1. Mulk huquqlari nazariyasining asosiy qoidalari
Download 25,66 Kb.
|
referat
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.Mulk huquqlari nazariyasining asosiy qoidalari
- Mulkchilik tariflarining tahlili
- 1-jadval Mulkchilik institutiga oid talqinlarning turkumlanishi
- 3. Mulkiy huquqlar 1. Mulk - egalik qilish.
- 3.Mulk-korxona.
- 6. Mulk-talab.
Reja: 1. Mulk huquqlari nazariyasining asosiy qoidalari………………………1 2. Mulkchilik ta'riflarining tahlili………………………………..………4 3. Mulkiy huquqlar…………………………………………………...….5 1.Mulk huquqlari nazariyasining asosiy qoidalari Mulk huquqlari deganda, ne'matlarning mavjud bo'lishi munosabati bilan insonlar o'rtasida yuzaga keladigan va ulardan foydalanishga taalluqli ruxsat etilgan kundalik munosabatlar tushuniladi. Ushbu munosabatlar ne'matlar borasidagi xatti-harakatning istalgan shaxs boshqa insonlar bilan o'zaro hamkorlik qilishda ularga amal qilishi yoki ularga amal qilmaganlik uchun xarajatlar qilishi lozim bo'lgan normalarni belgilaydi. Quyida mulk huquqi nazariyasining R.Kapelyushnikov tomonidan sanab o'tilgan asosiy qoidalar keltirilgan: - mulkchilik munosabatlari ''inson/ashyo'' munosabatlari sifatida emas, balki insonlar o'rtasidagi munosabatlar sifatida talqin etiladi: mulk huquqlari atamasi insonlar bilan ashyolar o'rtasidagi munosabatlarni emas, balki insonlar o'rtasidagi noyob ashyolardan foydalanish borasidagi munosabatlarni yoritadi; - mulkchilik munosabatlari noyoblik muammosidan kelib chiqadi: noyoblikning biror omilisiz mulkchilik va adolatlilik haqida gapirishdan ma’no yo’q; - mulk huquqlarining talqini o’ziga ham moddiy, ham jismsiz ob’yektlarni (shaxsiy erkinlikkacha) o’zlashtirgan holda, barcha narsalarni qamrab oluvchi xususiyatga ega. Mulk huquqlari insonning istalgan turdagi noyob resurslardan foydalanish bo’yicha nuqtai nazarini qayd etadi; - mulkchilik munosabatlariga jamiyat tomonidan ruxsat etilgan munosabatlar sifatida qaraladi (davlat tomonidan ruxsat etilgan munosabatlar bo’lishi shart emas). O’z navbatida, ular nafaqat qonunlar va sud qarorlari ko’rinishida, balki yozilmagan qoidalar, an’analar, urf-odatlar, axloqiy normalar ko’rinishida mustahkamlanishi va himoya qilinishi mumkin; - mulk huquqlariga xatti-harakat ma’nosi beriladi – bir xatti-harakat usullarini ular qo’llab-quvvatlaydi, boshqalarini esa yo’q qiladi. Mulk huquqlarining ingliz huquqshunosi A.Onore tomonidan taklif etilgan (Onore ro’yxati) va quyidagi 11ta unsurni o’z ichiga olgan ta’rifi ''to’liq'' hisoblanadi:
Mulkchilik ta'riflarining tahlili O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasidagi jamiyatning iqtisodiy negizlariga oid XII bobda quyidagilar bayon etilgan: ''Bozor munosabatlarini rivojkantirishga qaratilgan O'zbekiston iqtisodiyotining negizini turli shakllardagi mulk tashkil etadi. Shaxsning jamiyatdagi erkinligi huquq bilan kafolatlanadi va chegaralanadi. Undagi barcha mavjud huquqlardan eng to'lig'i mulkchilik huquqidir. Ilmiy manbalarda mulkchilik munosabatlari umumiy tan olingan yagona ta'rifga ega emasligi sababli qator talqinlar mavjud. 1-jadval Mulkchilik institutiga oid talqinlarning turkumlanishi
3. Mulkiy huquqlar 1. Mulk - egalik qilish. Mulkdor. Egalik qilish ijtimoiy institut sifatida noyob resurslarni takroriy yetishtirish vazifasi paydo bo'lgan vaqtda yuzaga keladi. Dastlab mehnat sharoitlari egalik qilish ob'yekti hisoblanadi. 2. Mulk – imtiyoz. Monopolist. Vaqti kelib ijtimoiy-iqtisodiy rol ikkita yangi rolga bo'linadi. Tabiiy resurslar miqdorining roli va ishlab chiqaruvchining roli. Egalik qilish huquqi foydalanish huquqidan, egalik qilish ob'ekti esa xo'jalik yurituvchi sub'ektdan ajralib chiqadi. «Mulk-imtiyoz» tushunchasi paydo bo'ladi. Bu yerda mulkdor-monopolistning renta – o'ziga tegishli resurslardan daromad olish huquqiga duch kelamiz. 3.Mulk-korxona. Tovar almashuvining rivojlanishi rollarning yangidan bo'linishida dastlabki tarixiy sabab hisoblanadi. Ishlab chiqaruvchining tabiiy huquqi hisoblangan mahsulotga bo'lgan huquq ishlab chiqarish vositalari mulkdori – xo'jayinga o'tadi. 4. Mulk-kapital. Mulk-imtiyoz holatida bo'lgani kabi mulk-korxona o'z egasiga qo'shimcha mahsulotni o'zlashtirib olish huquqini beradi. 5. Mulk-biznes. Tadbirkor. Mulk miqdori «qiymat» degan mavhum tushunchaga aylangan sharoitda sahnaga yangi shaxs – tadbirkor va yangi mulk ob'ekti – biznes chiqadi. 6. Mulk-talab. Sarmoyador rolini ichki qarama-qarshiligi shu narsa bilan bog'liqki, tadbirkorlik faoliyati yukini ko'tarishni istamagan holda, u istar-istamas ushbu faoliyat bilan bog'liq yukni yo’qotish xatarini o'z zimmasiga oladi. 7. Mulk-aksiya. Jamiyatning ko'p sonli ishtirokchilari nafaqat uning xo'jalik faoliyati natijalari uchun javobgarlik, balki boshqaruvchilar tomonidan ishtirokchilar ishonchining suiste'mol qilinish imkoniyatining ham taqsimlanishini yuzaga keltiradi. Yangi ijtimoiy-iqtisodiy rol paydo bo'ladi: nazoratchi – xo'jalik jamiyatiga nisbatan alohida vazifalarni: jamiyat mol-mulki va daromadlarining tasarruf etilishi ustidan nazoratni amalga oshiruvchi uning ishtirokchisi. Download 25,66 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling