1. Moliyaviy texnologiya sohalari. Blokcheyn texnologiyalar
bitkoin = 1000 millibitkoin=1 000 000 mikrobitkoin=100 000 000 satoshi
Download 0.58 Mb.
|
10 mavzu Moliyaviy texnologiya sohalari, Kriptovalyutalar bozori
1 bitkoin = 1000 millibitkoin=1 000 000 mikrobitkoin=100 000 000 satoshi
Shunday qilib, uzatilishi mumkin bo’lgan eng kam miqdor 0,00000001 bitkoin bo’lib, uni ixtirochisi sha’niga “satoshi” deb atashgan. Bitkoin tizimi Know-Your-Customer (KYC-kompaniyaning o’z mijozlari shahslarini tekshirishi) jarayonini quvvatlamasligi ayni haqiqat va siz shaxsiy ma’lumotlarni qoldirmagan xolda istalgancha hamyonlar ochishingiz mumkin. Lekin bu ham bitkoin 100% anonim ekanligini anglatmaydi.Hozirgi davrdagi deyarli barcha kriptovalyutalar shaffof blokcheyndan foydalanadilar. Ozroq miqdordagi loyihalar esa blokcheynning shaffof emasligini ta’minlaydi. Masalan, DASH (digital cash - oldingi nomi Darkcoin) kriptovalyutasi (https://www.dash.org) bitkoindan farli o’laroq, mijoz-server arxitekturasidan foydalanadi va huddi bitkoin singari proof of work printsipini ishlatgan xolda hulosani proof of stake (bo’lakni tasdiqlash) rejimida amalga oshiradi. Bunda maxsus serverlardan (mastermodes) iborat bo’lgan tarmoqchalar hosil qilinadi, ular esa o’z navbatida hususiy amallar (darksend) yoki momental o’tkazuvlar kabi qo’shimcha funktsional imkoniyatlar yaratib beradi. Dash kriptovalyutasi bitkoinga nisbatan ko’proq darajada anonimroq bo’lib, u ham to’liq shaffof emaslikni ta’minlab bera olmaydi. Huddi shu kabi loyihalar jumlasiga Zerocoin va Zero Cash Project larni ham kiritish mumkin. To’liq anonimlikni ta’minlashni amalga oshirgan loyihalardan biriga misol sifatida Monero (https://getmonero.org) loyihasini keltirish mumkin.Monero (esperantoda valyuta ma’nosini anglatadi) da ikki asosiy hususiyat mavjud: U pul mablag’larini jo’natish va qabul qilib olishni tranzaktsiyalar barchaga ko’ringan holda amalga oshirish imkonini beradi; U noaniqlik yaratib, sarf qilingan mablag’larni kuzatish imkonini yo’qqa chiqaradi. Hozirgi davrda jahonda mingdan ortiq turli xil kriptovalyutalar (yoki virtual valyutalar) mavjud bo’lib, ularning har biri o’z blokcheyniga tayanadi va qandaydir funktsiyani bajaradi yoki xizmatlar ko’rsatadi. Quyida bir necha kriptovalyutalarning holati tavsif etilgan (CoinMarketCap): Shvetsiya Markaziy bankining izlanishlaridan shu ma’lum bo’ldiki, shvedlarning faqatgina 15% qismi naqd pullardan foydalanishadi. Naqd pullar bo’yicha to’lovlar Shvetsiya YaMD sining 2% foizinigina tashkil qiladi. Shvetsiyadagi bir qancha firma va tashkilotlar esa naqd pullarni qabul ham qilmaydilar. Mutaxassislarning bashoratlariga ko’ra, 2030 yilga kelib, Shvetsiya naqd pulsiz jamiyatiga aylanishi, Riksbank esa o’z virtual valyutasini chiqargan dunyodagi birinchi Markaziy bank bo’lib qolishi mumkin. Ma’lumot sifatida hozirgi davrdagi turli xil kriptovalyuta tizimlari orasidan quyidagilarni alohida ajratib ko’rsatishimiz mumkin: Download 0.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling