Xvi bob. Evolyutsion ta’limotning amaliy va nazariy ahamiyati


Download 35.37 Kb.
bet1/6
Sana08.01.2022
Hajmi35.37 Kb.
#247980
  1   2   3   4   5   6

XVI bob.

EVOLYUTSION TALIMOTNING AMALIY VA NAZARIY AHAMIYATI 1. Evolyutsion talimot va amaliyot

Demografik m a’lumotlarga ko‘ra, dunyo aholisi 6,5 mil-liarddan ortib ketdi. Gujov Yu. L. qayd qilishicha, har yili 75 mln tonna oziq oqsili ishlab chiqariladi. Bu kishi boshiga o ‘rtacha 58 g dan to'g‘ri keladi. Vaholanki, shifokorlar e’tiboricha, oqsilning kunlik normasi 100—120 g ni tashkil etadi. Agar biz dunyo aholisining 60% oziq-ovqat tanqisligiga uchrayotganligini, 30% och yashayotganligini e’tiborga olsak, u holda oziq-ovqatni ko‘paytirish eng asosiy muammo ekanligiga shak-shubha qolmaydi. Bu muammoni hal etish tabiatda keng tarqalgan o‘simliklar, hayvonlar, zamburug‘lar turlarini har tomonlama o‘rganish, ular orasidan inson uchun oziq-ovqat sifatida ishlatilishi mumkin bo‘lganlarini aniqlash, madaniylashtirish muhim ahamiyat kasb etadi. Qishloq xo‘jalik ekinlari va ularning yowoyi ajdodlari kolleksiyasini birinchi marta Vavilov N. I. to‘plagan. Hozirgi vaqtda olim tashkil etgan o‘simlikshunoslik institutida 300 mingta xilma-xil navlar va yowoyi o‘simlik namunalari yig'ilgan bo‘lib, ular 2000 turga mansub. Ana shu boy kollek-siya asosida mamlakatimizning turli rayonlarida ekiladigan 1000 dan ortiq serhosil, kasalliklarga chidamli mahalliy sharo itga moslashgan o‘simlik navlari chiqarilgan. Atoqli olimi Vavilov organik olam evolyutsiyasida seleksiyaning roliga to ‘xtalib, 1935-yili shunday deb yozgan edi: «Tub mohiyati bilan, seleksiya evolyutsion nazariyani rivojlantirishdir. U evolyutsiya jarayoniga tadqiqot boshlang‘ichini kiritadi. Se leksiya jarayoni o‘simliklar tabiatiga inson aralashuvi nati-jasidir. Seleksiya evolyutsion ta ’limotning inson tomonidan

boshqariladigan bir shaxobchasi sifatida namoyon bo‘ladi. 355

Agar Darvin evolyutsion ta’limot va tabiiy tanlanish nazari-yasini yaratishda seleksiyaning san'at sifatidagi dalillariga su-yangan bo'lsa, endilikda seleksiya fan shaklida evolyutsiya jarayonini yoritish uchun nihoyatda muhimdir. Amaliy selek siya ishini olib boruvchi seleksioner — tadqiqotchi evolyu tsiya muammosida chetlashishi mumkin emas. Seleksiyaning fan sifatida rivojlanishi, organizmlar taraqqiyotini idora et-ishga yaqinlashtirishi, inson xohishiga ko‘ra, organizmlar ir-siyatini o'zgartirish uchun qudratli vosita ekanligiga biz shubha qilmaymiz».

Binobarin, evolyutsion ta’limot seleksiya uchun katta ahamiyatga ega. Olimning bu sohadagi mulohazalari hozirgi vaqtda ham o‘z qimmatini yo‘qotgani yo‘q. Organizmlarning individual va tarixiy rivojlanish qonunlariga asoslanib, selek sioner o ‘simlik navlari va hayvon zotlarining mahsuldorligini oshiradi. Bunda u evolyutsiyaning boshlang‘ich kuchlari bo‘lgan irsiy o‘zgaruvchanlik, tabiiy va sun’iy tanlashdan foydalanadi. Bu bilan u organizmlar, populatsiya, turlar, bio-geotsenozlarning o‘zgarishiga sababchi bo‘ladi. Oziq-ovqatni ko‘paytirish uchun zarur nav, zot, shtammlarni yaratishda genetik injeneriya (genni sintez qilish, ko‘chirib o ‘tqazish, hujayra kulturasi, somatik hujayralarni duragaylash, allofen formalar chiqarish va hokazolar), aneuploid, poliploid for malar olish, uzoq formalarni chatishtirish kabilardan foy-dalanish diqqatga sazovor. Buning uchun tiriklikning hujayra, genom evolyutsiyasini yanada har tomonlama tadqiq qilish talab etiladi.

Qishloq xo‘jalik ekinlarining fotosintez samaradorligi pastligi hosilni oshirishidagi eng asosiy to‘siqdir. Shunga

ko‘ra, fotosintezning ta ’sir etish koeffitsiyentini oshirishni tadqiq qilish hosildorlik ortishining asosiy garovidir. Hosil-dorlikni oshirishga oid shu davrgacha seleksiyada qoMlanib kelinayotgan usullar fotosintez jarayonining samaradorligini oshirishga emas,

balki o‘simliklarning tana tuzilishini

o‘zgartirishga, barg plastinkasi hajmini oshirishga qaratilgan. Keyingi XX asrning 70-yillaridan boshlab genetik injene-riyaning rivojlanishi tufayli transgen o‘simliklar, hayvonlar 356

olindi. Ular biotsenozda tutgan o'rnini aniqlash, nihoyatda zarur. Ana shu yangi o'simlik, hayvon xillarining kelgusi taqdiri nima bo‘ladi, yoki ular biotsenozda o‘z o‘rnini egallay olmaydimi, degan masala hozircha muammo bo‘lib turibdi. Evolyutsion nazariyaning meditsina taraqqiyoti uchun ham ahamiyati katta. M a’lumki, atrof-muhitning ifloslanishi tufayli odam organizmida xilma-xil mutatsiyalar sodir bo‘lmoqda. Ularning ko'pchiligi odamda turli irsiy kasallik-larni keltirib chiqarmoqda. Odam genetikasida to'plangan m a’lumotlarga qaraganda, hozirgi vaqtda odamda uchraydi-gan irsiy kasalliklar 3000 dan ortib ketgan. Bu

kasalliklarning kelib chiqish sabablarini o‘rganish,

oldini olish va odamzodning kelgusi rivojlanishi yo‘nalishini prognoz qilish ham evolyutsion nazariyada chuqur tadqiqot ish-

larining yechimi bilan bog‘liq. Atrof-muhit ifloslanishining o‘simliklar, zamburug‘lar, odam prokariot organizmlarga ta’sirini o‘rganish, uning zararli oqibat-larini oldindan ko‘ra bilish va zarur kurash chora-tadbirlarini ishlab chiqish evolyutsiya sin-tetik nazariyasining rivoji bilan uzviy bog‘liqdir. Qayd qilin-ganlarning hammasi evolyutsion nazariya amaliyot uchun ni hoyatda katta ahamiyatga ega ekanligidan dalolat beradi.




Download 35.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling