1. Moliyaviy va xo’jalik operatsiyalarining qamralib olinishi darajasiga ko’ra taftishlarning turlari
Download 52.52 Kb.
|
17-VARIANT
17-VARIANT 1.Moliyaviy va xo’jalik operatsiyalarining qamralib olinishi darajasiga ko’ra taftishlarning turlari. 2.Davlat byudjetining mohiyati, funksiyalari va ahamiyati. 1.Moliyaviy va xo’jalik operatsiyalarining qamralib olinishi darajasiga ko’ra taftishlarning turlari. Jamiyat taraqqiyotining turli bosqichlarida markazlash-tirilgan va markazlashtirilmagan pul fondlarining shakllantirilishi, taqsimlanishi va foydalanilishiga oid iqtisodiy munosabatlarni o’rgangan moliya fani iqtisodchi olimlar tomonidan amalga oshirilgan tadqiqotlar ta’sirida shakllandi. Olimlar yaratgan moliyaviy nazariyalar amaliyot tomonidan tekshirildi hamda agar ular hodisalarning haqiqiy mohiyatini o’zida aks ettirgan bo’lsa, fan sifatida e’tirof etildi. Shu munosabat bilan moliya sohasida ilmiy bilimlarni shakllantirishga yordam beradigan moliyaning turli nazariyalarini o’rganish muhim ahamiyat kasb etadi. Iqtisodchi olimlar tomonidan moliyaga oid ishlab chiqilgan nazariy qarashlar moliyaviy qonunchilik va davlat fiskal siyosatining asosini tashkil qildi. Xorijiy iqtisodchilar moliyaga oid nazariyalarining birinchi guruhini siyosiy iqtisod mumtoz olimlarining kontseptsiyalari tashkil etadi. Kapitalistik taraqqiyotning dastlabki bosqichidayoq barcha iqtisodiy nazariyalarda moliyaviy kontseptsiyalar alohida o’ringa ega bo’lgan. Davlat xarajatlari, soliqlar, kredit va byudjetning iqtisodiyotga ta’siri masalalari siyosiy iqtisod klassiklari (Buyuk Britaniyada – U.Petti, A.Smit va D.Rikardo, Fransiyada – P.Baugilber) tomonidan tadqiq qilingan. Moliya fanining asoschilaridan biri A.Smit (1723-1790 yillar) o’zining “Xalqlar boyligining tabiati va sabablari to’g’risida tadqiqot” deb nomlangan fundamental asarida davlat moliyasining mohiyati to’g’risida ayrim g’oyalarni ishlab chiqdiki, ular mehnatning unumli va unumsizligi to’g’risidagi ta’limotga (bu ta’limot A.Smitniki) asoslangan edi. Uning aniqlashicha, bevosita kapitalga almashtiriladigan mehnat unumli, unumsiz mehnat esa daromadga, ya’ni ish haqi va foydaga almashtiriladigan mehnatdir. Ana shu nazariy qarashlardan kelib chiqqan holda A.Smit (va undan so’ng D.Rikardo) moliyaviy kategoriyalarga (davlatning daromadlari va xarajatlariga) tavsifnoma bergan. U soliqlar hisobidan olingan davlat daromadlari barchasining yoki deyarli barchasining unumsiz sarflanishini isbotlagan. Shuning uchun ham davlat xarajatlari kapitalning jamg’arilishi va milliy daromadning o’sishi imkoniyatlarini qisqartiradi. Ana shundan uning soliqlarga nisbatan salbiy munosabati kelib chiqqan. A.Smit yaratilgan qiymatni unumsiz sarflaydigan va shu munosabat bilan ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishiga to’siq bo’luvchi davlatning xarajatlarini qisqartirish kerak, degan xulosaga keladi. A.Smit davlat xarajatlari siyosatini tanqid qilgan bo’lsa-da, ular ma’lum bir qismi bo’lishining zarurligini e’tirof etgan. Chunki ana shu qism ishlab chiqarishning umumiy shart-sharoitlarini himoya qilishga qaratilgan bo’ladi. Uning ta’limotida soliqlar nazariyasiga katta o’rin berilgan. U soliqqa tortishni maqsadga muvofiq ravishda tashkil qilishning quyidagi to’rt asosiy tamoyillarini ishlab chiqqan: soliqlar ularni to’lovchilarning salohiyatiga va kuchiga muvofiq to’lanishi kerak; soliqlarning miqdori va ularni to’lash muddatlari aniq belgilangan bo’lmog’i lozim; soliqlarni undirilish vaqti soliq to’lovchi uchun qulay bo’lmog’i zarur; soliqlarni undirishda ularni undirish xarajat-larining minimalligini ta’minlamoq kerak. Tarixiy jihatdan bu tamoyillar tug’ilib kelayotgan burjuaziyaning ehtiyojlarini aks ettirgan va feodal jamiyatning asosiy ijtimoiy guruhlari bo’lgan zodagonlar hamda ruhoniylarga, feodal davlatning soliqlar bo’yicha boshboshdoqligiga qarshi qaratilgan edi. A.Smit tomonidan ishlab chiqilgan yuqoridagi printsiplar burjua davlatlari tomonidan soliq islohotlarini o’tkazishda qisman foydalanilgan. Soliqlarning turli ko’rinishlarini (egri soliqlar, ish haqi hisobidan undiriladigan soliqlar va boshqalar) tahlil qila turib, A.Smit jamiyatning iqtisodiy taraqqiyoti nuqtai-nazaridan ularga baho bergan. Iste’mol tovarlariga nisbatan o’rnatilgan egri (bilvosita) soliqlar ular bahosining oshishiga olib kelgan. Buning natijasida ishlab chiqarish xarajatlari o’sgan va oxir-oqibatda esa, ularni sotish kamaygan va iste’mol qilish qisqargan. Ish haqidan olinadigan soliqni baholab, u bu soliqni iqtisodiyot uchun xonavayronlik keltiruvchi deb hisoblagan. Chunki ishchi daromadining soliqqa tortilishi tadbirkor avanslashtirilgan kapitalining oshishiga yoki bozor talabiga salbiy ta’sir ko’rsatuvchi ishchi kuchi sotib olish qobiliyatining pasayishiga olib keladi. Shunday qilib, A.Smitning soliq kontseptsiyasi yagona maqsadga – kapitalning jamg’arilishini rag’batlantirish va ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishini tezlashtirishga qaratilgan edi. Asosan, xuddi shunday qarashlarni D.Rikardo (1772-1823 yillar) ham o’zining “Siyosiy iqtisod va soliqqa tortishning boshlanishi” asarida himoya qilgan. Mehnatning qiymat nazariyasidan kelib chiqqan holda u barcha soliqlar so’zsiz ravishda yo kapitalga, yoki daromadga ta’sir ko’rsatadi, deb hisoblagan. Agar soliqlar kapitaldan undirilsa, unumli mehnatni saqlashga mo’ljallangan fond qisqaradi. Soliqlar daromaddan olinganda esa, kapitalning jamg’arilishi qisqaradi yoki soliq to’lovchining iste’moli kamayadi. Birinchi ehtiyoj predmetlaridan olinadigan soliqlar ular bahosining o’sishiga sabab bo’lib, ular iste’mol qiladigan tovarlarning miqdoriga nisbatan yuqoriroq bo’lgan proportsiyalarda iste’molchining elkasiga yuklanadi. D.Rikardoning fikricha, tovarlar va ish haqidan undiriladigan har qanday soliqlar, bir xil darajada bo’lmasa-da, ish haqining oshishiga va foydaning kamayishiga olib keladi. Yuqorida bayon qilinganlarni inobatga olgan holda u “soliqlar buyuk zulmdir”, degan xulosaga kelgan. Soliqqa tortishning o’sishi yoki hukumat xarajatlarining ortishi bilan xalqning iste’moli pasayadi va bu narsa, oxir oqibatda, ishlab chiqarishda o’z aksini topadi. Shuning uchun ham hukumatning vazifasi kapitalning jamg’arilishini rag’batlantirishdir. Mamlakatning kelgusi ishlab chiqarishini qisqartirmaslik uchun hukumat foydani soliqqa tortmasligi kerak. Klassik burjua siyosiy iqtisodi (A.Smit, D.Rikardo va ularning izdoshlari) davlat xarajatlari va soliqlarga nisbatan rasmiy iqtisodiy siyosatning kontseptsiyasini, ko’p jihatdan, aniqlab bergan edi. XUSh asrning oxiri va X1X asrning boshlarida ilg’or mamlakatlarning moliyaviy siyosati, yangi sinf – burjuaziyaning manfaatlarini ifoda etib, mamlakatning xo’jalik hayotiga davlatning aralashmasligi printsipini e’lon qilgan edi. Buning oqibatida davlat xarajatlari va foydani soliqqa tortish biroz qisqardi. X1X asrda ishlab chiqarishning yuqori sur’atlarda rivojlanishi mehnat va kapital o’rtasidagi ziddiyatlarning keskinlashuviga olib keldi. Xuddi shu davrning o’zida turli sotsial guruhlarning manfaatlarini hisobga olgan holda o’z siyosatini o’zgartirishga hukumatni chaqiruvchi iqtisodchi-larning asarlari paydo bo’ldi. Ingliz olimi J.S.Mill (1806-1873 yillar) mamlakatda ijtimoiy keskinlashuvni yumshatish maqsadida daromadlarni taqsimlash sohasida o’zgartirishlar kiritish taklifi bilan maydonga chiqdi. Boylikni nisbatan tekisroq (tengroq) taqsimlash uchun u tomonidan oqilona soliq tizimining yangi printsiplari ishlab chiqildi. Hayot kechirish uchun zarur sanalgan daromadga teng bo’lgan daromadlarni soliqqa tortishda soliqqa tortilmaydigan minimumni joriy etish g’oyasi aynan unga tegishlidir. J.S.Mill “xizmatlarning soliq nazariyasi”ni ishlab chiqdiki, unga muvofiq ravishda har bir shaxs davlatdan olinadigan qo’llab- quvvatlashlar uchun o’z daromadlarining bir qismini davlatga berishi kerak. U soliqlar va davlat xarajatlari o’rtasida bog’liqlikni o’rnatib, soliqlarni davlat xarajatlari bilan uzviy ravishda bog’lagan. Bu holatlar keyinroq shved iqtisodchilari K.Viksel va E.Lindal tomonidan yanada rivojlantirildi. Bizning davrimizda esa bu nazariya amerikalik iqtisodchi olim P.Samuelson qarashlarining shakllanishiga o’z ta’sirini ko’rsatdi va u soliqlarning o’sishi davlat xizmatlariga bo’lgan ehtiyojning o’sishi bilan birgalikda yuz berishi kerak, deb hisobladi. Shveytsariyalik iqtisodchi J.Sismondi (1773-1842 yillar) rivojlangan davlatlarning moliyaviy siyosatini tanqid qilib, mayda tovar xo’jaliklarini himoya qilgan. Uning chiqishlari, asosan, protektsionizm siyosatiga (masalan, donni import qilish bo’yicha ingliz yuqori bojxona bojlari) qarsh/*i qaratilgan bo’lib, bunday siyosatni u millatga ziyon etkazuvchi siyosat deb hisobladi. Ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishi uchun tegishli sharoitni yaratish borasidagi protektsionizm siyosatining ijobiy tomonlarini ko’ra olmasdan, mamlakat iqtisodiyotida uzluksiz ravishda katta rol o’ynab borayotgan o’sib boruvchi yirik kapitalning ahamiyatini u etarlicha baholay olmadi. O`zbekiston Respublikasining agror – industrial mamlakat bo`lib, uning iqtisodiy hayotida qishloq xo`jaligi yetakchi o`rin tutadi. Mamlakat yalpi ichki maxsulotining, milliy daromadining, xorijiy valyutadagi tushimlarining salmoqli qismi unda tarmoq ishlab chiqarishga bog`liqdir . Bundan tashqari, aholining, shu jumladan iqtisodiy faol aholining asosiy fismi ham qishloq joylarida istiqomat qilishi agror intor karxonalari ishini samarali tashkil etish, u yerda moddiy, moliyaviy boshqa resurslardan oqilona foydalanish vazifasini dolzarb qilib qo`yadi. Qishloq xo`jaligi soxasida amalga oshirib kelinayotgan iqtisodiy isloxatlar, u yerdagi xususiylashtirish jarayonlari, firmerlik harakatini keng avj oldrilayotganligi, dehqonda xujayinlik tuyg`usi va tafakurini shakillantirishiga oid chora – tadbir bu soxani yuksaltirishga, qishloq xo`jaligi maxsulotlarinigina ko`paytirishga erishish bilan cheklanilmasdan, uning sifatini yaxshilash tannarxini pasaytirishi, zamonaviy agrotexnikalarni hamda texnika vositalarini joriy qilish orqali jaxon bozorida raqobatbardoshliliginita`minlash, mamlakatimizda yetishtirilayotgan xilma – xil qishloq xo`jaligi maxsulotlarini halqaro bozorlarga olib chiqilishiga erishish va shu asosda dehqon farovanligini, mamlakat iqtisodiy qudrati hamda halqaro obru – e`tiborini oshirish mafsadiga qaratilgandir . Qishloq xo`jaligi karxonalari oldiga qo`yilgan yuksak maqsad va vazifalarini amalga oshirilishida ularning moliyaviy faoliyatini huquqiy tartibga solinishi muxim axamiyatga ega. Chunki oqilona moliyaviy faoliyat yuritilishi, mablag`lardan to`g`ri va samarali foydalanilishi, ularning hisob – kitoblarini o`z vaqtida, to`g`ri va to`liq amalga oshirilishi, davlat soliq idoralari, bank muassasalari, maxalliy davlat hokimiyat organlari bilan moliyaviy munasabatlarni to`g`ri yo`lga qo`yilishi shartnomaviy sheriklar bilan hisob – kitoblarni shartnoma ialablari to`la ado etlgani xolda amalga oshirilishi, karxona extiyojlari uchun moliyaviy mablag`lardan unumli va to`g`ri foydalanilishi, moliyaviy va buxgalteriya hisob – kitoblarini o`z va ishida, to`g`ri amalga oshirilishi ular muvafaqiyatlarining asosiy shartlaridan bo`lib sanaladi. Qishloq xo`jalik karxonalari moliyaviy faoliyati yuqorida qayt etilganlardan tashqari olingan foydani taqsimlash, tasarruf qilish, karxona jamg`armalarini shakillantirilish va tasarruf etilishi, investitsiya maqsadlaridagi faoliyat, xodimlar bilan hisob – kitoblar, ijtimoiy ximoyalash maqsadlaridagi tadbirlar, oodonlashtirish ishlarini moliyaviy mablag` Bilan ta`minlash va boshqa soxalardagi moliyaviy tadbirlarni o`z ichiga qamrab oladi. Qishloq xo`jaligi karxonalari ham tadbirkorlik subektlarini bir turi sifatlari1 o`z moliyaviy faoliyatini O`zbekiston Respublikasining “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to`g`risida”gi, “Qishloq xo`jalik kooperativi (shirkat xo`jaligi) to`g`risida” gi2, “Firmer xo`jaligi to`g`risida” gi3, “Dehqon xo`jaliklari to`g`risida” gi4, “Buxgalteriya hisobi va hisobatlari to`g`risida” gi5, “Stachistika to`g`risi” gi6, va boshqa bir qator boshqa qonunlar, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari7, Vazirlar Maxkamasining qarorlari8, idoraviy me`yoriy xujjatlar asosida yo`lga qo`yildilar. Ular moliyaviy faoliyatida O`zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi9, Soliq kadeksi10 kabilar g`am muxim o`rin tutadi. Qishloq xo`jaligi korxonalarida yuzaga keluvchi moliviy munasabatlar ikki jixatga ega bo`lib, ular davlat moliya va soliq, statistika hamda boshqa organlar bilan yuz berganida manaviy g`uquqiy (davlat majburlavu va davlat faoliyati Bilan bog`liq) hususiyat kasb etadi. Bu soxada qonun talablarini buzilishi g`uquqbuzarlik sifatida baxolanib, turli sanksiyalar shartlariga davlat majburlavuga sabab bo`ladi. Bunday moliyaviy faoliyat qishloq xo`jaligi korxonasi shartnomaviy xamkorlari bilan (ichkari berilgan maxsulot, bajarilgan ish, ko`rsatilgan xizmatlar uchun g`aq olish yoki g`aq to`lash, o`zora hisob – kitoblar, o`zaro shartnomaviy sanksiyalarni qo`llanilishi va boshqalar), tijorat bank muassasalari Bilan (turli bank amaliyotlari, kredit munasabatlari, qimmatli qog`ozlar va boshqalar), o`z a`zolar yoki yollanma xodimlar bilan (foydani taqsimlash, ish xat to`lash va boshqalar), ijtimoiy ximoya tadbirlarini amalga oshirilishi chog`ida yuz berganida xususiy xujjat munasabat Deya baxolanadi va bu munasabatlar davlat aralashivusiz, o`zora kelishuvga ko`ra amalga oshiriladi. Ayni paytda xususiy moliyaviy munasabatlar ham qonun talablariga qat`iy amal qilingani hamda olib borilishi lozimligi, aks xolda huquqiy javobgarlikka sabab bo`lishi mumkinligi nazarda tutilmog`i lozim. Qishloq xo`jalik karxonalari moliyasi halq xo`jaligi molisining asosiy tarkibiy qismi sifatlarida davlatimiz g`ayotida muxim o`rin tutadi. Uning vositasida nafaqat shu soxaga oid karxonalar moddiy ishlab chiqarish va ijtimoiy faoliyati, balki mamlakat pul jamg`armalari, budjetning shakillanishini, pensiya, sog`liqni saqlash, fan va maorif hamda boshqa tarmoqlar taraqiyotini ta`minlashga ko`maklashuvi. Qishloq xo`jaligi karxlnalari ham boshqa xo`jalik yurituvchi subyektlar singari budjet oldidagi muayyan majburiyatlarni bajaradilar. Bu majburiyatlar qonun xujjatlarida nazarida tutilgan davlat va maxalliy soliqlar haqida boshqa majburiy nosoliq to`lovlarni to`lashdan iborat bo`ladi. Soliqlar va boshqa nosoliq majburiy to`lovlarni hisoblash hamda yo`llash chog`ida ular davlat soliq idoralari bilan soliq munasabatlariga kirishadilar. Bunday munasabatlarning mazmun “Soliq kodeksida”1, O`zbekiston Respublikasining “Davlat soliq xizmati to`g`risida” gi Qonunida2, boshqa qonun xujjatlarida belgilab qo`yilgan. Soliqlar va boshqa nosoliq to`lovlar iqtisodiyotni boshqarish hamda uning taraqiyotiga ta`sir etishi usullaridan bo`lganligi sababli davlat undan qishloq xo`jaligi taraqiyotini qo`llab quvatlash, agror sektoro`da biror munasabatlarni yanada chuqirlashtirishda samarali foydalanishiga harakakt qilmoqda. Qishloq xo`jalik karxonalariga soliq solish chog`ida yuqoridagi maqsaddan kelib chiqilgani xolda imtiyozli soliq rejimi belgilangan bo`lib, ularni soliqga tortish o`zga xos xususiyatlarga egadir. Bu xususiyatlar qo`yidagilardan iborat: Qishloq xo`jaligi tavar ishlab chiqaruvchi subyektlar uchun yagona yer solig`i joriy etilgan bo`lib, bu soliq to`lovi o`z schiga boshqa yuridek shaxislar tomonidan to`lanadigan bir qator soliqlarini birlashtinadi: Yagona yer solig`i stovkalari mamlakatimiz regonlari, yer hosildorligi ko`rsatgichlari va boshqa bir qator omillar hisobga olingan holda turli mintaqalar uchun turlicha – tabaqalangani holda belgilanadi3: Qishloq xo`jalik korxonalrining turli tashkiliy huquqiy shakillari soliqni hisoblash va yo`lashning o`ziga xos usullari hamda mudatlari nazarida tushiniladi: Qishloq xo`jalik korxonalarining turli tashkiliy huquqiy shakillari (Qishloq xo`jaligi yo`naltiruvchilari, firmer xo`jaliklari, dehqon xo`jaliklari, Davlat qishloq xo`jalik korxonalari va boshqalar) uchun imtiyozlarning o`ziga xos tizimi nazarda tutilgan va kuzatilgan. Qishloq xo`jalik korxonalari ham boshqa xo`jalik yuritovchi subyektlar singari davlat tamonidan belgilangan tartibda nazorat qilinadi1 va bunday nazoratning maqsadlaridan biri – ular tamonidan amaldagi qonunlar ijrosi ta`minlashini kuzatib borishdan iboratdir. Anna shunday nazoratni amalga oshirilishi shakillaridan biri – qishloq xo`jaligi tomonidan vakolatli davlat