Odam anatomiyasi fanidan Bolalarda nevroz kasalliklari. Uning kelib chiqish sabablari


Download 347.71 Kb.
bet1/4
Sana23.04.2023
Hajmi347.71 Kb.
#1389499
  1   2   3   4
Bog'liq
Yuldashev Baxrom Akramovich


R enessans ta’lim universiteti

Sirtqi ta`lim shakli


Sport faoliyati yo’nalishi
104-guruh talabasi
Yuldashev Baxrom Akramovichning
Odam anatomiyasi fanidan
Bolalarda nevroz kasalliklari. Uning kelib chiqish sabablari
mavzusida tayyorlagan

MUSTAQIL ISHI


Nevroz,psixonevroz,nevrotik buzilish,nevroz kasalligi (qadimgi yunon. νε ρον «asab» dan yangi lot. neurosis) uzoq davom etadigan funktsional psixogen buzilishlar majmuasi. Bunday buzilishlarning klinik tasviri astenik, o’rnashib qoladigan fikrlar yoki jazava belgilari, shuningdek, aqliy va jismoniy mehnat qobiliyatining vaqtinchalik pasayishi bilan tariflanadi.

I. P. Pavlov o’zining fiziologik talimoti doirasida nevrozni noadekvat kuch va tashqi qozgatuvchilar tasiri tufayli miya postlog’ida o’ta zoriqish natijasida oliy nerv faoliyatining surunkali uzoq vaqt buzilishi deb belgilangan. XX asr boshlarida «nevroz» klinik atamasini nafaqat odamlarga, balki hayvonlarga nisbatan ham qo’llash ko’p bahs-munozaralarga olib keldi. Psixo analitik nazariyalar nevrozni va uning alomatlarini asosan chuqur psixologik nizo natijasi sifatida ifodalaydi. Bunday nizo insonning asosiy ehtiyojlarini qondirishga to’sqinlik qiladigan va uning kelajagiga tahdid soladigan, inson unga qarshi kurashadigan, lekin yenga olmaydigan uzoq vaqt saqlanadigan ijtimoiy vaziyatlar sharoitida shakllanadi deb taxmin qilinadi

Zigmund Freyd bunday nizolarni «Id»ning instinktiv talablarni jamiyatdagi odob-axloq va meyorlarni nazarda tutadigan «Super-Ego» tomonidan bostirilishidagi fundamental qarshiliklarda korgan. Karen Xorni hisoblashicha, nevrozning fundamental nizosi shaxsning mos kelmaydigan himoya tendentsiyalari ortasidagi qarama-qarshilikning natijasidir. Xorlik, ijtimoiy izolyatsiya, ota-onalarning mutlaq boshqaruvchi mehr-muhabbati, beparvo va tajovuzkor munosabat kabi noqulay ijtimoiy omillardan himoyalanish uchun, bola «odamlar tomon», «odamlarga qarshi» va «odamlardan nari» yo’nalishlarga asoslangan himoya usullarini shakllantiradi. Odamlar tomon harakat qilish, asosan, boysunish, sevish, himoya qilishni ifodalaydi. Odamlarga qarshi harakatlar odamlar ustidan hokimiyat o’rnatishga, shuhratga, tan olinishga, muvaffaqiyatga, kuchli bo’lishga va hayot bilan kurashishga intilishni ifodalaydi. Odamlardan nari harakati mustaqillik, erkinlik, odamlardan holi bo’lish zaruriyatini ifodalaydi.


Download 347.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling