Odam anatomiyasi fanidan Bolalarda nevroz kasalliklari. Uning kelib chiqish sabablari


Download 347.71 Kb.
bet3/4
Sana23.04.2023
Hajmi347.71 Kb.
#1389499
1   2   3   4
Bog'liq
Yuldashev Baxrom Akramovich

Patogenetik uslubi psixodinamik, ekzistentsial, interpersonal, kognitiv, tizimli, integrativ, geshtalt-terapiyani oz ichiga oladi. Simptomatik usublarga esa xulq-atvor, gipnoz, tana-yo’naltirilgan, ekspozitsion terapiya, nafas olish mashqlari, art-terapiya, musiqa terapiyasi va boshqalar kiradi. Nevroz insonning tiklanadigan holati bolib, psixoterapevtik davolanishiga yaxshi bo’ysunadi. Dori-darmonli terapiya faqat psixoterapevtik jarayon uchun katalizator bo’lib, hech qanday holatda nevrozni davolashning asosiy shakli sifatida qaralmaydi. Kamdan- kam hollarda, inson shaxsiyatining o’sishi, nizoli vaziyat ahamiyatining yo’qolishi, avvalgi turmush tarziga qaytish va hokazolar tufayli nizoning hal bo’lishi natijasida nevrozdan mustaqil qutilish hollari ham qayd qilinadi.
Kognitiv-xulq terapiyasi(KXT) boshqa nevrozlarda ham qo’llaniladi. Masalan, umumiy xavotirli buzilishda odatda ikkita kognitiv yondashuv qo’llaniladi. Ellis va Bek nazariyasiga asoslangan yondashuvdan biriga amal qilgan holda, terapevtlar odamlarga ularning buzilishlari asosida yotgan noadekvat ishonchlarini o’zgartirishga yordam berishadi. Ikkinchisi esa odamlarni stressli vaziyatda o’zini tutishga o’rgatadi. Fobiyalarda xulq-atvor terapiyasi tarafdorlari tasir terapiyasi uslubidan foydalanishadi, uning davomida qo’rquvlari mavjud kishilar ularni qo’rqitadigan narsalar va vaziyatlarga duchor qilinadi: masalan agorafobiyaga chalingan odamlarga asta-sekin uylaridan uzoqlashish va ko’proq jamoat joylariga tashrif buyirish o’rgatiladi. Panik hujumlarda kognitiv terapevtlar insonlarning o’z tana sezgilarini noto’g’ri interpretatsiya qilishni to’g’irlashga harakat qilishadi. Nevrozda psixoanaliz ham qo’llaniladi.
NEVROZ KASALLIGINI OLDINI OLISH
Birlamchi psixoprofilaktika: Ishda va uyda psixotravmatik tasirlarning oldini olish. Yatrogeniya va didaktogeniyalarning oldini olish (bolani to’g’ri tarbiyalash, masalan unga boshqalardan kam yoki ustun ekanligi tuyg’usini singdirmaslik,»jirkanch» qilmishlar qilganida unda chuqur qo’rquv va aybdorlik tuyg’usini tug’dirmaslik, ota-ona o’rtasida sog’lom munosabatlar). Oiladagi nizolarni oldini olish. Ikkinchi darajali psixoprofilaktika (qaytalanishini oldini olish): Suhbatlar o’tkazish usuli bilan bemorlarni psixotravmatik vaziyatlarga munosabatini o’zgartirish (ishontirish yordamida davolash). Muntazam dispanzerizatsiya o’tkazish. Xonadagi yoruglikni oshirish zich pardalarni olib tashlash, porloq yoruglik manbalaridan foydalanish, kunning yorug’ vaqtidan maksimal foydalanish, fototerapiya. Yoruglik serotonin ishlab chiqarishga yordam beradi. Umumiy mustahkamlovchi va vitaminli terapiya, yetarli uyqu.
Dietoterapiya (to’laqonli ovqatlanish, qahva va spirtli ichimliklar istemol qilishdan bosh tortish va boshqalar). Endokrin, yurak-tomir kasalliklari, ayniqsa miya tomirlari aterosklerozi, yomon sifatli o’smalarni, temir va vitamin B 12-tanqislikli anemiya kabi kasalliklarni o’z vaqtida va to’g’ri davolash. Mast bo’lishdan qochish, alkogolizm, narkomaniya va toksikomaniyadan saqlanish. Yuqorida aytilganlarning hammasi shaxsiy psixologik profilaktika bilan bogliq. Lekin muassasalar va mamlakat darajasida ijtimoiy psixoprofilaktikani o’tkazish zarur ish va yashash sharoitlarini takomillashtirish. Endokrinyurak-tomira teroskleroziyomon sifatli osmalarni temiranemiya alkogolizm

Download 347.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling