1 Moylarni rafinatsiyalash va gidrogenizatsiyalash. Margarin va margarin mahsulotlari ishlab chiqarish


Paxta yog’‘ining ishqorli rafinatsiyasi


Download 1.07 Mb.
bet15/51
Sana13.04.2023
Hajmi1.07 Mb.
#1355655
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   51
Bog'liq
portal.guldu.uz-Ixtisoslikka kirish (1)

Paxta yog’‘ining ishqorli rafinatsiyasi. Paxta moyi tarkibida gossipol va uning o‘zgargan holatdagi hosilalari bo‘lgani uchun uni rafinatsiyalash ancha qiyichiliklar tug‘diradi. O‘zgargan gossipol hosilalari jadal spektor yutish xususiyatiga ega. Ular kislota xarakterli funksional gruppalarga ega bo‘lmagani uchun hatto konsentrlangan ishqor bilan ham reaksiyaga kirishmaydi.
Paxta moyini muhim sifat ko‘rsatgichlaridan biri uning rangidir. DST bo‘yicha rafinatsiyalangan paxta moyining rangi doimiy 35 sariq birlikdagi qizil birlik bilan baholanadi; bu ko‘rsatgichda muvofiq moy navlarga ajratiladi: oliy nav-7, birinchi nav-10, ikkinchi nav-16.
Shu sababli paxta moyi rafinatsiyasi nafaqat erkin yog’‘ kislotalarini yo‘qotish, balki gossipolni ham yo‘qotishga xizmat qiladi. Agar I va II navli yaxshi urug‘lardan olingan moy bo‘lsa, unda o‘zgargan gossipol kam bo‘ladi va uni rafinatsiyalash odatdagi ishqoriy qayta ishlash bilan amalga oshirilishi mumkin. IV va quyi navli urug‘lar qayta ishlanganda, olingan moy kislota soni yuqori va tarkibidagi o‘zgargan gossipol hosilalari hisobidan rangi to‘q bo‘ladi. Bunday moylarni rangini bir marta ishqoriy neytrallash bilan pasaytirib bo‘lmaydi. Shu sababli past navli paxta chigitidan arzon, tiniq moylar olish maqsadida rafinatsiyalashning yangi usullarini topish ishlari to‘xtatilgani yo‘q.
Paxta moyini antranilat kislotasi bilan qayta ishlanganda, antranil kislota u gossipol va uning hosilalari, masalan gossifosfatidlar bilan reaksiyaga kirishadi. Natijada moyda yomon eriydigan mahsulotlar hosil bo‘ladi. Filtrlashdan so‘ng olingan cho‘kma va yog’‘sizlangan mahsulot antranilat gossipol deb ataladi.
Antranilat kislotasi yordamida moydan yoki misselladan 90% gacha gossipol va uning hosilalarini ajratib olish mumkin. Antranilat gossipol qoldig‘i va reaksiyaga kirishmay qolgan atranil kislotasi moyni ishqor bilan neytrallash orqali yo‘qotiladi. Hisoblanganiga ko‘ra ishlatiladigan atranil kislotasi miqdori har 1% gossipol uchun 0,53% ga teng.
Antranilat kislotasi bilan gossipol yo‘qotilgandan keyin moyning rangi taxminan 2 barobar, gossipol miqdori 5-10 barobar moyni kislota soni 0,5-1mg KON ga va fosfatidlar miqdori 3-6 barobar kamayadi.
Rafinatsiya qilinmagan paxta yog’‘ida 0,1 dan 2 % gacha gossipol va uning birikmalari mavjud, u yog’‘ning rangini xiralashtiradi.
Gossipol natriy bilan reaksiyaga kirishib, gossipolyat natriyni hosil qiladi. U suvda erib, osonlik bilan yog’‘dan ajraladi. Gossipolning o‘zgarishidan hosil bo‘lgan mahsulotlar sovunning (soapstok) absorbsiyasi hisobiga ajraladi.
Rjexin paxta yog’‘idan gossipolni ajratish usulini ishlab chiqkan. Bu usulda asosan paxta yog’‘i antranil kislotasi bilan ishlanib yog’‘da erimaydigan antronilat gossipol hosil bo‘ladi.
Agar yog’‘da gossipol miqdori 0,5 % dan oshsa antranilat kislotasi bilan ishlanadi. Bu jarayonni yog’‘da va missellada bajarish mumkin.

Download 1.07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling