1. mp LI boshqarish qurilmalarining tuzilishi. Mikroprogrammali boshqaruvchi qurilmalar
Mikroprogrammali boshqaruvchi qurilmalar
Download 91.53 Kb.
|
9-Ma\'ruza. Mikroprosessor tuzilishi,boshqarish qurilmasi
2.Mikroprogrammali boshqaruvchi qurilmalar.
1.Doimiy xotira qurilmasi (DXQ) yoki qayta programmalashtiriladigan xotira qurilmasi (QPXQ- PPZU) asosidagi usul. Bu usulni amallarni bajarish sxemasi yoki apparatli boshqarish usuli ham deyiladi. 2.Programmalashtiriladigan logik matritsa (PLM) yoki amallarni bajarishni mikroprogrammali boshqarish (egiluvchan boshqarish logikasi) usuli. Birinchi usulda mikrokomandalarning xotira blokini DXQ, QPXQ (REPZU) kabi xotirali standartli KIS ga birlashtiradi yoki o’rta integratsiyalangan sxemada alohida qurilma ko’rinishida tayorlaydi. PLM negizida qurilgan BQlarda hamma bloklar tugallangan raqamli avtomat ko’rinishidagi bitta KIS ga biriktiriladi. Bunday BQni ishlash konuniyati matritsaning ichki magistralini ulanishi (kommutatsiyasi) bilan aniqlanadi. Amallarni sxemali boshqarish deganda xotira elementlaridan va logik elementlardan tuzilgan BQ tushuniladi. Bunday BQ bir xil bo’lmagan tuzilishga ega bo’ladi va katta tezlikni ta’minlaydi. Sxemali va mikroprogrammali BQ o’zining asosida mikroprogrammali boshqarish negizidan foydalaniladi. Ular orasidagi farqi shundaki, ya’ni mikroprogramma negizini har xil texnik yo’l bilan amalga oshirishdadir. Sxemali BQ da mikroprogrammalar sxemaga logik elementlar orqali mahkamlab (kavsharlab) qo’yilgan (ulangan) aloqasi bilan aniqlanadi. Mikroprogrammali BQ ni ishlash tavsifi maxsus xotiraga kiritilgan mikroprogrammalardan kelgan ma’lumotlar bilan aniqlanadi. Mikroprogrammalash bitta mikroprogrammali buyruq orqali, berilgan amalni bajarish uchun mikrokomandalar ketma-ketligi bilan almashtirishga imkon beradi. Masalan "bo’lish" mikroprogrammali buyrug’i DXQga yozilgan butkul mikrokomandalar ketma-ketligi bilan almashtiriladi. Ko’p kristalli mikroprogrammali boshqaruvchi MP da dasturchi va foydalanuvchi murojaat qilaoladigan tashqi mikro-programmalash usuli ishlatiladi. Bunday usulda mikroprogrammalar ma’lumotni bir marta yoki ko’p yozadigan maxsus mikroprgrammali xotira qurilmasida saqlaydi. Bu yorda sistemadan foydalanuvchi DXQ, QPXQ ni yangisiga almashtirish yo’li bilan yoki boshqatdan programmalash yo’li bilan mikrokomandaning, mikroprogrammaning qiymatini almashtirish mumkin. Mikroprotsessorda ishlatiladigan boshqaruvchi qurilmaning MP ni BQ si hozirgi buyruqqa asosan tegishli mikroprooperatsiyalar ketma-ketligini bajarishni ta’minlaydi va bajarilayotgan programmaga tegishli programmaning buyrug’ini tanlashni ta’minlaydi. 13-rasmda mikroprogrammali boshqaruvchi qurilmaning umumlashtirilgan sxemasi keltirilgan. Bu qurilma quyidagi bloklarni o’z ichiga oladi: Mikroprogrammalarning xotira bloki; Mikrokomanda adreslarini ishlab chiquvchi blok; Mikrokomandalar deshifratorining bloki; Sinxronizatsiyalovchi blok. 13-rasm. Boshqaruvchi qurilmaning umumlashtirilgan sxemasi. Bu yerda, mikroprogrammaning xotira bloki mikrokomandalarni saqlash uchun belgilangan. Mikrokomandalar adreslarini ishlab chiquvchi blok navbatdagi mikrokomandaning adresini tashkil etish uchun mo’ljallangan. Navbatdagi mikrokomandaning adresini shakllantirish bajarilayotgan mikrokomandaning kodiga, ALQda bajarilayotgan amalni kodining belgisiga, protsessorni sinxronizatsiya-lovchi va vaqtincha to’xtatuvchi bloklarining ma’lumotlariga bog’lik. Sinxronizatsiyalashtiruvchi blok MP ni asosiy bloklarini ketma-ket ishlashini ta’minlash uchun, boshqarish xabarlarini qabul qilish va ketma-ket sinxrosignallar ishlab chiqish uchun kerak. Mikrokomandalar deshifratori bajaruvchi bloklarga beriladigan boshqaruvchi xabarlarni ishlab chiqish uchun ishlatiladi. MPli qurilmalarda, asosan, mikroprogramma asosida ishlaydigan boshqaruvchi qurilmalar ishlatiladi. Mikrokomanda so’zi quyidagi tipik formatni o’z ichiga oladi:(2.5-rasm) mikrooperatsiya zonasi; navbatdagi adresning zonasi; xizmatchi razryadlar zonasi; boshqaruvchi razryadlar zonasi; Mikrooperatsiya zonasi bajarilayotgan amalni kodini o’z ichiga oladi. Mikroprogrammalashtirish amaliyotida mikrooperatsiyalar zonasi alohida kodlashning asosiy strategiyasi bor: minimal vamaksimal kodlash. 2.5-rasm. Mikrokomandaning tipik tuzulishi va uni tashkil etuvchi zonalarining bajaradigan vazifalari Download 91.53 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling