1. Tanlangan sport turlarini nazariy va amaliy ahamiyati


Download 375.44 Kb.
bet1/10
Sana16.11.2023
Hajmi375.44 Kb.
#1781781
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
маъруза 6(2)





1.Tanlangan sport turlarini nazariy va amaliy ahamiyati


Oliy ta’lim muassasalarida yengil atletika mashgʻulotlarini tashkil qilish

Jismoniy madaniyat ta’lim yoʻnalishi boʻyicha oliy ta’lim muassasalarida yengil atletika mashgʻulotlarini tashkil qilish va oʻtkazishda oliy va oʻrta maxsus, kasb-hunar ta’limi yoʻnalishlari boʻyicha oʻquv-uslubiy birlashmalar faoliyatini Muvofiqlashtiruvchi Kengashning 2018 yil 18 avgustdagi 4-sonli bayonnomasi bilan ma’qullanib, oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligining 25 avgustdagi 744- sonli buyrugʻi bilan tasdiqlangan fan dasturlari asosida oʻquv rejalarga muvofiq amalga oshirilmoqda.


Oliy ta’lim muassasalaridagi jismoniy madaniyat ta’lim yoʻnalishida yengil atletika va uni oʻqitish metodikasi fani umumkasbiy fan hisoblanadi. Ushbu fan oʻquv rejaga muvofiq 2-4 kurslarda ya’ni 4-7 semestrlarda oʻqitiladi.
Yengil atletika va uni oʻqitish metodikasi fani boʻyicha jami umumiy
yuklamaning hajmi 510 soatni tashkil etadi. Shundan ma’ruza mashgʻulotlariga 32 soat, amaliy mashgʻulotlarga 200 soat, seminar mashgʻulotlarga 36 soat va mustaqil ta’lim uchun 242 soat ajratilgan.
Yengil atletika va uni oʻqitish metodikasi fani boʻyicha tasdiqlangan oʻquv fan dasturida quyidagi mavzularni oʻqitish koʻzda tutilgan.
Nazariy mashgʻulotlarga oid mavzular:

  1. mavzu. Yengil atletika va uning turlari rivojlanishining tarixiy tavsifi.

  2. mavzu. O‘zbekistonning jismoniy tarbiya tizimida yengil atletikaning

o‘rni.


  1. mavzu. Yengil atletika bo‘limlari va ularning turkumlanishi 4-mavzu. Yengil atletika turlari texnikasini o‘rgatish

  1. mavzu.Yengil atletika bilan shug‘ullantirishda umumiy rivojlantiruvchi

hamda maxsus mashqlarini bajarishni o‘rgatish

    1. mavzu. Yengil atletika bilan shug‘ullantirish va uni o‘rgatish asoslari

    2. mavzu.Yengil atletika mashg‘ulotlarida qo‘llaniladigan metodlarni o‘rgatish.

    3. mavzu. Ta`lim muassasalarida yengil atletika mashg‘ulotlarini tashkil qilish va o‘tkazish.

    4. mavzu. Sportcha yurish texnikasini o‘rgatish metodikasi 10-mavzu. Yugurish turlari texnikasini o‘rgatish metodikasi 11-mavzu. Sakrash turlari texnikasini o‘rgatish metodikasi 12-mavzu. Uloqtirish turlari texnikasini o‘rgatish metodikasi.

  1. mavzu. Ko‘p kurash turlari texnikasini o‘rgatish metodikasi.

  2. mavzu. Yengil atletika bo‘yicha o‘quv ishlarini tashkil qilish, rejalashtirish va hisobini yuritish.

  3. mavzu. Yengil atletika bo‘yicha sport inshootlari, jihozlari va ularni ishlatish

  4. mavzu. Yengil atletika bo‘yicha musobaqalarni tashkil qilish va o‘tkazish, musobaqalardagi hujjatlar va hakamlik ishi.

Amaliy mashgʻulotlarga oid mavzular:

  1. Yengil atletika turlari texnikasini o‘rgatish

  2. Yengil atletika bilan shug‘ullantirishda umumiy rivojlantiruvchi hamda maxsus mashqlarini bajarishni o‘rgatish

  3. Yengil atletika bilan shug‘ullantirish va uni o‘rgatish asoslari

  4. Yengil atletika bilan shug‘ullantirishda umumiy rivojlantiruvchi hamda maxsus mashqlarini bajarishni o‘rgatish

  5. Yengil atletika bilan shug‘ullantirish va uni o‘rgatish asoslari

  6. Sportcha yurish texnikasini o‘rgatish metodikasi

  7. Yugurish turlari texnikasini o‘rgatish metodikasi

  8. Sakrash turlari texnikasini o‘rgatish metodikasi

  9. Uloqtirish turlari texnikasini o‘rgatish metodikasi.

  10. Ko‘p kurash turlari texnikasini o‘rgatish metodikasi.

  11. Yengil atletika bo‘yicha o‘quv ishlarini tashkil qilish, rejalashtirish va hisobini yuritish.

  12. Yengil atletika bo‘yicha sport ingshootlari, jihozlari va ularni ishlatish

  1. Yengil atletika bo‘yicha musobaqalarni tashkil qilish va o‘tkazish, musobaqalardagi hujjatlar va hakamlik ishi.

Yengil atletika sport turining oʻziga xos umumiy va maxsus oʻquv-metodik xususiyatlarini oʻrganish hamda ularni talabalarga oʻrgatish jarayonida quyidagi masalalarni ham atroflicha oʻrganish maqsadga muvofiq boʻladi.
Yengil atletika - sportning eng ommaviy turlaridan biri. Turli masofalarga yugurish, sportcha yurish, sakrash (balandlikka, uzunlikka, uch hatlab, langarchoʻp bilan), uloqtirish (nayza, lappak, bosqon), yadro irgʻitish, koʻpkurash (oʻnkurash, yettikurash) mashqlarini oʻz ichiga oladi. Yengil atletikada 50 dan ziyod mashq bor, ulardan 49 tasi Olimpiada oʻyinlari dasturiga kiritilgan (2000 yilgi Sidney olimpiadasida erkaklar Yengil atletikaning 22, ayollar 20 turida musobaqalashishdi). Bundan tashqari, Yengil atletika zamonaviy beshkurash va triatlon sport turlarining bir mashqini tashkil etadi, barcha sport turlarining mashgulot, ta’lim muassasalarining oʻquv, harbiy-tayyorgarlik, salomatlik mashqlari, oʻquvchi-yoshlarning «Alpomish» va «Barchinoy» sport sinovlari dasturidan joy olgan. Gomerning «Iliada», Ibn Sinoning «Tib qonunlari» va boshqa kitoblarda Yengil atletika mashqlariga oid ma’lumotlar uchraydi.

Qadimgi Olimpiada oʻyinlarida (miloddan avvalgi 776 yildan milodiy 394 yilgacha) asosan Yengil atletika boʻyicha musobaqalar uyushtirilgan. Zamonaviy Yengil atletikaning rivojlanishida 19-asrda Angliyada (1837 yildan) musobaqalar, Afinada (1859 yildan) umumgrek oʻyinlari oʻtkazilishi va olimpiada tiklanishi (1896 yildan)ning ahamiyati katta boʻldi. 1912 yilda Xalqaro havaskor Yengil atletikachilar federatsiyasi (IAAF) tuzilgan, unga 200 mamlakat a’zo (2001 yil; Oʻzbekiston Yengil atletika federatsiyasi 1993 yildan a’zo). IAAF 1977 yildan


jahon kubogi (hozirgi kunda Gran-pri musobaqalari), 1983 yildan jahon birinchiligi musobaqalarini oʻtkazib keladi.

Oʻzbekistonda Yengil atletikaga qiziqish 1885 yilda Margʻilonda shu turga moslashtirilgan oʻyingoh barpo etilgandan keyin kuchaydi. Toshkentda 1902 yildan Yengil atletika musobaqalari, 1919 yildan mamlakat birinchiliklari, 1927 yildan spartakiada oʻtkazila boshlagan. Oʻzbekistonda 135 mingdan ziyod kishi


140 dan ortiq murabbiy qoʻl ostida Yengil atletika bilan shugʻullanadi, murabbiylardan 3 nafari Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sportchi, 10 nafari Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sport ustozi unvoniga ega (2001). Oʻzbekistonlik Yengil atletikachilar 1952 yildan Olimpiada oʻyinlarida qatnashadi.

Olimpiadalarda Marina SHmonina (4x100 m ga estafetali yugurish, 1992)


oltin, Rodion Gataulin (langarchoʻp bilan sakrash, 1988) kumush medalni qoʻlga kiritgan, Ramilь Gʻaniev (oʻnkurash, 1996) 8-oʻrinni egallagan. Oleg Ryaxovskiy (uch xatlab sakrash), Roza Babich (200 m ga toʻsiqlar osha yugurish) va Tatьyana Biryulina (nayza uloqtirish) jahon rekordini yangilagan. Ashur Normurodov (uzok, masofaga yugurish) uch marta sobiq Ittifoq chempioni boʻlgan (1967— 69). Osiyo oʻyinlarida 1994 yilda Svetlana Munьkova (balandlikka sakrash), Ramilь Gʻaniev (oʻnkurash), Oksana Yarigina (nayza uloqtirish), 1998 yilda Oleg Veretelьnikov (oʻnkurash), Sergey Voynov (nayza uloqtirish) oltin medalь bilan taqdirlangan Yengil atletika AQSH, Buyuk Britaniya, Germaniya, Kuba, Xitoy kabi mamlakatlarda yaxshi rivojlangan.

Oʻzbekiston yengil atletika federatsiyasi



Rais: Ibragimov Gʻulomjon Inomovich
Birinchi rais oʻrinbosari: Rustamov Olimxon Bakievich Rais oʻrinbosari: Ikramjanov Baxtiyor Ikramdjanovich Bosh kotib: Ruzimuxamedov Kamoliddin Faxriddinovich Tashkil topgan yili: 1992 yil



Download 375.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling