1. Mudofaa va milliy xavfsizlik / Harbiy xizmat
Download 203.15 Kb.
|
436-II 12.12.2002
- Bu sahifa navigatsiya:
- II.Serjantlar tarkibi
- III.Ofitserlar tarkibi Kichik ofitserlar tarkibi
- Katta ofitserlar tarkibi
- Generallar tarkibi
(9-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 25-avgustdagi O‘RQ-634-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.08.2020-y., 03/20/634/1218-son) Qurolli Kuchlardagi oliy harbiy unvon armiya generali bo‘lib, bu unvon (urush davrida) O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining Oliy Bosh qo‘mondoniga, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi mudofaa vaziriga beriladi. Oldingi tahrirga qarang. Yuridik yoki tibbiy yo‘nalishdagi harbiy hisobdagi ixtisoslikka ega bo‘lgan ofitserlar tarkibidagi harbiy xizmatchi va harbiy xizmatga majburning harbiy unvoniga tegishincha “adliya” yoki “tibbiy xizmat” so‘zlari qo‘shiladi. (9-moddaning oltinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 25-avgustdagi O‘RQ-634-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.08.2020-y., 03/20/634/1218-son) Rezervdagi, zaxiradagi yoki iste’fodagi fuqarolarning harbiy unvoniga tegishincha “rezervdagi”, “zaxiradagi” yoki “iste’fodagi” degan so‘zlar qo‘shiladi. Oldingi tahrirga qarang. Harbiy unvon berish va harbiy unvondan mahrum qilish, shuningdek harbiy unvonini pasaytirish hamda harbiy unvonini tiklash qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi. (9-moddaning sakkizinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) Oldingi tahrirga qarang. Harbiy burchni jiddiy tarzda buzganlik, hokimiyatni suiiste’mol qilganlik, qonunlar va umumharbiy nizomlar bilan o‘z zimmasiga yuklatilgan talablar va majburiyatlarni favqulodda vaziyatlarda bajarmaganlik uchun generallar tarkibidagi shaxslarning harbiy unvoni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan pasaytirilishi mumkin. (9-moddaning to‘qqizinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 25-avgustdagi O‘RQ-634-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.08.2020-y., 03/20/634/1218-son) Oldingi tahrirga qarang. Ofitserlar tarkibidagi harbiy xizmatchilarni, shu jumladan rezerv yoki zaxiradagi shaxslarni harbiy unvondan ular og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyat uchun hukm etilganida faqat sudning qaroriga ko‘ra mahrum etish mumkin. (9-moddaning o‘ninchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 25-avgustdagi O‘RQ-634-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.08.2020-y., 03/20/634/1218-son) Oldingi tahrirga qarang. Serjantlar tarkibidagi harbiy xizmatchilarni harbiy unvondan harbiy xizmatchi tomonidan nojo‘ya xatti-harakatlar sodir etilganligi uchun boshqa intizomiy jazo choralari yetarli bo‘lmagan taqdirda, sudning yoki vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar rahbarlarining qaroriga ko‘ra mahrum etish mumkin. (9-modda O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 25-avgustdagi O‘RQ-634-sonli Qonuniga asosan o‘n birinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.08.2020-y., 03/20/634/1218-son) [OKOZ: 1.15.00.00.00 Mudofaa / 15.12.00.00 Harbiy xizmat / 15.12.08.00 Harbiy lavozim] 10-modda. Harbiy lavozimlar Harbiy lavozimlar (harbiy xizmatchilar egallashi lozim bo‘lgan shtat lavozimlari) va ularga muvofiq keladigan harbiy unvonlar harbiy qismlarning, harbiy xizmat nazarda tutilgan boshqaruv organlarining vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar muassasalarining shtatlarida nazarda tutiladi. Harbiy lavozimlar oddiy askarlar, serjantlar va ofitserlar tarkibi lavozimlariga bo‘linadi. Qurolli Kuchlarda oliy qo‘mondonlik lavozimlariga tayinlash va lavozimidan ozod qilish O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan amalga oshiriladi. Harbiy xizmatchilarni lavozimga tayinlash va lavozimidan ozod qilish, shuningdek harbiy xizmatchilarning xizmat joyini o‘zgartirish O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risidagi nizom bilan belgilanadi. Oldingi tahrirga qarang. Harbiy xizmatchilar qonunchilikda belgilangan tartibda harbiy xizmatda qoldirilgan, shuningdek harbiy xizmatchilar uchun belgilangan ta’minotning barcha turlari, kafolatlar va imtiyozlar saqlangan holda davlat-huquq hamda mudofaa yo‘nalishidagi ishlarni bajarish uchun davlat hokimiyati va boshqaruvi organlariga, boshqa tashkilotlarga yuborilishi mumkin. (10-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) [OKOZ: 1.15.00.00.00 Mudofaa / 15.12.00.00 Harbiy xizmat / 15.12.07.00 Harbiy forma, farqlovchi belgilar] 11-modda. Harbiy xizmatchilarning harbiy kiyim-kechak va farqlovchi nishonlari Harbiy xizmatchilarning harbiy kiyim-kechak va farqlovchi nishonlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi. Harbiy xizmatchilar, shuningdek harbiy yig‘inlarga jalb etilgan harbiy xizmatga majburlar harbiy unvonni va qo‘shin turini farqlovchi nishonlari bo‘lgan harbiy kiyim-kechakda yuradilar. Oldingi tahrirga qarang. Harbiy kiyim-kechakda yurish qoidalari harbiy xizmat nazarda tutilgan vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning rahbarlari tomonidan belgilanadi. (11-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 25-avgustdagi O‘RQ-634-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.08.2020-y., 03/20/634/1218-son) Harbiy kiyimda yurish huquqiga ega bo‘lmagan fuqarolarning harbiy xizmatchilarning harbiy kiyim-kechagini kiyib va farqlovchi nishonlarini taqib yurishi taqiqlanadi. [OKOZ: 1.15.00.00.00 Mudofaa / 15.11.00.00 Harbiy majburiyat / 15.11.04.00 Harbiy xizmatga tayyorgarlik] II. FUQAROLARNI HARBIY XIZMATGA TAYYORLASh 12-modda. Chaqiriluvchilarni harbiy xizmatga tayyorlash Chaqiriluvchilar bilan olib boriladigan harbiy xizmatga tayyorgarlik ishlari quyidagilarni qamrab oladi: chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik; chaqiriluvchilarning harbiy-texnika mutaxassisliklari bo‘yicha tayyorgarligi; Oldingi tahrirga qarang. oliy harbiy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishga tayyorgarlik; (12-modda birinchi qismining to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 25-avgustdagi O‘RQ-634-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.08.2020-y., 03/20/634/1218-son) jismoniy tayyorgarlik, davolash-sog‘lomlashtirish ishlari; umumta’lim tayyorgarligi; vatanparvarlik ruhida tarbiyalash. Chaqiriluvchilarni harbiy xizmatga tayyorlash O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining umumiy rahbarligi ostida o‘tkaziladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, tumanlar, shaharlar hokimliklari chaqiriluvchilarni harbiy xizmatga tayyorlash ishlari moliyalashtirilishi hamda moddiy-texnika jihatidan ta’minlanishini amalga oshiradilar, o‘quv-moddiy bazasini barpo etadilar, bunday tayyorgarlikning tashkil etilishi uchun javobgar bo‘ladilar. Chaqiriluvchilarni harbiy xizmatga tayyorlashning tashkil etilishini, amalga oshirilishini va natijalarini nazorat qilib borish, chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlikni uslubiy jihatdan ta’minlash O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, shuningdek ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar tomonidan amalga oshiriladi. 13-modda. Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik Oldingi tahrirga qarang. Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik, shu jumladan fuqaro muhofazasi va tibbiy bilim asoslari bo‘yicha tayyorgarlik o‘quv dasturidagi majburiy fan bo‘lib, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va boshlang‘ich professional ta’lim muassasalarida chaqiruvga qadar tayyorgarlik o‘qituvchilari tomonidan bitirish yili arafasidagi kurslardan yoki sinflardan boshlab o‘tiladi. (13-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 30-sentabrdagi O‘RQ-718-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.09.2021-y., 03/21/718/0920-son) Chaqiruvga qadar tayyorgarlik darajasi past bo‘lgan chaqiriluvchilar chaqirilishdan oldin qo‘shimcha ravishda bunday tayyorgarlikdan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, tumanlar va shaharlar hokimliklari tomonidan tashkil etiladigan mudofaa-sport sog‘lomlashtirish lagerlarida o‘tishlari mumkin. [OKOZ: 1.15.00.00.00 Mudofaa / 15.06.00.00 Harbiy kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash / 15.06.06.00 Fuqarolarni harbiy-texnik mutaxassisliklar bo‘yicha tayyorlashni amalga oshiradigan jamoat tashkilotlari] 14-modda. Chaqiriluvchilarning harbiy-texnika mutaxassisliklari bo‘yicha tayyorgarligi Oldingi tahrirga qarang. Chaqiriluvchilarning harbiy-texnika mutaxassisliklari bo‘yicha tayyorgarligi mudofaa ishlari boshqarmalari huzuridagi chaqiriluvchilarni harbiy-texnika mutaxassisliklari bo‘yicha tayyorlash markazlarida (bundan buyon matnda mudofaa ishlari boshqarmalari huzuridagi markazlar deb yuritiladi) amalga oshiriladi. (14-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 5-sentabrdagi O‘RQ-564-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 03/19/564/3690-son) Oldingi tahrirga qarang. Yo‘nalishi bo‘yicha harbiy hisobdagi ixtisosliklarga turdosh o‘rta professional va o‘rta maxsus professional ta’lim muassasalarida ta’lim olayotgan chaqiriluvchilar harbiy-texnika mutaxassisliklari bo‘yicha bevosita shu muassasalarda tayyorgarlikdan o‘tadilar. (14-moddaning ikkinchi qism O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 30-sentabrdagi O‘RQ-718-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.09.2021-y., 03/21/718/0920-son) Oldingi tahrirga qarang. Mudofaa ishlari boshqarmalari huzuridagi markazlarda harbiy-texnika mutaxassisliklari bo‘yicha tayyorgarlikka o‘n yetti yoshga to‘lgan, salomatligiga ko‘ra harbiy xizmatga yaroqli hamda tayyorgarlik tugaganidan keyin harbiy xizmatga chaqirilishi lozim bo‘lgan chaqiriluvchilar jalb etiladi. (14-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 5-sentabrdagi O‘RQ-564-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 03/19/564/3690-son) Harbiy-texnika mutaxassisliklari bo‘yicha tayyorgarlikdan o‘tishga jalb etilgan fuqarolarning mashg‘ulotlarda ishtirok etishi majburiydir. Harbiy-texnika mutaxassisliklari bo‘yicha tayyorgarlikdan o‘tishi lozim bo‘lgan chaqiriluvchilarning soni, shuningdek ularning tayyorgarlik dasturlari O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan manfaatdor vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar bilan birgalikda tasdiqlanadi. Oldingi tahrirga qarang. Chaqiriluvchilarning mudofaa ishlari boshqarmalari huzuridagi markazlardagi tayyorgarligini moliyalashtirish Mudofaa vazirligi orqali O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari va moliyalashtirishning qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa manbalari hisobidan amalga oshiriladi. (14-moddaning oltinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) Oldingi tahrirga qarang. 15-modda. Oliy harbiy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishga va harbiy xizmatga tayyorgarlik. Jismoniy tayyorgarlik. Davolash-sog‘lomlashtirish ishlari. Umumta’lim tayyorgarlik darajasini oshirish. Chaqiriluvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash (15-moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 25-avgustdagi O‘RQ-634-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.08.2020-y., 03/20/634/1218-son) Oldingi tahrirga qarang. Oliy harbiy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish istagini bildirgan fuqarolar harbiy litseylarda, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalarida, mudofaa ishlari boshqarmalari huzuridagi markazlarda yoki mustaqil ravishda tayyorgarlikdan o‘tadilar. (15-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 30-sentabrdagi O‘RQ-718-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.09.2021-y., 03/21/718/0920-son) Chaqiriluvchilarning jismoniy tayyorgarligi ta’lim muassasalarining o‘quv dasturlari doirasida, shuningdek sport jamiyatlari va klublari, davolash muassasalari, mudofaa-sport sog‘lomlashtirish lagerlarida amalga oshiriladi. Chaqiriluvchilar bilan olib boriladigan davolash-sog‘lomlashtirish ishlari ularning turar joylarida, o‘qish yoki ish joylarida sog‘liqni saqlash organlari tomonidan davolash, davolash-profilaktika va davolash-sog‘lomlashtirish muassasalarida o‘smirlar xonalarini tashkil etgan holda uyushtiriladi hamda o‘tkaziladi. O‘n besh va o‘n olti yoshdagi o‘smirlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish chaqiriluvchilarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishga mudofaa ishlari organlari tomonidan jalb etiladigan mutaxassis vrachlar tomonidan har yili amalga oshiriladi. Xalq ta’limi organlari chaqiriluvchilarning umumta’lim tayyorgarlik darajasini oshirish yuzasidan zarur chora-tadbirlar ko‘rishlari shart. Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va ta’lim muassasalari tomonidan amalga oshiriladi. Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda jamoat birlashmalari va boshqa nodavlat notijorat tashkilotlari ishtirok etishlari mumkin. [OKOZ: 1.15.00.00.00 Mudofaa / 15.06.00.00 Harbiy kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash / 15.06.03.00 Kasbiy ta’limning davlat ta’lim muassasalari qoshidagi harbiy kafedralar, harbiy fakultetlar] 16-modda. Oliy ta’lim muassasalarida rezervdagi va zaxiradagi ofitserlarni tayyorlash Oldingi tahrirga qarang. Oliy ta’lim muassasalarining talabalari orasidan rezervdagi va zaxiradagi ofitserlarni tayyorlash mazkur muassasalarda tashkil etiladigan harbiy tayyorgarlik o‘quv bo‘linmalarida (harbiy ta’lim fakultetlari, harbiy tayyorgarlik bo‘yicha o‘quv markazlari, harbiy kafedralar, sikllar va kurslarda) amalga oshiriladi. (16-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 25-avgustdagi O‘RQ-634-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.08.2020-y., 03/20/634/1218-son) Oliy ta’lim muassasalarining kunduzgi bo‘limida o‘qiyotgan erkak talabalari, shuningdek tibbiy oliy ta’lim muassasalarining talabalari jinsidan qat’iy nazar harbiy tayyorgarlikdan o‘tadilar. Harbiy tayyorgarlikka yigirma yetti yoshgacha bo‘lgan salomatligiga ko‘ra harbiy xizmatga yaroqli talabalar jalb qilinadilar. Talabalarni harbiy tayyorgarlikdan o‘tishga qabul qilish ularning shaxsiy arizalariga binoan ixtiyoriy asosda amalga oshiriladi. Harbiy xizmatni o‘tab kelgan talabalar ham rezervdagi va zaxiradagi ofitserlar ta’limi dasturi bo‘yicha harbiy tayyorgarlikdan o‘tishlari mumkin. Oliy ta’lim muassasalarining o‘quv bo‘linmalarida harbiy tayyorgarlikdan o‘tgan, ta’lim dasturini o‘zlashtirgan va belgilangan davlat imtihonlarini topshirgan talabalar ularga leytenant unvoni berilganidan keyin haqiqiy harbiy xizmatga chaqiriladilar yoki rezerv yoxud zaxiraga o‘tkaziladilar. Oldingi tahrirga qarang. Oliy ta’lim muassasalarining o‘quv bo‘linmalarida harbiy tayyorgarlik ta’limidan o‘tmagan talabalar ta’lim muassasasini tamomlaganlaridan keyin ushbu Qonunga muvofiq muddatli harbiy xizmatni o‘tash uchun chaqiriladilar. Ofitserlarni tayyorlash dasturlarini oliy ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar bilan birgalikda ishlab chiqish va tasdiqlash vazifasi O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi zimmasiga yuklatiladi. Oliy ta’lim muassasalarining harbiy tayyorgarlik bo‘yicha o‘quv bo‘linmalari yo‘nalishi, rezervdagi va zaxiradagi ofitserlar tayyorlashda asoslaniladigan ixtisosliklar ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan belgilanadi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi. Oliy ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar, agar bu ta’lim muassasalari bazasida harbiy tayyorgarlik bo‘yicha o‘quv bo‘linmalari tashkil etilgan bo‘lsa, mazkur ta’lim muassasalarining aniq maqsadli moliyalashtirilishini amalga oshiradi hamda O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining ko‘magida zarur o‘quv-moddiy bazasini yaratadi. O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi talabalarning harbiy tayyorgarligi ustidan nazoratni, harbiy tayyorgarlik bo‘yicha o‘quv bo‘linmalarining boshliqlari va ularning o‘rinbosarlari lavozimlariga ofitserlarni oliy ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar bilan kelishilgan holda tanlash va tayinlashni amalga oshiradi. Harbiy tayyorgarlik bo‘yicha o‘quv bo‘linmalarining o‘qituvchiligiga va boshqa lavozimlarga harbiy xizmatchilarni tayinlash oliy ta’lim muassasalarining rektorlari bilan kelishilgan holda O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan amalga oshiriladi. Harbiy tayyorgarlik bo‘yicha o‘quv bo‘linmalarining harbiy lavozimlariga tayinlangan harbiy xizmatchilar harbiy xizmatdagi harbiy xizmatchilar uchun belgilangan kafolatlar va imtiyozlardan foydalanadilar. (16-moddaning oltinchi – o‘n birinchi qismlari O‘zbekiston Respublikasining 2006-yil 26-iyundagi O‘RQ-38-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis palatalarining Axborotnomasi, 2006-y., 6-son, 262-modda) 17-modda. Chaqiriluvchilarning harbiy xizmatga tayyorgarlik ko‘rishdagi kafolatlari Oldingi tahrirga qarang. Mudofaa ishlari boshqarmalari huzuridagi markazlarda ishlab chiqarishdan ajralgan holda harbiy-texnika mutaxassisliklari bo‘yicha tayyorgarlikdan o‘tayotgan chaqiriluvchilarning ish joyi va egallagan lavozimi, shuningdek o‘rtacha ish haqi ularning butun tayyorgarlik davrida, shu jumladan o‘qish (yig‘inlar) o‘tkaziladigan joyga borish va u erdan qaytib kelish davrida saqlanib qoladi. (17-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 5-sentabrdagi O‘RQ-564-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 03/19/564/3690-son) Oldingi tahrirga qarang. Chaqiriluvchilarga ularning ta’lim olish (yig‘inlar) davrida uy-joy ijarasiga ketgan xarajatlari qoplanishi, o‘qish o‘tkaziladigan joyga borish va u erdan qaytib kelish (agar bu boshqa aholi punktiga borish bilan bog‘liq bo‘lsa) yo‘l kirasi hamda o‘rtacha ish haqi to‘lanishi ularning asosiy ish joyida amalga oshiriladi. Ishlamaydigan chaqiriluvchilarning ana shunday xarajatlari, shuningdek qonunchilikda belgilangan mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining 35,2 foizi miqdoridagi nafaqa tegishli hokimliklar tomonidan qoplanadi (to‘lanadi). (17-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) III. FUQAROLARNI ChAQIRUV UChASTKALARIDA QAYD ETISh, HARBIY XIZMATGA ChAQIRILISh VA KIRISh [OKOZ: 1.15.00.00.00 Mudofaa / 15.11.00.00 Harbiy majburiyat / 15.11.02.00 Harbiy hisobga olish. Harbiy kuchlar zaxirasi] 18-modda. Fuqarolarni chaqiruv uchastkalarida qayd etish Fuqarolarni chaqiruv uchastkalarida qayd etish ularni harbiy ro‘yxatga olish, ularning sonini, harbiy xizmatga qay darajada yaroqli ekanligini, umumta’lim va jismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlash maqsadida o‘tkaziladi. Fuqarolarni qayd etish tuman (shahar) mudofaa ishlari organlari huzurida tashkil etiladigan chaqiruv uchastkalarida amalga oshiriladi va ro‘yxatga olinayotganlarning turar joylarida o‘tkaziladi. Oldingi tahrirga qarang. Fuqarolarni chaqiruv uchastkalarida qayd etish umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va boshlang‘ich professional ta’lim muassasasidagi oxirgi o‘quv yilining oktyabr-noyabr oylarida amalga oshiriladi. (18-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 30-sentabrdagi O‘RQ-718-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.09.2021-y., 03/21/718/0920-son) Chaqiruv uchastkasida qayd etilish uchun fuqarolar chaqiruv qog‘ozida ko‘rsatilgan muddatda mudofaa ishlari organlariga kelishlari va zarur hujjatlarni taqdim etishlari shart. Oldingi tahrirga qarang. Fuqarolarni tumanlardagi (shaharlardagi) chaqiruv uchastkalarida qayd etish uchun tarkibiga mudofaa ishlari organlari vakillari, mutaxassis vrachlar kiritiladigan fuqarolarni chaqiruv uchastkalarida qayd etish komissiyalari tuziladi. (18-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 30-sentabrdagi O‘RQ-718-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.09.2021-y., 03/21/718/0920-son) Chaqiruv uchastkalarida qayd etiladigan fuqarolarni tibbiy ko‘rikdan turli yo‘nalishdagi vrachlar, shu jumladan jarroh, terapevt, nevropatolog, psixiatr, ko‘z kasalliklari, quloq, tomoq, burun kasalliklari, tish kasalliklari mutaxassislari, zarurat bo‘lganda esa, boshqa ixtisosdagi vrachlar o‘tkazadi. Zimmasiga harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilarning ro‘yxatini yuritish vazifasi yuklatilgan korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari har yili O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan belgilangan muddatlarda tegishli tuman (shahar) mudofaa ishlari organlariga chaqiruv uchastkalarida qayd etilishi lozim bo‘lgan fuqarolarning ro‘yxatini beradilar. Chaqiriluvchilarga chaqiriluvchining qayd etilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma beriladi, huquq va majburiyatlari, harbiy ro‘yxatga olish va harbiy xizmatga tayyorgarlik tartibi tushuntiriladi. Qayd etilgan vaqtdan boshlab fuqarolar harbiy ro‘yxatga kiritiladilar. [OKOZ: 1.15.00.00.00 Mudofaa / 15.11.00.00 Harbiy majburiyat / 15.11.03.00 Harbiy xizmatga chaqiruv] 19-modda. Fuqarolarning muddatli harbiy xizmatga hamda safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatga chaqirilishi Oldingi tahrirga qarang. Oldingi tahrirga qarang. Fuqarolarning muddatli harbiy xizmatga hamda safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatga chaqirilishi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga asosan yiliga bir marta — mart — aprel oylarida o‘tkaziladi. (19-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 5-sentabrdagi O‘RQ-564-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 03/19/564/3690-son) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori chaqiruv boshlanishiga kamida bir oy qolganida ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori e’lon qilinganidan keyin chaqiriluvchilar, shu jumladan vaqtincha ro‘yxatda turgan, chaqiriluvchilar chaqiruv qog‘ozida ko‘rsatilgan muddatda chaqiruv punktida hozir bo‘lishi shart. Muddatli harbiy xizmatni yoki safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatni o‘tamagan va harbiy ro‘yxatda turmagan chaqirilish yoshidagi fuqarolar, shuningdek doimiy turar joyidan vaqtincha boshqa joyga jo‘nab ketgan va o‘sha erda harbiy ro‘yxatda turmagan chaqiriluvchilar turar joylaridagi mudofaa ishlari organlarida hozir bo‘lishi shart. Korxonalar, muassasalar, tashkilotlarning va ta’lim muassasalarining rahbarlari xizmat safarida bo‘lgan chaqiriluvchilarni chaqirtirib olishlari va ularning chaqiruv uchastkasida o‘z vaqtida hozir bo‘lishini ta’minlashlari shart. O‘n sakkiz yoshga to‘lgan va yoshi o‘n sakkizdan oshgan chaqiriluvchilarning harbiy ro‘yxatda turish joyini o‘zgartirishiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining navbatdagi chaqiruv to‘g‘risidagi qarori e’lon qilinguniga qadar yo‘l qo‘yiladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori e’lon qilinganidan keyin chaqiriluvchilar harbiy ro‘yxatda turish joyini faqat quyidagi hollarda o‘zgartirishi mumkin: boshqa joydagi ishga o‘tkazilgan bo‘lsa; yangi turar joyga ko‘chib o‘tgan bo‘lsa; ta’lim muassasasiga o‘qishga kirgan va ta’lim olishni davom ettirish uchun ketayotgan bo‘lsa. (19-moddaning birinchi – oltinchi qismlari O‘zbekiston Respublikasining 2006-yil 26-iyundagi O‘RQ-38-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis palatalarining Axborotnomasi, 2006-y., 6-son, 262-modda) Ushbu moddaning oltinchi qismida ko‘rsatilgan asoslarning mavjudligi mudofaa ishlari organiga taqdim etiladigan tegishli hujjatlar bilan tasdiqlanishi lozim. Fuqarolar mudofaa ishlari organlari tomonidan belgilangan muddatlarda chaqiruv uchastkalarida hozir bo‘lmaganda quyidagilar uzrli sabab hisoblanadi: fuqaroning chaqiruv uchastkasiga kelishiga imkon bermagan kasalligi; yaqin qarindoshining (otasi, onasi, aka-ukasi, opa-singlisi, xotini, bolasi) vafot etganligi yoki og‘ir kasalligi; fuqaroga bog‘liq bo‘lmagan holda, uning chaqiruv uchastkasiga kelishiga imkon bermagan tabiiy ofat yoki boshqa holatlar. Hozir bo‘lmaganlik sabablari tegishli hujjatlar bilan tasdiqlanishi lozim. Tinchlik davrida quyidagilar muddatli harbiy xizmatga chaqirilmaydi: ushbu Qonunning 21 va 22-moddalariga muvofiq chaqirilish muddati kechiktirilgan va chaqirilishdan ozod etilgan shaxslar; ishi yuzasidan surishtiruv yoki dastlabki tergov olib borilayotgan yoki jinoyat ishi sudda ko‘rilayotgan shaxslar. Oldingi tahrirga qarang. 20-modda. Chaqiruvni o‘tkazish bo‘yicha komissiyalar Fuqarolarni muddatli harbiy va muqobil xizmatga chaqirish, safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatga olish uchun quyidagi komissiyalar tashkil etiladi: 1) muddatli harbiy xizmatga chaqirish uchun: Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar mudofaa ishlari boshqarmalari huzuridagi Rahbariyat kengashi (bundan buyon matnda Rahbariyat kengashi deb yuritiladi); Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar yig‘ish punktlarida — harbiy-tibbiy komissiya (bundan buyon matnda harbiy-tibbiy komissiya deb yuritiladi); tuman (shahar) mudofaa ishlari bo‘limlari huzurida Qurolli Kuchlarni butlash komissiyasi (bundan buyon matnda butlash komissiyasi deb yuritiladi); 2) muqobil xizmatga chaqirish, safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatga olish, harbiy xizmatga chaqirishni kechiktirish va Qurolli Kuchlar zaxirasiga o‘tkazish uchun — tuman (shahar) mudofaa ishlari bo‘limlari huzuridagi hududiy komissiya (bundan buyon matnda hududiy komissiya deb yuritiladi); 3) chaqiriluvchilarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish, sog‘lig‘ining darajasini aniqlash va davolanishga yuborish uchun — mudofaa ishlari bo‘limlari huzuridagi hududiy tibbiy komissiya (bundan buyon matnda hududiy tibbiy komissiya deb yuritiladi). Chaqiruvni o‘tkazish bo‘yicha komissiyalarning tuzilishi va faoliyatini tashkil etish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilanadi. Chaqiruvni o‘tkazish bo‘yicha komissiyalarning shaxsiy tarkibi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar, Toshkent shahar va tumanlar (shaharlar) hokimlari tomonidan tasdiqlanadi. Harbiy va muqobil xizmatga chaqirilayotgan fuqarolar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadigan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida tinchlik va urush davrida tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish to‘g‘risidagi nizomga muvofiq majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tishi shart. (20-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 30-sentabrdagi O‘RQ-718-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.09.2021-y., 03/21/718/0920-son) Oldingi tahrirga qarang. 201-modda. Rahbariyat kengashining, harbiy-tibbiy komissiyaning, butlash komissiyasining, hududiy komissiyaning, hududiy tibbiy komissiyaning asosiy vazifalari Rahbariyat kengashining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: chaqiruv tadbirlarini sifatli tashkil etish; chaqiriluvchilarning jismoniy tayyorgarligi, fikrlash qobiliyati, fidoyiligi, qiziqishlari va boshqa xususiyatlari inobatga olingan holda, ularning butlash komissiyasi tomonidan qo‘shin turlariga to‘g‘ri tayinlanganligiga baho berish; harbiy-tibbiy komissiya tomonidan sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra harbiy xizmatga yaroqli deb topilgan chaqiriluvchilarni Qurolli Kuchlarning qo‘shin turlari komandalariga tayinlash yoki tayinlamaslik to‘g‘risida qarorlar qabul qilish; chaqiriluvchilarni muddatli harbiy xizmatga chaqirish; chaqiriluvchilarni yig‘ish va tantanali ravishda harbiy qismlarga yuborishga doir tadbirlarni o‘tkazish chog‘ida mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va jamoat tashkilotlarining hamkorligini tashkil etish; jamoat tartibini saqlash ishlarini tashkil etish hamda butlash komissiyalari, harbiy-tibbiy komissiyalar, hududiy tibbiy komissiyalar faoliyat olib borishi uchun joylarda zarur shart-sharoitlar yaratish, ularni dori vositalari, tibbiy inventarlar va boshqa moddiy-texnika vositalari bilan ta’minlash; muddatli harbiy xizmatga chaqirish ishlarining oshkoraligini, shuningdek chaqiruvga oid tadbirlarning ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini ta’minlash; harbiy-tibbiy komissiyalarning, butlash komissiyalarining va hududiy tibbiy komissiyalarning qarorlaridan norozi bo‘lgan chaqiriluvchilarning shikoyatlarini ko‘rib chiqish, shuningdek ularni ko‘rib chiqish yakunlari bo‘yicha tegishli qarorlar qabul qilish; muddatli harbiy xizmatchilarning Qurolli Kuchlar safidan muddatidan avval qaytarilganligi bo‘yicha tekshiruv o‘tkazish, uning sabablarini aniqlash va yakunlari bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar ko‘rish. Harbiy-tibbiy komissiyaning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: butlash komissiyasi tomonidan qo‘shin turlariga tayinlangan chaqiriluvchilarni chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish; chaqiriluvchilarning hisob kartalariga shifokor-mutaxassislar tomonidan kiritilgan yozuvlar va xulosalarning to‘g‘riligini tekshirish; Rahbariyat kengashi raisi bilan birgalikda chaqiriluvchilarni qo‘shimcha tekshiruv va davolashga yuborish, shuningdek ularning chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tishni davom ettirish uchun harbiy-tibbiy komissiyaga qaytib kelishlari ustidan nazorat o‘rnatish; chaqiriluvchilar sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra harbiy xizmatga yaroqliligi to‘g‘risida yakuniy tibbiy xulosa chiqarish; tibbiy komissiyalar faoliyatida aniqlangan kamchiliklarni tahlil qilish va bartaraf etish; Qurolli Kuchlarni butlash yakunlariga ko‘ra tibbiy komissiyalar ishi natijalarini umumlashtirish, tegishli hisobotni tayyorlash va belgilangan tartibda Rahbariyat kengashi raisiga, O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi va Sog‘liqni saqlash vazirligiga taqdim etish. Butlash komissiyasining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: muddatli harbiy xizmatni o‘tash uchun tavsiya etilgan va hududiy tibbiy komissiya tomonidan harbiy xizmatga yaroqli deb topilgan chaqiriluvchilar bilan suhbat o‘tkazish, shuningdek ular sog‘lig‘ining holatini, jismoniy tayyorgarligini, fikrlash qobiliyatini va boshqa sifatlarini inobatga olgan holda, qo‘shin turlariga tayinlash to‘g‘risida qarorlar qabul qilish; tegishli toifa va cheklanish darajasi bo‘yicha harbiy xizmatga yaroqlilik to‘g‘risida qabul qilingan qarorlarni belgilangan tartibda rasmiylashtirish va chaqiriluvchilarning yig‘ma jildlarida saqlash; chaqiriluvchilarni muddatli harbiy xizmatga chaqirish ishlarining oshkoraligi va xolisligini ta’minlash; chaqiriluvchilarni yig‘ish va tantanali ravishda harbiy qismlarga yuborishga doir tadbirlarni o‘tkazishda joylardagi tegishli idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va jamoat tashkilotlarining hamkorligini tashkil etish; chaqiriluvchilarning, ular ota-onalarining chaqiruvga oid murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, shuningdek tegishli qarorlar qabul qilish. Hududiy komissiyaning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: chaqiriluvchilarni muqobil xizmatga chaqirish, safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatga olish, harbiy xizmatga chaqirishni kechiktirish va Qurolli Kuchlar zaxirasiga o‘tkazish; chaqiriluvchilarni yig‘ish, muqobil xizmatga yuborish, safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatga olish, shuningdek Qurolli Kuchlar rezerviga bo‘shatilgan harbiy xizmatchilarni doimiy yashash joylariga qaytarilishiga oid tadbirlarni tantanali ravishda o‘tkazishda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikni tashkil etish; chaqiriluvchilarni muddatli harbiy xizmatga va muqobil xizmatga chaqirish, safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatga olish, shuningdek Qurolli Kuchlar rezerviga bo‘shatilgan harbiy xizmatchilarni doimiy yashash joylariga qaytarilishi bo‘yicha tadbirlarni tashkil etish; chaqiruvning va komissiya faoliyatining oshkoraligini ta’minlash. Hududiy tibbiy komissiyaning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: chaqiriluvchilarni birlamchi tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish; psixiatriya, narkologiya, teri-tanosil dispanserlarida, sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatida, ftiziatriya va pulmonologiya markazida hisobda turadigan chaqiriluvchilar to‘g‘risida axborot yig‘ish; chaqiriluvchilarni qo‘shimcha tekshiruvga va davolanishga yuborish, shuningdek ularning tibbiy ko‘rikdan o‘tishni davom ettirish uchun hududiy tibbiy komissiyaga qaytib kelishi ustidan nazoratni o‘rnatish; chaqiriluvchilar sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra harbiy xizmatga yaroqliligi to‘g‘risida xulosa berish; hududiy tibbiy komissiya faoliyatida aniqlangan kamchiliklarni tahlil qilish va bartaraf etish; chaqiriluvchilarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish natijalari bo‘yicha hisobot tayyorlash va mazkur hisobotni harbiy-tibbiy komissiyaga, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining hududiy boshqarmasiga (organiga) hamda mudofaa ishlari boshqarmasiga taqdim etish. 202-modda. Rahbariyat kengashi, harbiy-tibbiy komissiya, butlash komissiyasi, hududiy komissiya, hududiy tibbiy komissiya tomonidan qabul qilinadigan qarorlar (xulosalar) Rahbariyat kengashi quyidagi qarorlarni qabul qiladi: harbiy-tibbiy komissiya tomonidan sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra harbiy xizmatga yaroqli deb topilgan chaqiriluvchilarni Qurolli Kuchlarning qo‘shin turlari komandalariga tayinlash yoki tayinlamaslik to‘g‘risida; muddatli harbiy xizmatga chaqirish haqida. Harbiy-tibbiy komissiya quyidagi xulosalarni chiqaradi: harbiy xizmatga yaroqlilik to‘g‘risida; ayrim cheklovlar bilan harbiy xizmatga yaroqlilik haqida; harbiy xizmatga cheklangan ravishda yaroqlilik to‘g‘risida; harbiy xizmatga vaqtincha yaroqsizlik haqida; tinchlik davrida harbiy xizmatga yaroqsizlik, urush davrida cheklangan ravishda harbiy xizmatga yaroqlilik to‘g‘risida; harbiy hisobdan chiqarilgan holda, harbiy xizmatga yaroqsizlik haqida. Butlash komissiyasi muddatli harbiy xizmatni o‘tash uchun tavsiya etilgan va hududiy tibbiy komissiya tomonidan harbiy xizmatga yaroqli deb topilgan chaqiriluvchilarni qo‘shin turlariga tayinlash to‘g‘risida qaror qabul qiladi. Hududiy komissiya quyidagi qarorlarni qabul qiladi: harbiy xizmatga yaroqlilik va safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatga olish to‘g‘risida; harbiy xizmatga yaroqlilik va muqobil xizmatga chaqirish haqida; sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra harbiy xizmatga vaqtincha yaroqsizlik to‘g‘risida; ushbu Qonunning 21 va 22-moddalariga muvofiq harbiy xizmatga chaqirishini kechiktirish to‘g‘risida yoki harbiy xizmatga chaqirilishdan ozod qilish haqida; yigirma yetti yoshga to‘lganligi munosabati bilan Qurolli Kuchlar zaxirasiga o‘tkazish to‘g‘risida; sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra tinchlik davrida harbiy xizmatga yaroqsizlik, urush davridagi harbiy xizmatga cheklangan ravishda yaroqlilik va zaxiraga o‘tkazish haqida; harbiy hisobdan chiqarilgan holda, harbiy xizmatga yaroqsizlik haqida. Hududiy komissiya qaror qabul qilishda chaqiriluvchilarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish xulosasi, ularning ma’naviy yetukligi va kasbiy tayyorgarligi, oilaviy va moddiy holatini o‘rganish natijalariga asoslanadi. Hududiy tibbiy komissiya quyidagi xulosalarni chiqaradi: harbiy xizmatga yaroqlilik to‘g‘risida; ayrim cheklovlar bilan harbiy xizmatga yaroqlilik haqida; harbiy xizmatga cheklangan ravishda yaroqlilik to‘g‘risida; harbiy xizmatga vaqtincha yaroqsizlik haqida; tinchlik davrida harbiy xizmatga yaroqsizlik, urush davrida cheklangan ravishda harbiy xizmatga yaroqlilik to‘g‘risida; harbiy hisobdan chiqarilgan holda, harbiy xizmatga yaroqsizlik haqida. Harbiy xizmatga chaqirilgan va qo‘shinlar safiga yuborilgan shaxslarni, shuningdek tibbiy ko‘rik natijalaridan va chaqiruvni o‘tkazish bo‘yicha komissiyalarning qarorlaridan noroziligini bildirgan shaxslarni nazorat tartibida tibbiy ko‘riklardan o‘tkazishni tashkil etish O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining harbiy tibbiy komissiyalari tomonidan amalga oshiriladi. Rahbariyat kengashining, harbiy-tibbiy komissiyaning, butlash komissiyasining, hududiy komissiyaning va hududiy-tibbiy komissiyaning qarorlari (xulosalari) ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin. (201 va 202-moddalar O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 30-sentabrdagi O‘RQ-718-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.09.2021-y., 03/21/718/0920-son) [OKOZ: 1.15.00.00.00 Mudofaa / 15.11.00.00 Harbiy majburiyat / 15.11.03.00 Harbiy xizmatga chaqiruv] 21-modda. Muddatli harbiy xizmatga hamda safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatga chaqirilish muddatini kechiktirish Oldingi tahrirga qarang. Chaqiriluvchilarning muddatli harbiy xizmatga, safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatga chaqirilish muddatini kechiktirish hududiy komissiyaning qarori asosida ularning oilaviy sharoitiga ko‘ra, salomatligiga ko‘ra, o‘qishni davom ettirishi uchun amalga oshiriladi. (21-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 30-sentabrdagi O‘RQ-718-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.09.2021-y., 03/21/718/0920-son) Chaqiriluvchilarning muddatli harbiy xizmatga va safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatga chaqirilish muddatini oilaviy sharoitga ko‘ra kechiktirish quyidagi hollarda amalga oshiriladi: Oldingi tahrirga qarang. 1) chaqiriluvchining ota-onasi mehnatga qobiliyatsiz bo‘lib, ularni boqishi shart bo‘lgan mehnatga qobiliyatli voyaga yetgan boshqa o‘g‘li bo‘lmasa. Ota-onaning mehnatga qobiliyatsizligi qonunchilikka muvofiq aniqlanadi; (21-modda ikkinchi qismining 1-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) 2) chaqiriluvchining mehnatga qobiliyatli yolg‘iz onasi yoki otasi bo‘lib, ularning qaramog‘ida o‘n olti yoshga to‘lmagan ikki va undan ortiq farzandi bo‘lgani holda mehnatga qobiliyatli voyaga yetgan boshqa o‘g‘li bo‘lmasa; 3) chaqiruv kunida chaqiriluvchining tug‘ishgan aka-ukalaridan biri muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan bo‘lsa; 4) chaqiriluvchining onasiz tarbiyalanayotgan voyaga yetmagan bir farzandi bo‘lsa; Oldingi tahrirga qarang. 5) chaqiriluvchining birinchi yoki ikkinchi guruh nogironligi bo‘lgan xotini va voyaga yetmagan ikki va undan ortiq farzandi bo‘lsa. (21-modda ikkinchi qismining 5-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 17-maydagi O‘RQ-770-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.05.2022-y., 03/22/770/0424-son) Chaqiriluvchini uning ota-onasi vafot etganligi, ular uzoq muddat betobligi munosabati bilan yoki boshqa uzrli sabablarga ko‘ra kamida besh yildan beri o‘z qaramog‘ida saqlayotgan shaxslar uning ota-onasiga tenglashtiriladi. Oldingi tahrirga qarang. Ushbu modda ikkinchi qismining 1-bandida ko‘rsatilgan chaqiriluvchilar o‘z roziligi va ota-onasining (ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarning) roziligi bilan harbiy xizmatga chaqirilish muddati kechiktirilmagan holda chaqirilishi mumkin. (21-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 30-sentabrdagi O‘RQ-718-sonli Qonuniga asosan to‘rtinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.09.2021-y., 03/21/718/0920-son) Oldingi tahrirga qarang. Umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan chaqiriluvchilar, shuningdek oliy ta’lim muassasalarida kunduzgi o‘qishda tahsil olayotgan talabalar o‘qishni davom ettirishlari uchun ularning chaqirilish muddati o‘qishni tamomlagunlariga qadar kechiktiriladi. (21-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 30-sentabrdagi O‘RQ-718-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.09.2021-y., 03/21/718/0920-son) Oldingi tahrirga qarang. Oliy ta’lim muassasalaridagi ta’limning kunduzgi va kechki shaklida tahsil olayotgan talabalar o‘z roziligi bilan safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmatiga olinishi mumkin. Bunda talabalar bir oylik harbiy yig‘inlarni o‘tashga iyul-avgustda jalb etiladi. (21-modda O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 5-sentabrdagi O‘RQ-564-sonli Qonuniga asosan beshinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 03/19/564/3690-son) Ta’lim muassasalaridan o‘qishdan chiqarilgan shaxslar chaqirilish muddatini kechiktirish huquqidan mahrum bo‘ladilar. Chaqirilish muddatini kechiktirish asoslarini yo‘qotgan chaqiriluvchilar, shuningdek ushbu Qonunga muvofiq chaqirilish muddatini kechiktirish huquqiga yoxud chaqirilishdan ozod etish uchun asoslarga ega bo‘lmagan va turli sabablarga ko‘ra muddatli harbiy xizmatga yoki safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatga chaqirilmagan shaxslar chaqirilish kuni yigirma yetti yoshga to‘lguniga qadar Qurolli Kuchlar safiga navbatdagi chaqiruv paytida chaqiriladilar. [OKOZ: 1.15.00.00.00 Mudofaa / 15.11.00.00 Harbiy majburiyat / 15.11.03.00 Harbiy xizmatga chaqiruv] 22-modda. Muddatli harbiy xizmatga hamda safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatga chaqirilishdan ozod etish Tinchlik davrida muddatli harbiy xizmatga hamda safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatga chaqirilishdan quyidagilar ozod etiladilar: 1) salomatligiga ko‘ra harbiy xizmatga yaroqsiz deb topilgan chaqiriluvchilar; 2) yaqin qarindoshlaridan biri (aka-ukasi, opa-singlisi) harbiy xizmatni o‘tash vaqtida halok bo‘lgan yoki vafot etgan chaqiriluvchilar; 3) ro‘yxatdan o‘tgan diniy tashkilotlardan birida diniy rutba egasi bo‘lgan chaqiriluvchilar. Ushbu moddaning 2-bandida ko‘rsatilgan shaxslar o‘z roziliklari bilan harbiy xizmatga chaqirilishlari mumkin. Jinoiy javobgarlikka tortilgan, shuningdek sudlanganlik holati tugallanmagan yoki sudlanganligi olib tashlanmagan fuqarolar harbiy xizmatga chaqirilmaydilar. [OKOZ: 1.15.00.00.00 Mudofaa / 15.11.00.00 Harbiy majburiyat / 15.11.03.00 Harbiy xizmatga chaqiruv] 23-modda. Zaxiradagi ofitserlarning harbiy xizmatga chaqirilishi Qirq yoshgacha bo‘lgan, muddatli harbiy xizmatni, safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatni yoki kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatni o‘tamagan va ushbu Qonunning 21-moddasiga muvofiq chaqirilish muddatini kechiktirish asoslariga ega bo‘lmagan ofitserlar tinchlik davrida O‘zbekiston Respublikasi mudofaa vazirining buyrug‘iga binoan ofitserlar tarkibi lavozimlarida muddatli harbiy xizmatni o‘tash uchun chaqirilishlari mumkin. [OKOZ: 1.15.00.00.00 Mudofaa / 15.11.00.00 Harbiy majburiyat / 15.11.03.00 Harbiy xizmatga chaqiruv] 24-modda. Kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga kirish Oldingi tahrirga qarang. Kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga quyidagi talablarga javob beruvchi fuqarolar kiradi: o‘ttiz yoshgacha bo‘lgan harbiy xizmatga majburlar va ayollar, shuningdek muddatli harbiy xizmatni o‘tagan harbiy xizmatchilar — oddiy askarlar va serjantlar tarkibi lavozimlariga; muqaddam kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatni o‘tagan oddiy askarlar va serjantlar tarkibidagi qirq yoshgacha bo‘lgan harbiy xizmatga majburlar — oddiy askarlar va serjantlar tarkibi lavozimlariga; muddatli harbiy xizmatni yoki safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatni o‘tagan va oliy ma’lumotga ega o‘ttiz yoshgacha bo‘lgan harbiy xizmatga majburlar — oddiy askarlar, serjantlar va ofitserlar tarkibi lavozimlariga; o‘n yetti yoshdan yigirma uch yoshgacha bo‘lgan, shu jumladan o‘qishga qabul qilingan yili o‘n yetti yoshga to‘ladigan fuqarolar, shuningdek o‘n sakkiz yoshdan yigirma besh yoshgacha bo‘lgan, o‘qishga qabul qilingan yili mazkur yoshga to‘lgan, ofitserlar tarkibi harbiy unvonlariga ega bo‘lmagan harbiy xizmatchilar va harbiy xizmatga majburlar, shuningdek yigirma olti yoshgacha bo‘lgan hamda oliy harbiy ta’lim muassasalarida o‘qish istagini bildirgan O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarining talabalari — oliy harbiy ta’lim muassasalarining kursantlari lavozimlariga; qirq yoshgacha bo‘lgan rezervdagi va zaxiradagi ofitserlar — ofitserlar tarkibi lavozimlariga. (24-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 25-avgustdagi O‘RQ-634-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.08.2020-y., 03/20/634/1218-son) Oldingi tahrirga qarang. Yuqori professional tayyorgarlikka va katta ish tajribasiga ega fuqarolar ham kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatda bo‘lishning belgilangan yosh chegarasiga yetguniga qadar kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga qabul qilinishi mumkin. (24-modda O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 25-avgustdagi O‘RQ-634-sonli Qonuniga asosan ikkinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.08.2020-y., 03/20/634/1218-son) Kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga kirayotgan fuqarolar majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tadilar. Fuqarolar harbiy xizmat nazarda tutilgan vazirlik, davlat qo‘mitasi va idora bilan harbiy xizmatni o‘tash to‘g‘risida kontrakt tuzadilar. Oldingi tahrirga qarang. Kontraktlar tuzish, shu jumladan oliy harbiy ta’lim muassasalarining kursantlari bilan kontraktlar tuzish, shuningdek kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga saralab olish va uni o‘tash tartibi O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risidagi nizom bilan belgilanadi. (24-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 25-avgustdagi O‘RQ-634-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.08.2020-y., 03/20/634/1218-son) [OKOZ: 1.15.00.00.00 Mudofaa / 15.11.00.00 Harbiy majburiyat / 15.11.03.00 Harbiy xizmatga chaqiruv] Oldingi tahrirga qarang. 25-modda. Harbiy xizmatga chaqirilish yoki kirish munosabati bilan beriladigan kafolatlar (25-moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 25-avgustdagi O‘RQ-634-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.08.2020-y., 03/20/634/1218-son) Oldingi tahrirga qarang. Harbiy xizmatga chaqirilgan yoki kirgan fuqarolarga ishdan bo‘shatish nafaqasi qonunchilikka muvofiq ish joyida to‘lanadi. (25-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) Fuqarolar harbiy ro‘yxatdan o‘tish, harbiy xizmatga chaqirilishi yoki kirish bilan bog‘liq vazifalarni bajarish uchun zarur vaqt davomida ishdan (o‘qishdan) ozod etiladi, ularning ish (o‘qish) joyidagi o‘rtacha ish haqi (stipendiyasi) saqlanib qoladi. Harbiy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirayotgan fuqarolar kirish imtihonlarini topshirish uchun zarur vaqt davomida ishdan ozod etiladi, ish joyidagi lavozimi va o‘rtacha ish haqi saqlanib qoladi. Oldingi tahrirga qarang. O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi organlari tomonidan dispanser yoki statsionar tekshiruviga yuborilgan fuqarolarning tibbiy muassasada bo‘lgan butun davri mobaynida ish joyi, egallagan lavozimi, o‘rtacha ish haqi saqlanib qoladi hamda tekshiruv joyiga borish va u erdan qaytib kelishga ketgan xarajatlari ish (o‘qish) joyida qoplanadi. Statsionar davolanishga yuborilganda ularga vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi ish joyida qonunchilikda belgilangan tartibda to‘lanadi. (25-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) Oldingi tahrirga qarang. Muddatli harbiy xizmatga chaqirilgan, shuningdek kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga kirgan fuqarolarga qonunchilikka muvofiq boshqa imtiyozlar va kafolatlar ham belgilanishi mumkin. (25-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) [OKOZ: 1.15.00.00.00 Mudofaa / 15.12.00.00 Harbiy xizmat / 15.12.02.00 Harbiy xizmatni o‘tash tartibi va mohiyati. Shartnoma (kontrakt) asosida harbiy xizmatga kirish] IV. HARBIY XIZMATNI O‘TASh 26-modda. Harbiy xizmatni o‘tash tartibi. Harbiy xizmatda bo‘lish yoshining chegarasi O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni o‘tash tartibi ushbu Qonun hamda O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risidagi nizom bilan belgilanadi. Oldingi tahrirga qarang. Harbiy xizmatda bo‘lish yoshining chegarasi: kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatni o‘tayotgan oddiy askarlar (matroslar), serjantlar (starshinalar) va kichik ofitserlar uchun — qirq besh yosh; Oldingi tahrirga qarang. katta ofitserlar uchun — ellik yosh, polkovniklar (I rang kapitanlari) uchun — ellik besh yosh; (26-modda ikkinchi qismining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 25-avgustdagi O‘RQ-634-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.08.2020-y., 03/20/634/1218-son) general-mayor, general-leytenant va general-polkovnik harbiy unvonidagi ofitserlar uchun — oltmish yosh etib belgilanadi. (26-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 18-apreldagi O‘RQ-476-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son) Oldingi tahrirga qarang. Harbiy xizmatda bo‘lish yoshi chegarasiga yetgan, ilmiy darajasi va ilmiy unvoni, shuningdek egallab turgan lavozimida yuksak kasbiy tayyorgarligi, katta amaliy ish tajribasi bo‘lgan, sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra harbiy xizmatni o‘tashga yaroqli harbiy xizmatchilarning xizmat muddati harbiy xizmat nazarda tutilgan vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar rahbarlari yoki shunday vakolatlar berilgan boshqa mansabdor shaxslar tomonidan harbiy xizmatda bo‘lish yoshining chegarasidan besh yilgacha bo‘lgan muddatga uzaytirilishi mumkin. (26-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 25-avgustdagi O‘RQ-634-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.08.2020-y., 03/20/634/1218-son) 27-modda. Harbiy xizmatning boshlanishi va tugashi Oldingi tahrirga qarang. Haqiqiy harbiy xizmatda bo‘lishning boshlanishi deb: muddatli harbiy xizmatga chaqirilgan chaqiriluvchilar hamda zaxiradagi ofitserlar uchun — harbiy qismga jo‘nash maqsadida mudofaa ishlari organida hozir bo‘lgan kun; kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga kirgan shaxslar uchun — harbiy xizmatni o‘tash to‘g‘risidagi kontrakt kuchga kirgan kun; oliy harbiy ta’lim muassasalariga, shuningdek vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning o‘qish harbiy xizmatga tenglashtiriladigan ta’lim muassasalariga o‘qishga kirgan chaqiriluvchilar, harbiy xizmatga majburlar uchun — tegishli ta’lim muassasasiga o‘qishga qabul qilingan kun; O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan harbiy lavozimga tayinlangan shaxslar uchun — tegishli farmon, qaror yoki farmoyish imzolangan kun hisoblanadi. (27-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 25-avgustdagi O‘RQ-634-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.08.2020-y., 03/20/634/1218-son) Harbiy xizmatdan rezervga bo‘shatilishi yoki iste’foga chiqarilishi munosabati bilan harbiy qism komandirining buyrug‘iga binoan shaxsiy tarkib ro‘yxatidan chiqarilgan kun harbiy xizmatchi uchun harbiy xizmatda bo‘lishning tugashi hisoblanadi. Harbiy xizmatchi uning harbiy xizmat muddati tugagan kuni shaxsiy tarkib ro‘yxatidan chiqarilishi shart, quyidagi hollar bundan mustasno, agar harbiy xizmatchi: statsionar davolanishda bo‘lsa; homiladorlik va tug‘ish ta’tilida (harbiy xizmatchi ayollar) yoki bolani parvarishlash ta’tilida bo‘lsa; asirda bo‘lsa, garovda ushlab turilgan bo‘lsa; bedarak yo‘qolgan bo‘lsa — qonunda belgilangan tartibda bedarak yo‘qolgan deb topilguniga yoki vafot etgan deb e’lon qilinguniga qadar, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risidagi nizomda belgilangan boshqa hollarda. Oldingi tahrirga qarang. 28-modda. Oliy harbiy ta’lim muassasalari kursantlari va tinglovchilarining harbiy xizmati Oliy harbiy ta’lim muassasalarida, shuningdek vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning o‘qish harbiy xizmatga tenglashtirilgan ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan fuqarolar kursant (tinglovchi) tariqasida harbiy xizmatda bo‘ladilar hamda ular, agar ofitserlik tarkibi unvonlariga ega bo‘lmasalar, kursant va bunday unvonlarga ega bo‘lsalar, tinglovchi deb yuritiladilar. Oliy harbiy ta’lim muassasasiga o‘qishga kirgunga qadar harbiy unvoni bo‘lmagan fuqarolar o‘qishga qabul qilinganda ularga oddiy askar harbiy unvoni beriladi. Harbiy-ta’lim muassasisiga o‘qishga kirgunga qadar berilgan harbiy unvonlar saqlanib qoladi. Oldingi tahrirga qarang. Kursantlarning (tinglovchilarning) harbiy xizmatni o‘tash tartibi qonunchilik bilan belgilanadi. (28-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) Oliy harbiy ta’lim muassasasidan, shuningdek o‘qish harbiy xizmatga tenglashtirilgan ta’lim muassasasidan o‘qishdan chiqarilgan kursantlar rezervga bo‘shatiladi yoki iste’foga chiqariladi yoxud ular, agar muddatli harbiy xizmat uchun belgilangan muddatlarni o‘tamagan bo‘lsalar, muddatli harbiy xizmatni o‘tashni davom ettirish uchun qo‘shin qismlariga yuboriladi. Oliy harbiy ta’lim muassasasidan o‘qishdan chiqarilgan kunda chaqirilish yoshiga yetmagan kursantlar harbiy ro‘yxatda turish uchun turar joylaridagi mudofaa ishlari organlariga yuboriladi. O‘qishning ikkinchi yilida oliy harbiy ta’lim muassasasidan chetlashtirilgan kursantlar (bundan intizomsizligi tufayli va sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra chetlashtirilganlar mustasno) oddiy askarlar va serjantlar tarkibi lavozimlarida kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga kirishi mumkin. (28-modda O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 25-avgustdagi O‘RQ-634-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.08.2020-y., 03/20/634/1218-son) [OKOZ: 1.15.00.00.00 Mudofaa / 15.12.00.00 Harbiy xizmat / 15.12.05.00 Harbiy xizmatdan bo‘shatish] 29-modda. Harbiy xizmatdan bo‘shatish Oldingi tahrirga qarang. Harbiy xizmatchini haqiqiy harbiy xizmatdan bo‘shatish quyidagi asoslarga ko‘ra amalga oshiriladi: 1) yosh bo‘yicha — u harbiy xizmatda bo‘lish yoshi chegarasiga yetganida, shu jumladan unga belgilangan tartibda uzaytirilgan harbiy xizmat muddati tugaganda; Oldingi tahrirga qarang. 2) muddatli harbiy xizmat muddati tugaganda — chaqiruv bo‘yicha muddatli harbiy xizmatning qonunchilikda belgilangan muddati tugaganda (bo‘shatish uchun boshqa asoslar mavjud bo‘lmaganda); (29-modda birinchi qismining 2-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) 3) kontrakt muddati tugaganda — bo‘shatish uchun boshqa asoslar mavjud bo‘lmaganda, agar amaldagi kontraktning tugashi paytiga kelib harbiy xizmatchi yoki vazirlik, davlat qo‘mitasi va idora tomonidan yangi kontrakt tuzmaslik to‘g‘risida qaror qabul qilingan bo‘lsa; 4) tashkiliy-shtat tadbirlari munosabati bilan — harbiy xizmatchidan xizmatda foydalanish mumkin bo‘lmagan taqdirda, uni bo‘shatish uchun boshqa asoslar mavjud bo‘lmaganda; 5) sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra — u harbiy-tibbiy komissiya tomonidan harbiy xizmatga yaroqsiz deb topilganligi munosabati bilan; 6) taraflardan birining tashabbusiga ko‘ra kontrakt muddatidan oldin bekor qilinganligi munosabati bilan; 7) intizomsizligi sababli oliy harbiy ta’lim muassasasidan chetlashtirilishi munosabati bilan — uni bo‘shatish uchun boshqa asoslar mavjud bo‘lmaganda; 8) harbiy xizmatchi nomiga dog‘ tushiruvchi nojo‘ya xatti-harakat sodir etganda; 9) davlat sirlaridan foydalanishdan mahrum qilinganda; 10) ozodlikdan yoki harbiy unvondan mahrum etish bilan bog‘liq bo‘lgan jazo choralari tayinlangan sud hukmi qonuniy kuchga kirganda; Oldingi tahrirga qarang. 11) qonunchilikka muvofiq O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligini yo‘qotganligi yoxud boshqa davlatning fuqaroligi mavjudligi munosabati bilan. (29-modda birinchi qismining 11-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) Harbiy xizmatchilarni harbiy xizmatdan bo‘shatish ularni tegishli lavozimlarga tayinlash vakolatiga ega bo‘lgan mansabdor shaxslar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq amalga oshiriladi. Harbiy xizmatchilar harbiy xizmatdan rezervga, harbiy hisobdan chiqarilgan hollarda esa iste’foga bo‘shatiladi. Rezervda bo‘lish yoshi chegarasiga yetgan yoki sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra harbiy hisobdan chiqarilgan holda harbiy-tibbiy komissiya tomonidan harbiy xizmatga yaroqsiz deb topilgan, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini yo‘qotgan yoxud boshqa davlatning fuqaroligiga ega bo‘lgan harbiy xizmatchilar iste’foga bo‘shatiladi. (29-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 25-avgustdagi O‘RQ-634-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.08.2020-y., 03/20/634/1218-son) [OKOZ: 1.15.00.00.00 Mudofaa / 15.12.00.00 Harbiy xizmat / 15.12.03.00 Turli toifadagi xizmatchilar tomonidan va alohida sharoitda harbiy xizmatni o‘tashning o‘ziga xos xususiyatlari.] V. REZERVDAGI XIZMAT 30-modda. Rezervda bo‘lish yoshining chegarasi. Rezerv darajalari Oldingi tahrirga qarang. Rezervdagi harbiy xizmatga majburlar yoshiga qarab ikki darajaga bo‘linadi.
Download 203.15 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling