1. "Mumtoz menejment" maktabi mohiyati
Download 0.84 Mb.
|
7-Variant
Variant-7 1. "Mumtoz menejment" maktabi mohiyati. “Ilmiy menejment” namoyandalari o‘z ilmiy ishlarini asosan korxona, tashkilot boshqaruvini takomillashtirishga bag‘ishlashgan. Ular boshqaruv darajasidan quyi masalalar bilan, ya’ni faqat ishlab chiqarish darajasidagi boshqaruv bilan shug‘ullanishgan. Ma’muriy maktabning vujudga kelishi munosabati bilan mutaxassislar endi umum tashkilot darajasidagi boshqaruv muammolari bilan shug‘ullana boshladilar. Teylor va Gilbretlar oddiy ishchidan muvaffaqiyatga erishib, shuxrat qozonib martabaga minganlar. Aynan shu tajriba ularning boshqaruv to‘g‘risidagi tushunchalariga keskin ta’sir etgan. Ulardan farqli o‘laroq, mumtoz ma’muriy boshqaruv maktabining asoschilari: Yirik biznes soxasida mashxur, boshqaruvning yuqori bo‘g‘inida esa yuksak tajribali amaliyotchi raxbarlar bo‘lganlar Ularning yondoshuvlari ilmiy metodologik asosga ega emas edi. Maqsad-boshqarishning unversal tamoyillarini yaratish va shuning evaziga muvaffaqiyatga erishish edi. Ular boshqarishning quyidagi ikki jixatiga e’tiborni qaratdilar: *Tashkilotning oqilona boshqaruv tizimini ishlab chiqish. Shu maqsadda tashkilotni bo‘linmalar yoki ishchi guruxlarga bo‘lish, moliya, ishlab chiqarish va marketing boshqarishni takomillashtirishning muxim tomonlari deb xisobladilar. *Tashkilotning oqilona tarkibi va xodimlarning oqilona boshqaruviga erishish. Shu maqsadda boshqarishda yakkaboshlik bo‘lishini va xodim faqatgina bitta boshliqdan topshiriq olish va unga bo‘ysinishi lozim degan g‘oyani ilgari surishadi. A. Fayol boshqarishni: •Kelajakni ko‘ruvchi; •Faoliyatni tashkillashtiruvchi; •Tashkilotni idora qiluvchi; •Faoliyat turlarini muvofiqlashtiruvchi; •Qaror va buyruqlarning bajarilishini nazorat qiluvchi kuchli qurol deb ataydi. Bu fikrlar xozirgi davrgacha boshqarish fani asosida yotadi. 2. Boshqarishda axborot va kommunikatsiya Axborot-bu ma’lumot va xabarlar to„plami bo„lib, mazmunan, yangilik unsurlariga ega bo’ladi va boshqaruv vazifalarini hal etish uchun o„ta zarurdir. Ishonchli va zarur axborotlarsiz boshqarishni amalga oishirib bo’lmaydi. Boshqaruv tizimida axborotni uzatish, olish, qayta ishlash va berish jarayoni amalga oshiriladi. Ishlab chiqarishning borishi to’g’risidagi ichki axborot boshqaruvchi tizimga muttasil kelib tushadi Ish o’rinlariga homashyoning kelib tushishi; Stanok, uskunalarning ishlashi; Ishchilarning ishlab chiqarish normalarini bajarishi; Tayyorlangan buyumlar miqdori va ularning sifati; Mahsulotlarni sotishi haqidagi axborotlar. Download 0.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling