Xvi bob. Evolyutsion ta’limotning amaliy va nazariy ahamiyati


Evolyutsiyaning muammoli masalalari


Download 35.37 Kb.
bet5/6
Sana08.01.2022
Hajmi35.37 Kb.
#247980
1   2   3   4   5   6
Evolyutsiyaning muammoli masalalari

361

ish tashqi omil, asosiy talqin etilganligini ta ’kidlaydi. Yashash uchun kurashni evolyutsiya omili sifatida talqin qilishdagi kelishmovchilik mikroevolyutsiyaning populatsion mexanizmini tushuntirishda genetik va ekologik yondashish-ning ma’lum jihatdan alohidaligidadir, ya’ni ularning evolyutsiya hodisalarini tushuntirishda hali to ‘lig‘icha bir-lashmaganligidadir.

Simpatrik tur paydo bo'lishi, genetik-avtomatik jarayon bilan tanlanishning aloqasi, populatsiya ichidagi raqobat, gu-ruhli tanlash va uning evolyutsiyadagi roli haqida ham mu-nozara bormoqda. Geologik solnomalarning chalaligi bilan yuqori taksonlar kelib chiqishining aloqasi, qisqa geologik davr ichida evolyutsiya jarayonining nisbatan tezligining or-tishi muammolari ham hali o‘z yechimini to ‘lig‘icha top-ganicha yo‘q. Evolyutsiyada abiotik va biotik omillarning yetakchi roli

ham munozaraga sabab bo‘lmoqda. Darvinning evolyutsiya jarayonida biotik omillarning roli nihoyatda katta ekanligi haqidagi g‘oyasi ko‘pchilik biologlar tomonidan e’tirof etil-sada, lekin unga qarama-qarshi, kosmik va geologik sabablar roliga ortiqcha baho beruvchilar ham uchraydi. Evolyutsiya omillari va qonunlari haqidagi masalalarning holati evolyu tsion ta ’limotning yanada rivojlanishini cheklab qo‘yishi mumkinligini ta ’kidlab o'tm oq kerak.

Darvin ta’limoti evolyutsiya jarayoni mexanizmi va qonu-niyatlarini tadqiq qilish bilan birga, turli biologik sistemalar-ning yashash sharoitiga moslanishi, organik olamning xilma-xilligi sabablarini tushuntirib bergan ta’limotdir. Biroq D ar vin ta’limoti evolyutsiyaning sintetik nazariyasi organik olam evolyutsiya bilan bog‘liq barcha muammolarni hal qildi, deb aytish qiyin.


Download 35.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling