1. Moyli urug`larni saqlashda quyiladigan talablar. Saqlash usullari


Moyli urug`larning saqlash omborlarini turlari


Download 64.5 Kb.
bet4/5
Sana14.12.2022
Hajmi64.5 Kb.
#1003748
1   2   3   4   5
Bog'liq
moyli urug\'larni saqlash

4. Moyli urug`larning saqlash omborlarini turlari
Moyli urug`lar saqlanadigan omborlar u yerdagi ishlarning mexanizmlar yordamida bajarilish darajasiga ko`ra:
1.Mexanizasiyalashtirilmagan;
2.Yarim mexanizatsiyalashtirilgan;
3.Mexanizatsiyalashtirilgan turlarga bo`linadi.
4.1.Mexanizatsiyalashtirilgan va mexanizatsiyalashtirilmagan omborlar. Mexanizatsiyalashtirilmagan omborlarning poli gorizontal bo`lib muhim o`rnatilgan tushirish qurilmalari bilan jixozlangan. Bunday omborlar devori tosh, gisht va yog`ochdan bo`lib balandligi 3,2 m bo`lad, ularning sig`imi, shakli turlicha bo`lib 5-rasmda ko`rsatilgan. Ular maksimal sig`imining 70% ga xom ashyo sig`imi mumkin. Bunday omborlar oldiga urug`larni tozalash va quritish inshootlari ham birgalikda kurilishi mumkin.
Bunday omborlarda xom ashyo vaqtincha yoki uzoq muddatda saqlanishi mumkin. Bu tipdagi omborlarni kam xarajat sarf qilib mexanizatsiyalashtirish imkoniyatlari mavjud.
Mexanizatsiyalashtirilmagan omborlari urug`larni tushirish va yuklashda kuchma xarakatlanuvchi mexanizmlar yordamida bajariladi,bu kuchma mexanizmlarni ishlatish ko`p mexnat va xarajat talab etadi.Bunday omborlarni bir qism muhim o`rnatilgan mexanizmlar bilan jixozlash mumkin, bunda bajariladigan ikki operatsiyadan (yuklash yoki tushirish) biri muhim o`rnatilgan mexanizmlar yordamida,boshqasi qushma mexanizmlar yordamida amalga oshiriladi.
Mexanizatsiyalashtirilgan omborlarning poli gorizontal va konus shaklida bo`lib unda urug` uyum xloda saqlanadi,ularda bir xil partiyadagi 5-6 ming tonna urug`ni saqlash mumkin. Bunday omborlarda urug`ni qabul qilish qilish va uzatish ishlari muhim o`rnatilgan mexanizmlar yordamida amalga oshiriladi,ular ostki va ustki transportyorlar bilan jixozlangan. Ostki transportyorlar omborxona poli ostida galereyalarda o`rnatiladi. Turli kurinishdagi mexanizatsiyalashtirilgan omborlar 6-rasmda o`rnatilgan.
4.2.Paxta chigiti saqlanadigan omborlar. Ko`p yillar davomida yog` zavodlarida paxta chigiti piramida shaklidagi buntlarda ochik xolda saqlanar edi. Buntda saqlashning kamchiligi shundaki, chigitni buntlash yoki buntni buzib undan chigitni ishlab chiqarishda uzatish vaqtida ob-havo uzgarib namgarchilik bo`lsa, chigit namlanib qoladi va quritish qiyin bo`ladi. Lekin ob-havo qulay bo`lgan vaqtda buntlangan chigit ustiga bir marta yomgir yog`ib utgandan keyin uning ustida 5-10 sm qalinlikda katkalok hosil bo`lganligi uchun u bir necha oy buzilmay yaxshi saqlanishi mumkin.
Chigit qayta ishlanadigan zavodlarda vagon yoki avtomashinada chigit qabul qilib oladigan joylar bilan omborlar orasida tunnel quriladi va chigit lentali transportyor orqali uzatiladi. Ombor bilan chigit tozalash bo`limlar orasda ham tunnel bo`ladi.
Xozirgi vaqtda yog`-moy zavodlarida zamonaviy paxta chigitini saqlash omborlari qurilgan bo`lib uning umumiy kurinishi 7-rasmda ko`rsatilgan, bu omborlar aktiv shamollatish jixozlari bilan ta`minlangan. Bunday omborlar yigma temir beton konstruktsiyasidan kurilgan bo`lib unda chigitni navlar bo`yicha saqlash uchun sektsiyalarga bo`lingan.Paxta chigiti qabul qilish qurilmasidan 3 noriya orqali ustki galeriyadagi 1 lentali transportyorga uzatiladi.CHigitni sektsiyalariga taksimlash uchun maxsus 2 novalar o`rnatilgan bo`lib lentali transportyordan chigit shu novalarga beriladi.CHigitni ishlab chiqarishda uzatish uchun omborni ikki tomonida ayvon ostida kanal utkazilgan bo`lib uning ichiga 5 lentali transportyor o`rnatilgan. Omborxona polida muhim o`rnatilgan 4 shnekli transportyorlar bo`lib ular chigitni 5 lentali transportyorda uzatish uchun xizmat qiladi. Bunday omborlarda bajarilgan hamma ishlar mexanizatsiyalashtirilgan. Xar bir sektsiyadagi urug`ning harorati avtomatik harorat ulchash qurilmalari yordamida nazorat qilib boriladi.

Adabiyotlar:



  1. В.М.Копейковсий и др. Технология производства растительных масел. – М.: Легкая и пищевая промышленность, 1982 г.

  2. В.Г.Шербаков. Технология получения растительных масел. М.: Колос. 1992 г.


  3. Download 64.5 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling