3. MPlarda ishlatiladigan minmal kodlarni tashkillashtirishning struktura sxemasi .
Minimal kodlashda mikrooperatsiyalar zonasi alohida maydonlarga bo’linadi. Ularning har biri ma’lum razryadlar soniga ega bo’ladi va kombinatsiyali dekodlaydigan sxema orqali amallar qurilmasini aniq boshqaradi. Har xil maydonlarning qiymatlari bir biriga bog’lik emas.Minimal kodlash strategiyasi gorizontal mikroprogrammalashga olib keladi.Mikrokomandaning har bir razryadi tegishli blokning yoki amallar qurilmasi uzelining ishlashini boshqarib turadi.Mikrooperatsiyalar zonasining razryadi boshqaruvchi qurilmalarning soniga teng.
Maksimal kodlashda mikrooperatsiyalar zonasi formatlar zonasini va mikrooperatsiyalar maydonini o’z ichiga oladi .Har bir format bitta amallar blokini boshqarish uchan kerak.Har bir formatga belgilab qo’yilgan (terilgan) mikrooperatsiyalar mavjud.Maksimal kodlanadigan mikrokomandalar kichkina razryadlarga ega, biroq murakkab deshifratsiyalashni talab etadi, u bir qancha amallar blokini boshqarishga imkon bermaydi.
15-rasm.Mikrooperatsiyalar zonasida minimal kodlashnin jarayoni
16-rasm.Mikrooperatsiyalar zonasida maksimal kodlash jarayoni .
O’tilgan mavzu yuzasidan savollar.
1. Boshqariluvchi qurulmalarga qanday talablar qo’yiladi?
2.Egiluvchan logikali boshqaruvchi qurulma deganda nimani tushunasiz?
3.Boshqaruvchi qurulma tashkil etadigan buyruqlarni keltiring.
4.Buyruqlar sanagichi registrini qiymatlarini boshqaruvchi qurulmaga bog’liqligini tushuntiring.
Do'stlaringiz bilan baham: |