organlarini statistik va buxgalteriya hisoblashlarini taqdim etilishidir. Bunday hisobatlar taqdim etilishining prinsiplarini tartiblari tegishli qonunlarda belgilab quyilgan2. O`zbekiston Respublikasi qonun xujjatlari Bilan belgilangan tartibda qishloq xo`jalik korxonalari moliyaviy, xo`jalik faoliyati tekshirilishi mumkin va hozirgi paytda tekshirishlarni tartibga solish, naqonuniy tekshirishlarga yo`l qo`ymasoik yuzasidan hukimat tomanidan qat`iy choralar ko`rilmoqda. O`zyekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 20 iyundagi PF – 3620 – sonli “Mikro firmalar va kichik korxonalarini rivojlantirishni rag`batlantirishi borasidagi qo`shimcha chora tadbirlar to`g`risida” gi Farmoniga ko`ra3 yagona yer solig`i to`lovchilari bo`lmagan hamda mkro firma yoki kichik korxona maqomiga ega bo`lgan qishloq xo`jalik korxonalari 2005 yil 1 iyuldan boshlab yagona soliq to`laydigan va bu haqdagi hisobni yilning har choragida taqdim etiladigan bo`ldi. Yagona soliq stavkasi sotilgan tavarlar hajmining 6% miqdorida belgilanadi. Xo`jalik yuritovchi subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatdorligini himoya qilish tizimini yanada takomilashtirilishni, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun qulay huquqiy va iqtisodiy sharoit yaratish hamda javobgarlik yo`llarini halqaro huquqiy prinsiplarini joriy etish maqsadida O`zbekiston respublikasi Prezidentining 2005 yil 24 iyundag PF 3622 sonli farmoni bilan tadbirkorc subyektlarning xo`jalik soxasidagi qonun buzarliklari uchun moliyaviy javobgarligini erkinlashtirish chora tadbirlari joriy etildi va ushbu tartibga ko`ra xo`jalik subyektlarining, shu jumladan qishloq xo`jalik korxonalaring moliyaviy javobgarligi liberillashtiridi. Qishloq xo`jaligi korxonalarining moliyaviy xo`jalik faoliyati vakolatli davlat organlari tamonidan ularning qarori asosida yoki qishloq xo`jaligi korxonasining o`z tashabusiga ko`ra audisharlik tekshiruvidan o`tkazilishi mumkin. Bunday tekshirishni o`tkazish tartibi qonun xujjatlari bilan belgilab quyilgan4. Qishloq xo`jaliklari korxonalari tomonidan moliya qonunchiligi va moliya intizomiga qat`iy amal qilinishi ular faoliyatining muxim shartlaridan bo`lib sanaladi. 3. Qishloq xujalik korxonalarda bank hisob – kitob xamda kredit munasabatlari va ularni huquqiy tartibga solinishi. Qishloq xo`jalik korxonalari tadbirkorlarning boshqa subyektlari singari zamonaviy, bozor tamoyillariga mos keluvchi bank xizmatlari siz muvoqiyatni faoliyat yuritishlari mumkin emas. Qishloq xo`jaligi korxonalarining bank xizmatlaridan foydalanishlari Bilan bog`liq bo`lgan munasabatlar O`zbekiston Respublikasining Fuqoralik kodeksi (43 – 45 – boblari, 759 – 816 - moddalar)1. “Banlar va bank faoliyati to`risida” gi qonun2, boshqa bir qator qonun xujjatlari Bilan tartibga solinadi3. Shuningdek, “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to`g`risida” gi hamda qishloq xo`jaligi korxonalarining tegishli tashkiliy – g`uquqiy shartnomalariga taluqli qonunlarda (“Qishloq xo`jalik kaperotuvi (shirkat xo`jaligi) to`g`risida”gi, “Firmer xo`jaligi to`g`risida” gi, “Dehqon xo`jaligi to`g`risida” gi qarorlar) g`am qishloq xo`jaligi korxonalarining banniga oid g`amda hisob – kitob munasabatlarining huquqiy asoslari belgilab berilgan. Hisob – kitoblarni amalga oshirish bank xizmatlarini ko`rsatish masalalarini batafsil tartibga soluvchi qoidalar tegishli idoraviy me`yoriy hujjatlarda belgilab qo`yilgan. Qishloq xo`jalik korxonalariga bank xizmatlari ko`rsatish qishloq xo`jalik korxonasi xoxishiga ko`ra tanlangan tijorat bank bilan hisob – varag`i ochish orqali amalga oshiriladi. Hisob varag`i ochish tartib qoidalari tegishli idaroviy me`yoriy huquqiy xujjat Bilan belgilab quyilgan4. Bark hisob varag`i bilan bog`liq bo`lgan fuqoralik g`uquqiy munasabatlar O`zbekiston Respublikasi Fuqoralik kodeksining 771 – 789 – moddalarida nazarda tutilgan qoidalar bilan holda bank va qishloq xo`jalik korxonasi o`rtasida tuzilgan bank hisob varag`i shartnomasi Bilan tartibga solinadi. Bank hisob varag`i shartnomasi bo`yicha tomanlarning o`zora huquqiy va majburiyatlari g`amda javobgarliklari xam yuqoridagi qonunlar Bilan belgilanadi. Ma`lumki, O`zbekiston Respublikasi Fuqoralik kodeksining 790 – moddasi, 2 – qismiga ko`ra: “Yuridik shaxslar shrtasidagi hisob – kitoblar, shuningdek fuqoralarning tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bog`liq g`olda (masalan: Yuridik shaxs ta`sis qilmagan dehqon xo`jaliklari) ular ishtirokidagi hisob – kitoblar naqd pulsiz tartibda amalga oshiriladi”. Ular ishtirokida naqd pulda hisob – kitob qilinishiga faqat qonunda nazarda tutilgan xollarda yo`l qo`yiladi. Yuridik shaxslar va yuridik shaxs ta`sis etmagan yakka tadbirkorlar o`rtasidagi naqd pulsiz hisob – kitoblarning qo`yidagi shakillar belgilangan: a) to`lov topshiriqlari; b) akkretivlar; ye) cheklar Bilan hisob – kitob qilish; g) inkassa bo`yicha hisob – kitob qilish; d) qonun xujjatlarida va bank amaliyotidagi ish muomalasida nazarda tutilgan boshqa shakillarida hisob – kitob qilish. Shartnoma ishtirokchilari yuqoridagi hisob – kitob shakillarining istalgan ko`rinishini tanlashlari hamda shartnomada nazarda tutishlari mumkin. Naqd pulsiz hisob – kitob qilishning tartiblari va shartlari O`zbekiton Respublikasi Markaziy banki tamonidan 2002 yil 12 yanvarda ¼ - son qaror bilan ro`yxatga olingan “O`zbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob – kitoblar to`g`risidagi nizom” da nazarda tutilgan1. Xisob – kitob ishlarini tashkil etishda yuqoridagilar bilan birga O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan 1998 yil 24 yanvarda, Adliya vazirligi tamonidan 1998 yil 17 dekabrda 565 – song bilan ro`yxatga olingan “Yuridik shaxslar tomonidan kassa operatsiyalarini amalga oshirish qoidalari” va boshqa idoraviy me`yoriy xujjatlar g`am muxim o`rin tutadi. Xisob – kitoblarni o`z vaqtida, to`liq xajmda g`amda qlnun talablariga muvofiq ravishda amalga oshirilishi iqtisodiyot rivojiga pu muolimasi barfarorligiga xizmat qiladi. Naqd pulsiz hisob – kitob shakillarini har biriga xos bo`lgan hususiyatlarni batafsil ko`rib chiqamiz. To`lov topshirig`i bilan hisob-kitob qilish tijorat banklari amaliyotida eng ko`p uchraydigan hisob-kitob shaklidir. To`lov topshiriqnomasi bilan hisob-kitob qilinganida bank mijozning topshirig`iga muvofiq uning hisobvarag`idagi mablag`lar hisobidan ma`lum miqdor pul summasini mijoz ko`rsatgan shaxsning shu yoki boshqa bankdagi hisobvarag`iga qonun xujjatlarida nazarda tutilgan muddatlarda, agar bank hisobvarag`i shartnomasida qisqaroq muddat nazarda tutiltan bo`lmasa yoki u bank amaliyotida qo`llaniladigan ish muomalasi odatlarida belgilangan bo`lmasa, o`tkazish majburiyatini oladi. To`lov topshiriqnomasida mablag`larni oluvchi sifatida ko`rsatilgan shaxs bankdan to`lovni amalga oshirishni talab qilish huquqiga ega bo`lmaydi, bunday huquq qonunda yoki mijozning bank bilan tuzgan shartnomsida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. Mijoz tomonidan berilgan to`lov topshirig`i o`z shakli va mazmuniga ko`ra qonun xujjatlarida nazarda tutilgan talab hamda shartlarga mos kelishi lozim. To`lov topshiriqnomasining hamda u bilan birga taqdim etiladigan hisob-kitob xujjatlarining mazmuni va shakli bank qoidalarida belgilab qo`yilgan talablarga mos kelishi kerak. Mijozning topshirig`i uning hisobvarag`ida mablag`lar bo`lgan taqdirdagina, agar mijoz bilan bank o`rtasidagi shartnomada boshqa hol nazarda tutilgan bo`lmasa, bank tomonidan ijroga qabul qilinadi. Mijozning to`lov topshiriqnomasini qabul qilgan bank tegishli pul summasini topshiriqnomada ko`rsatilgan shaxsning hisobvarag`iga o`tkazish uchun uni mablag` oluvchining bankiga ushbu ma`lumotlar qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibda berilishi mumkin. Bank sirini tashkil etuvchi ma`lumotlar bank tomonidan oshkor qilingan taqdirda, huquqlari buzilgan mijoz keltirilgan zararning o`rnini qoplashni bankdan talab qilishi mumkin. Mijozning hisobvaraqda turgan pul mablag`larini tasarruf qilish huquqlarini cheklashga yo`l qo`yilmaydi, hisobvaraqda turgan pul mablag`larini xatlash yoki qonunda nazarda tutilgan xollarda hisobvaraq bo`yicha operatsiyalarni to`xtatib qo`yish hollari bundan mustasno. Bank hisobvarag`i shartnomasi mijozning arizasiga muvofiq istalgan vaqda bekor qilinadi. Banknig talabiga ko`ra bank hisobvarag`i shartnomasi quyidagi hollarda sud tomonidan bekor qilinishi mumkin: mijozning hisobvarag`ida saqlanayotgan pul mablag`lari summasi bank qoidalarida yoki shartnomada ko`zda tutilgan eng kam miqdordan oz bo`lganlar bunday summa bank bu xaqda ogoxlantirgan kundan boshlab bir oyda tiklanmasa; agar shartnomada boshqa muddat nazarda tutilgan bo`lmasa, ushbu hisobvaraq bo`yicha bir yil davomida operatsiyalar qilinmagan bo`lsa. Hisobvaraqdagi pul mablag`larining qoldig`i mijozning tegishli yozma arizasi olinganidan keyin kechi bilan yetti kun ichida mijozga beriladi yoki uning ko`rsatmasiga muvofiq boshqa hisobvaraqqa o`tkaziladi. Bank hisobvarag`i shartnomasining bekor qilinishi mijoz hisobvarag`ini yopish, uchun asos bo`ladi. Kodeksning 792-moddasi birinchi qismida belgilab qo`yilgan muddatlarda o`tkazishi shart. Bank mijozning topshiriqnomasida ko`rsatilgan hisobvaraqqa pul mablag`larini o`tkazish operatsiyalarini bajarish uchun boshqa banklarni jalb qilishga haqli. Bank mijozning talabiga ko`ra, agar qonunda boshqacha tartib belgilab qo`yilgan bo`lmasa, topshiriqning bajarilganligi haqida unga darhol xabar berishi shart. Mijozning topshirig`i bajarilmagan yoki tegishli darajada bajarilmagan taqdirda, bank buning uchun ushbu Kodeksning 327-moddasiga muvofiq javobgar bo`ladi. To`lov topshiriqnomasi bo`yicha hisob-kitob operatsiyalarini amalga oshirishda ishtirok etadigan banklar ushbu topshiriqni bergan shaxs oldida solidar javobgar bo`ladilar. Download 52.52 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling