yil avval tashkil etilgan kompaniya bo‘lib, u iste’mol mollari ishlab chiqarish va sotish bilan shug‘ullanadi. Endi faraz qilaylik, moliyaviy hisobot – bu kompaniya to‘g‘risida Sizning ixtiyoringizda bo‘lgan yagona ma’lumot manbai. Shunday qilib, keyingi yilga reja ishlab chiqish kerak. Eng oson usul quyidagilardan iborat: keyingi yilga sotuv hajmi bo‘yicha prognoz tuzish va moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot va balansdagi qismlarning ko‘pchiligidagi qiymatlar o‘tgan yil darajasida qolishini taxmin qilish kerak. Bunday usul sotuvdan foizlar usuli (percent-of-sales-method) deb ataladi. Keling, bu usuldan qanday foydalanishni “XYZ” korporatsiyasi misolida ko‘rsatib beramiz.


Dastlab o‘tgan yillar ma’lumotlarni sinchkovlik bilan tahlil qilib, sotuvlar hajmi (yalpi tushum)ga nisbatan o‘zgarishsiz qolgan moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot va balansning elementlarini aniqlab olishimiz zarur. Bu bizga qaysi moddalarni oldindan ko‘zlangan kelgusi sotuvlar hajmi (yalpi tushum) asosida maksimal darajadagi aniqlik bilan prognozlashtirish, qaysilarini esa boshqa ko‘rsatkich asosida bashorat qilish mumkinligini bilib olish imkoniyatini yaratadi. Ko‘rib chiqilayotgan kompaniyaning hisobotlaridan ko‘rinib turibdiki, quyidagi moddalar sotuv lar hajmi (yalpi tushum)ga nisbatan o‘zgarishsiz qolgan: sotilgan mahsulot tannarxi, foizlar va soliqlar to‘lashdan oldingi foyda (EBIT) (asosiy faoliyatdan olingan daromad) va aktivlar. Foiz to‘lovlari (shaklidagi) xarajatlari, soliqlar, sof foyda va majburiyatlarning asosiy qismi (to‘lovlar uchun hisob varaqlardan tashqari) nisbati esa o‘zgargan. Buni 14.1-jadvaldan ko‘rishimiz mumkin (navbatdagi betga qarang).


Download 67.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling