Xvi bob. Evolyutsion ta’limotning amaliy va nazariy ahamiyati


Download 35.37 Kb.
bet2/6
Sana08.01.2022
Hajmi35.37 Kb.
#247980
1   2   3   4   5   6
2. Evolyutsion talimot va tabiatni muhofaza qilish

Tabiatda har bir organizm turi alohida-alohida holda mavjud emas. Ular doimo bir-biri bilan organik bog‘liq bo‘ladi. Shunga ko‘ra, ayrim turlarning u yoki bu sabablarga ko‘ra qirilib ketishi o‘z navbatida biogeotsenozga kiruvchi boshqa turlarning o'zaro mutanosibligiga salbiy ta’sir

N. I. Vavilov.

357

ko'rsatadi. Masalan, birorta o‘simlik turining qirilib ketishi, o‘z navbatida 5—7 ta hasharot va boshqa umurtqasiz hay-vonlarning ham yo‘qolib ketishiga sabab bo‘ladi. Ilmiy-texnik revolyutsiya davrida insonning tabiatga aralashuvi tobora keskin tus olmoqda. Inson yangi sanoat markazlari bunyod etganda yoki yangi yerlar ochganda, qish-loq xo‘jaligi yuritganda, turmushda turli kimyoviy preparat-lardan foydalanganda, ular qanday oqibatlarga olib kelishini ko‘pincha oldindan bilmaydi. Sanoatni rivojlantirish, trans-portning ko‘payishi bilan ularning chiqindilari, o'simlik va hayvonlarning yoppasiga nobud bo‘lishi, biosferadagi muvo-

zanatning buzilishi ro‘y berishi mumkin. Shunga ko‘ra, turli biogeotsenozlarda muvozanat buzilishning sabab-oqibatlarini o'rganish evolyutsiyaning eng muhim muammolaridan biri bo‘lib qoladi. Uni yechmasdan turib biosferadagi jarayonlami samarali ravishda boshqarish mumkin emas.

Hoziigi vaqtda eng xavfli hodisalardan biri tabiatning to bora kambag‘allashib borayotganligidir. Bu ayniqsa, inson faoli-yati uchun nihoyatda foydali bo'lgan o‘simlik va hayvon tur-larining yildan-yilga kamayib ketayotganligida ko'zga yaqqol tashlanadi. Faqat 0 ‘zbekistonning o‘zida 400 dan ortiq o‘simlik turi va 400 dan ortiq hayvon zoti kamyobligi buning yorqiti dalilidir. Ularning aksariyati bir tomondan, ovlash yoki ko‘plab yig‘ish bilan, ikkinchi tomondan, tabiiy komplekslaming yo‘qolishi hisobiga ro‘y bermoqda. Keyingi vaqtda yangi navlar va zotlarning tarqalishi hisobiga xalq seleksiyasi tomonidan chiqarilgan, mahalliy sharoitga yaxshi moslashgan nav va zotlar kamayib, ba’zan esa tamomila yo‘qolib ketmoqda. Yevropada mahalliy hayvonlarning 175 ta zotidan 115 tasi tamomila yo'qolib ketish arafasida turibdi. Vaholanki, ana shu nav va zotlar mahalliy sharoitga yaxshi moslashgan va noyob genlar to ‘plamiga egadir. 0 ‘simlik va hayvonlar tur, nav, zotlari sonining kamayishi, genetik xilma-xillikning ka-mayishiga sabab bo‘ladi. Har bir tur, zot va nav mavjudligini saqlash faqat amaliyotda emas, balki organik olam evolyutsi yasi jarayonining normal borishi uchun ham muhim ahami-yatga ega. 358

Hozirgi vaqtda yowoyi va xonakilashtirilgan hayvonlar, madaniy o'simliklar genofondini saqlashning bir necha usul-lari ishlab chiqilgan. Biogeotsenozlami tabiiy holda saqlashga qaratilgan qo'riqxonalar, botanika bog'Iari, hayvonot bog‘lari

tashkil etish, o‘simlik, hayvon hujayralari, to'qimalari, or-ganlarini, tuxum hujayralari, spermatozoidlarini muzlatilgan holda saqlash, ulardan yangi organizmlar yetishtirish shular jumlasiga kiradi. Dunyo hayvonot bog‘larida hozir qushlar-ning 72 turi va sutemizuvchilarning 162 turi saqlanmoqda. Ularning 179 dan ortiq turi urchitilmoqda. Lekin bu yerda diqqat-e’tiborni faqat ularni saqlashga qaratmoq kerak emas. Chunki inbred yo‘l bilan urchitiladigan organizm avlodlarida naslning hayotchanligi pasayib ketishini hamma bilishi va shu sababli diqqat-e’tiborni tur yoki populatsiyaniig genetik xilma-xilligini saqlashga qaratish kerak. Organik olamning xilma-xilligi, turlar, populatsiya genotipining turli-tumanligi uzoq davom etgan evolyutsiya jarayonining bizga qoldirgan katta in’omi ekanligini unutmaslik kerak.


Download 35.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling