1. mp LI boshqarish qurilmalarining tuzilishi. Mikroprogrammali boshqaruvchi qurilmalar
Download 91.53 Kb.
|
9-Ma\'ruza. Mikroprosessor tuzilishi,boshqarish qurilmasi
9-MA’RUZA. MP ishlatiladigan boshqaruvchi qurilmaning tuzilishi REJA: 1. MP li boshqarish qurilmalarining tuzilishi. 2. Mikroprogrammali boshqaruvchi qurilmalar. 3. MPlarda ishlatiladigan minmal kodlarni struktura sxemasi. 1. MP li boshqarish qurilmalarining tuzilishi. Boshqaruvchi qurilma (BQ) quyidagi vazifalarni bajara olishi kerak: programmaga asosan navbatdagi buyruqni adresini tashkil etishi; OXQ (OZU) yoki DXQ (PZU) dan navbatdagi buyruqni chaqirishi; buyruqlar registriga bajarishga mansub bo’lgan buyruqni yozib qo’yishi; amallar buyrug’ining kodini shifrlash natijasi bo’yicha xabarlarni ishlab chiqishi va ularni amallarni bajarish uchun kerakli ketma-ketlikda mashinaning bloklari hamda qurilmalariga yuborishi; OXQ dan operandlarni tanlashi va ularni ALQ dan OXQga operandlarning adresini berishi; Bajarilgan amalning natijasini ALQ dan OXQga yuborishi yoki keyinchalik hisoblashda foydalanish uchun AKga qoldirishi; EHM ni ishga tushirishi va to’xtatishi, uni har xil rejimlarda ishlashini nazorat qilishi (avtomatik, davriy, taktli ishlashi); Qiymatlarni kiritishni, chiqarishni ta’minlashi va boshqalar. MP (mikroEHM) orqali bajariladigan har xil amal (arifmetik, logik boshqaradigan, o’tkazadigan va boshqalar) murakkab harakatlardan tashkil topgandir va qator oddiy - bitta taktli harakatga yoki mikroamalga bo’linadi: Boshqaruvchi qurilma OXQ ga ALQdan operandalarni uzatish, operandlarning ishorasini o’zgartirish, o’tkazish va shunga o’xshash vazifalarni bajaradi. Har bir mikroamalni bajarish maxsus xabarlar yordamida amalga oshiriladi. Maxsus xabarlar yordamida BQ da impuls yoki potentsial ishlab chiqiladi va kerakli vaqtda tegishli boshqaruvchi shinalar orqali elektron sxemalarga yuboriladi. Berilgan buyruqni amalga oshiradigan mikroamallar to’plamini bu amalning mikroprogarammasi deyiladi. MP bitta mikroamalni yoki mikrobuyruqni bajarishga sarf qilgan vaqtini mashina takti deyiladi. Bitta amalni (qo’shish) bajarishga sarf qilingan vaqtni mashina davri deyiladi. Hozirgi MP va mikroEHM boshqaruvchi impulslarni ishlab chiqadigan quyidagi ikki usuldan foydalaniladi: Mikroprogrammali boshqaruvchi qurilmalar; Sxemali (apparatli) boshqaruvchi qurilmalar; Kombinatsiyalangan boshqaruvchi qurilmalar; Download 91.53 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling