Mavzu: Pedagogik kompitentlikni shakllantirish va rivojlantirishda motivatsiya.
time 18:40dan
19:40gacha
Roziqova M, Ergasheva N,
Tursunaliyeva M.
Reja:
1.Motivatsiya
haqida tushuncha
2.Kasbiy
kompitentlik
PART 01
Motivatsiya haqida tushuncha
Motivatsiya
“Motivatsiya” tushunchasi “motiv” tushunchasidan kengroq ma’no va mazmunga ega. Shaxsning jamiyatda odamlar orasidagi xulqi va o‘zini tutishi sabablarini o’rganish tarbiyaviy ahamiyatga ega bo’lgan narsa bo’lib, masalani yoritishning ikki jihati farqlanadi:
Ichki sabablar xatti-harakat egasining subyektiv psixologik xususiyatlari nazarda tutiladi (motivlar, ehtiyojlar, maqsadlar, mo’ljallar, istaklar, qiziqishlar)
Tashqi sabablar faoliyatning tashqi shart-sharoitlari va holatlari - ayni konkret holatlarni kelib chiqishiga sabab bo’ladigan tashqi stimullardir
Shuni ham ta’kidlab o’tish kerakki, motivlarning rivojlanishi, motivlashgan yangi ma’lumotlarning paydo bo’lishi, faoliyat muhiti doirasidagi o’zgarishlar tufayli amalga oshiriladi. SHaxsning jamiyatda odamlar orasidagi xulqi va o‘zini tutishi, mehnat qilib, faollik ko‘rsatishi tarbiyaviy ahamiyatli jihat bo‘lib, fan uning yuqorida keltirilgan ikki tomonini farqlaydi. Nazariyada shakllantirilgan boshqa yondashuvlarni ham biz ilgari surayotgan turkumlanishga solishtirib, ular oʻrtasidagi oʻzaro bogʻliqlikni isbotlash mumkin. Dweck va Elliott (1983) amalga oshirish maqsadlari va o‘qish maqsadlari kabi turkumlanishni ta’riflab oʻtgan. Bu yerda amalga oshirish maqsadlari yakuniy ifoda yondashuviga hamda o‘qish maqsadlari shaxsiy taraqqiyot yondashuviga mosroq ekanligi kuzatiladi. Shuningdek, Dweck va Elliottning qarashlariga koʻra imkoniyat va mohirlik maqsadlari ham keltirib oʻtilgan (Nichollas, 1984). Mazkur yondashuvlarda ayrim farqlar kuzatilsada (Pintrich, 2003), bizning turkumlashimizda koʻriladigan asosiy ifodalar boshqa yondashuvlarda ham kuzatilayotganligi hamda ularning ma’no va mazmun jihatdan bir-biriga yaqinligi aniqlandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |