1. Moyli urug`larni saqlashda quyiladigan talablar. Saqlash usullari
Moyli urug`larni saqlash omborlariga quyiladigan talablar
Download 64.5 Kb.
|
moyli urug\'larni saqlash
3.Moyli urug`larni saqlash omborlariga quyiladigan talablar
Moyli urug`lar asosan ikki xil usulda – yerda uyum xolda va siloslardan saqlanadi. Moyli urug`lar paxta chigitidan tashqari bir-ikki oy ichida yig`ishtirilib qayta ishlashga topshiriladi va yil davomida qayta ishlanadi. Bu xom ashyoni yil davomida qayta ishlash uchun ularni saqlashni tug`ri tashkil etish muhim ahamiyatga ega. Yog`-moy zavodlari kamida ikki oyga yetadigan xom ashyoni saqlash sig`imiga ega bo`lgan omborlar bilan ta`minlanishi zarur. Moyli xom ashyolarni yerda uyum xolda saqlashga muljallangan binolar omborlar deb atalib, ular bir etajli poli gorizontal va kiya shaklda bo`lib devori gisht, temir biton yoki yog`ochdan qilingan bo`ladi. Bu omborlarda xom ashyoni 10 m balandlikgacha uyum xolda saqlash mumkin. Uyum xolda moyli xom ashyoni saqlanadigan omborlar konstruktsiyasining tuzilishi va mexanizatsiya darajasiga ko`ra turlicha bo`ladi, bunday omborlarning tuzilishi 3- rasmda ko`rsatilgan. Moyli urug`larni siloslarda saqlash usuli, ular balandligining 30-40m bo`lishi bilan xarakterli bo`lib, bu usulda saqlanadigan omborlarga elevatorlar deyiladi. Bunday omborlarda hamma ishlarni tuliq mexanizatsiyalash, avtomatik boshqarish va sig`imlardan tuliq foydalanish imkoniyatlari mavjud. Elevatorlar konstruktiv tuzilishi va joylashishiga ko`ra bir necha turlarga bo`linadi, ularning kurinishi 4-rasmda ko`rsatilgan. Moyli xom ashyolar saqlanadigan omborlar texnik, texnologik, qurilish va iqtisodiy talablarga javob berish zarur. Bu talablar ichida eng asosiy texnologik nuktai nazardan xom ashyog`a tirik organizm ekanligini hisobga olish zarur. 1.Omborxonalar quyidagi talablarga javob berishi kerak: -moyli urug`ni sifati va miqdori uzgarmasdan saqlashni ta`minlanishi. Buning uchun uni yomgir, kor miqdorini uzgartirmasdan saqlashni ta`minlash. Buning uchun uni yomgir, kor va yer osti suvlardan ximoya qilish zarur; -omborxona issiqlikni kam utkazadigan, gigroskopikligi yaxshi bo`lgan kurilish materiallardan kurilishi kerak; -xom ashyo zaxirasi turli zararkunanda xasharotlar kirishidan ximoyalanishi kerak. -omborxonaning kurilish konstruktsiyalari oddiy bo`lishi kerak. Omborxona devorlari gaz utkazmaydigan bo`lishi zarur; -shamollatish qurilmalari bilan jixozlanishi, urug`lari kuchirish mexanizmlari va uzining aloxida tarozisi bo`lishi kerak. 2.Omborxonada bajariladigan hamma ishlar imkon sadar mexanizatsiyalashtirilgan bo`lishi kerak. 3.Omborxonalar urug`ni tozalaydigan va quritadigan qurilmalar bilan jixozlangan bo`lishi va bu qurilmalar urug` xususiyatlarga mos xolda bo`lishi kerak. 4.Ombordagi urug` tozalash va quritish qurilmalarining ish unumdorligi qayta ishlaydigan urug` miqdoriga, texnologik talablarga mos bo`lishi kerak. 5.Omborxona yetarli darajadagi aloqa va yullar bilan ta`minlangan bo`lishi kerak. 6.Omborxonaning sig`imi iqtisodiy asoslangan bo`lishi va maksimal miqdordagi xom ashyoni saqlash imkoniyatiga ega bo`lishi kerak. Omborxonada turli navdagi urug`lar saqlanishi uchun yetarli bo`limlari bo`lishi kerak. Omborxonada quyidagilar bo`lishi zarur: - devor va pollari tuzatilgan, osti tekis, shikastlanmagan, derazalarga shisha utkazilgan; -eshiklar tuzatilgan, mustaxkam bekitiladigan, omborxonani shamollatish vaqtida eshiklarga maxsus panjaralar bo`lishi kerak. xom ashyo uyumi ustida havoni almashtirish uchun maxsus tuynuqlar kerak, - omborxona atrofidagi yomgir va kor suvlari okadigan ariklar tozalangan bo`lishi kerak. Omborxonalarning xom ashyo qabul qiladigan chuqurlari va tunellar quruq, yaxshi shamollatishga va kuzatishga qulay bo`lishi kerak. Xom ashyoni kabo`l qilmasdan oldin omborxona yaxshilab tozalanishi va dizenfektsiyalanishi kerak. Ishlatiladigan hamma qurilmalar texnika xavfsizligi, yong`inga qarshi ximoya talablariga javob berishi kerak. Download 64.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling